UMail da pochta ochish uchun id. Uz identifikatsiya tizimida ro'yxatdan o'tgan bo'lishingiz kerak. Agar siz id. Uz tizimidan avval ro’yxatdan o’tmagan bo’lsangiz, avval id


Sizlarning tizimingizda qanday himoya vositalari qo'llaniladi?


Download 36.5 Kb.
bet2/3
Sana08.02.2023
Hajmi36.5 Kb.
#1177206
1   2   3
Bog'liq
umail.uz

8. Sizlarning tizimingizda qanday himoya vositalari qo'llaniladi?
Bizning tizimda ishonchli va unumli himoya vositalari qo'llaniladi: Kaspersky ® AV platformasi asosidagi tizim; 20 dan ortiq mexanizm orqali istalmagan nomaqbul kiruvchi xatlarni aniqlovchi antispam tizimi; ruxsat etilgan manzillar va qora ro'yxatlarni qo'llab quvvatlash, shuningdek aniqlangan spamni maxsus jildga ko'chirish; antivirus va antispam asoslarini har kuni yangilanishi.

9. Mening pochtam qancha vaqt saqlanib turadi?
Agar pochta qutingizdan bir yildan ortiq vaqt davomida foydalanmasangiz u tizimdan avtomat tarzda o'chiriladi.

10. Pochta nomini tanlashda qanday cheklovlar mavjud?
Pochta nomini tanlashda lotin alifbosining harflarini (a-z), sonlarni (0-9), «.» (nuqta), «_» (pastgi chiziq) и «-» (uzluksiz defis) belgilardan foydalanish mumkin; uning uzunligi 6 tadan kam va 20 tadan ko'p ramzlardan iborat bo'lmasligi kerak; pochta nomi faqatgina harfdan boshlanishi, harf yoki son bilan tugashi mumkin; shuningdek pochtani nomlashda zahiraga qoldirilgan so'zlar (admin, uzinfocom, support, feedback va hokazo so'zlardan) ham foydalanish mumkin emas. 

11. Pochta qutimni qanday qilib o'chirishim mumkin?
Pochta qutingizni o'chirish uchun siz umail.uz saytiga kirib, ID.UZ tizimidan avtorizatsiyadan o'tishingiz kerak. O'ng tomondagi blokda "Sozlamalar" havolasiga o'ting. Ochilgan sahifada "Akkauntni o'chirish" havolasini bosib, paydo bo'lgan so'zlashuv oynasida "Ok" tugmasini bosish orqali o'z xarakatingizni tasdiqlang. Pochta akkaunti o'chirilgandan so'ng, serverdan foydalanuvchi to'g'risidagi barcha ma'lumot, jumladan barcha jild va xatlar o'chirib tashlanadi.

12. Men mavjud pochta qutimni o'chirib tashlab, so'ng boshqa pochta qutisi ocha olamanmi?
Ha, bundan oldingi bandda aytib o'tilgan qadamlarni bajarganingizdan so'ng, siz yangi pochta qutisi ochishingiz mumkin. Lekin yangi pochta qutingizda eski xatlaringiz bo'lmasligini inobatga olishingiz kerak. 


Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling