Oyoqlardagi surunkali venoz yetishmovchiligi sindromi


Surunkali arterial o’tkazuvchanlikning buzilishi


Download 32.35 Kb.
bet4/4
Sana28.03.2023
Hajmi32.35 Kb.
#1302891
1   2   3   4
Bog'liq
tromboz (Автосохраненный)

Surunkali arterial o’tkazuvchanlikning buzilishi.
Surunkali arterial o’tkazuvchanlikning yo’qolishi patologik holat bo’lib, arterial tomirlar torayishi sekinlik bilan o’tib, qo’l-oyoqlardagi ishemiyaga olib keladi. Bundan tashqari quyidagi kasalliklarda ham yuzaga chiqadi:

  1. Obliteratsiyalanuvchi endoarterit, obliteratsiyalanuvchi trombangit (Byurger kasalligi), Reyno kasalligi. Bu kasalliklarni-obliteratsiyalanuvchi endoarterit deb ataladi. Reyno kasalligi bu qo’llar tomirlarida uchraydi. Byurger kasalligida bir vaqtning o’zida mayda yuzaki venalar harakati uchraydi (migratsiyalanuvchi tromboflebit).

  2. Obliteratsiyalanuvchi ateroskleroz- buning asosida aterosklerotik holatlar bo’lib, tomirlarning torayishi va obliteratsiyalanuvidir. Bu kasalliklar uchun umumiy belgilar- surunkali arteriya yetishmovchiligi ya’ni ishemik sindrom rivojlanishidir.

Obliteratsiyalanuvchi endoarteritlarning asosiy simptomlaridan-bu og’riq. Eng erta simptomlaridan, oqsoqlik bo’lib, qo’l va oyoqlardagi qon aylanishining ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi. Bemorlarning boldir mushaklarida, panjasida og’riq paydo bo’ladi va bemorlar to’xtashga majbur bo’ladilar. Biroz og’riq o’tgandan keyin yana yurishni davom ettiradi.
I bosqichda – 500m yurgandan keyin og’riq boshlanadi.
II bosqichda – 200m.dan keyin og’riq paydo bo’ladi.
III bosqichda – 20-30m va tinch holatda ham og’riq bo’ladi.
IV bosqichda – nekroz va gangrene boshlanadi.
Surunkali arterial yetishmovchilikda 4 stadiya bo’ladi.

  1. Kompensatsiya – bemorlar tez charchashga shikoyat qiladilar, mushaklarda og’irlik, oyoq panjalarida sovuq sezish, 200-500m yurgandan keyin oqsoqlash, mushaklarda kuchsizlik, barmoq uchlarida igna sanchgandek holatlar paydo bo’ladi.

  2. Subkompensatsiya – ya’ni, ishemiyaning o’tib ketishi holati paydo bo’ladi. Bemorlar oyoq panjalarida va barmoqlarida sovuq sezishlari, oqsoqlikning aniq belgilari paydo bo’ladi. Terisi oqargan va harorati pasaygan. Tinch holatda ishemiya belgilari pasayadi. Agar yaxshi davolansa, ehtimol kompensatsiya holatiga o’tadi.

  3. Dekompensatsiya – qon aylanishi buzilib, trofik o’zgarishlarga olib keladi. Bemorlar nafaqat yurganda, hatto tinch o’tirganlarida ham og’riq sezadilar, uyqusizlik paydo bo’ladi. Og’riq barmoqlarda, oyoq panjasining ostki sohasida tashqi og’riq bo’ladi.

Download 32.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling