UMail da pochta ochish uchun id. Uz identifikatsiya tizimida ro'yxatdan o'tgan bo'lishingiz kerak. Agar siz id. Uz tizimidan avval ro’yxatdan o’tmagan bo’lsangiz, avval id


Download 36.5 Kb.
bet1/3
Sana08.02.2023
Hajmi36.5 Kb.
#1177206
  1   2   3
Bog'liq
umail.uz

Ma'lumot


1. @umail.uz da qanday qilib pochta ochish mumkin?
uMail da pochta ochish uchun ID.UZ identifikatsiya tizimida ro'yxatdan o'tgan bo'lishingiz kerak. Agar siz ID.UZ tizimidan avval ro’yxatdan o’tmagan bo’lsangiz, avval ID.UZ tizimidan ro’yxatdan o’tishingizga to’g’ri keladi. So’ngra uMail.uz saytiga qaytib avtorizatsiyadan o’tasiz. uMail.uz saytida birinchi marta avtorizatsiyadan o’tayotgan vaqtingizda, sizga pochta nomini tanlash va pochta qutingizni sozlamalarini kirgizish taklif qilinadi. 

2. @umail.uz da yana bir pochta manzili ochish mumkinmi?
Hozirgi kunda ID.UZ tizimidagi bitta akkauntga bitta pochta qutisi ochish imkoniyati yaratilgan. Bitta shaxs tomonidan ID.UZ tizimidan bir necha marotoba ro'yxatdan o'tish ta'qiqlanadi.

3. Sizlar taklif qiladigan pochta qutisining hajmi qancha?
Biz hajmi 10 Gb bo'lgan bepul pochta qutisi taklif qilamiz. 

4. Bitta xatning maksimal hajmi qancha?
Bitta xatning maksimal hajmi 20 Mb.

5. Sizlarning xizmatingiz, qaysi pochta bilan ishlash protokollarini qo'llab quvvatlaydi?
@umail.uz SMTP, POP, IMAP protokollarini qo'llab quvvatlaydi va barcha mavjud pochta mijozlari bilan ishlaydi.

6. Nima sababdan men pochta qutisi ochayotganimda parol ko'rsatishim kerak?
Bu parol Sizning @umail.uz pochta qutingizga turli pochta klientlari orqali (Outlook, The Bat, ThinderBird va boshqalar) kirish uchun kerak. @umail.uz ning veb-klientiga kirish ID.UZ identifikatsiya tizimi orqali amalga oshadi, ID.UZ bilan bu parol bog'liq emas.

7. @umail.uz bilan ishlash uchun pochta mijozini qanday sozlayman?
Pochta mijozini sozlash uchun, sizning ID.UZ tizimidagi parolingizdan emas, balki pochta qutisini ochishda ko'rsatgan parolingizdan foydalaning. SMTP (25), POP (110), IMAP (143) protokollar bo'yicha portlar boricha ishlatiladi. @umail.uz akkauntini Outlookga sozlash qo'llanmasi. 


Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling