225
bezovtalanish kuzatiladi. Ko‘zdan kechirganda terisi biroz
oqargan, periferik venalari bo‘shashgan. Qo‘1-oyoqlari
sovuq. Pulsi kuchsiz to‘liqlikda,
biroz taxikardiya, qon
bosimi normada, yengil oliguriya;
dekompensatsiyalashgan (qaytuvchi) bosqich – arterial qon
–
bosim pasaygan. Bemorning hushi xiralashgan,
hansirash,
taxikardiya (100–120 marta), puls bosimi kamayadi, oligu-
riya, akrosianoz;
qaytmaydigan – bemorning ahvoli og‘ir, hushsiz, teri
–
qoplamlari oqish rangda,
sovuq ter bilan qoplangan,
gipotermiya, oligoanuriya kuzatiladi. Puls periferiyada
ipsimon yoki umuman aniqlanmaydi. Arterial qon bosim 60
mm. sim. ust. past.
Davolash:
1. Ekspress diagnostika maqsadida shok indeksi (Shi) aniq-
lanadi, ya’ni 1 daqiqadagi yurakning
qisqarishlar soni sistolik
arterial qon bosimga nisbati aniqlanadi.
Normada shok indeksi = 60/120 = 0,5 (60–1 min yurakning
qis qarishlari soni; 120 – sistolik arterial qon bosimi normal ko‘r-
satkichi).
2. Qon ketishini to‘xtatish (jgut, siqib turuvchi bog‘lam).
3. Og‘riqsizlantirish.
4. Markaziy venalarni kateterlash (infuziya-transfuziya).
5. O‘tkir nafas yetishmovchiligiga qarshi kurash (yuqori nafas
yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash, havo o‘tkazgich qo‘yish,
traxeya intubatsiyasi, sun’iy o‘pka ventilatsiyasini o‘tkazish).
6. Oksigenoterapiya.
7. O‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi belgilarini bartaraf
etish.
8. Siydik qopini kateterlash (soatlik, sutkalik diurezni nazorat
qilish).
Do'stlaringiz bilan baham: