M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

3 – og‘ir darajasi: ahvoli og‘ir, esi kirarli-chiqarli, atrofga 
befarq qaraydi. Terisi yopishqoq ter bilan qoplangan, lablar, 
burun, barmoq uchlari ko‘kimtir tusda. Puls ipsimon, 1 daqiqada 
140–160 marta uradi. A/B 60 mm simob ustunidan tushib ketadi.
Nafas yuzaki va tez. Bemor o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda 
siydik va najas ajratishi mumkin.
davolash. Shokda birinchi yordam ko‘rsatish va davolash 
unga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish quyidagi tartibda 
bajariladi:
nafas yo‘llarini tozalash va o‘tkazuvchanligini tiklash, 

intubatsiya va o‘pkani sun’iy ventilatsiya qilish;
tashqi qon oqishini to‘xtatish, jarohatga aseptik bog‘lam 

qo‘yish;
og‘riqsizlantirish;

immobilizatsiya qilish;

vena ichiga qon va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar yuborish 

va gemoglobinning 100 g/l dan past bo‘lmasligini kuzatish;
bemorni shikastlangan joydan ehtiyotlik bilan olib chiqish 

va tezlik bilan shifoxonaga olib borish.
Shikastlanish shokida reanimatsiya tadbirlarining turi hayot 
uchun zarur organlar faoliyatining buzilishini tiklashga qaratilgan 
bo‘lishi kerak. Shokni davolash markaziy asab sistemasi 
faoliyatini normallashtirish, og‘riqqa qarshi kurash, sirkulat-
siyadagi qon hajmini to‘ldirish, tomirlar tonusini ko‘tarish, gaz 
almashinuvi, buyrak, jigar faoliyatlarini va boshqa holatlarini 


221
normallashtirish kabi maqsadlarni nazarda tutgan holda amalga 
oshiriladi.
Shikastlanishning og‘ir belgilarini yo‘qotish va kamaytirish 
bilan birga bemorni ruhan tinchlantirish kerak. Bu maqsadda 
singan suyak sohasi novokain eritmasi bilan infiltrativ, g‘ilofli 
anesteziya, qovirg‘alararo blokada qilish kabi og‘riqsizlantiriladi 
yoki umumiy narkoz usullari qo‘llaniladi. Shu bilan birga 
reopoliglukin 500 ml sutkasiga 2 marta yuborish, analgetiklar 
2 ml, 50% analgin 1–2 ml, baralgin 5 ml tomir ichiga yuboriladi, 
omnopon, pantopon 1 % – 1 ml va 1–2 ml l % li promedol teri 
ostiga yuboriladi. Og‘riqsizlantirish uchun azot oksidi bilan yengil 
narkoz berish ham yaxshi natija beradi. Kalla, ko‘krak shikastlarida 
vagosimpatik novokainli blokada, qorin va chanoq shikastlarida 
paranefral blokadalari qilingandan keyin ular 5–6 daqiqa o‘tgach 
ta’sir qiladi va og‘riqsizlantirish 5–6 soatgacha davom etadi.
Bemorga transport immobilizatsiyasi qilinadi.
Nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklashni kuzatib 
borish zarur, chunki nafas o‘lishning buzilishi o‘tkir nafas 
yetishmovchiligiga olib keladi.
Tashqi va ichki qon oqishi tufayli vujudga kelgan shokda 
sirkulatsiyadagi qon hajmini (SQH) to‘ldirish zarur. Davom 
etayotgan qon oqish paytida qon hajmini to‘ldirish mumkin emas. 
Shuning uchun ham avval oqayotgan qon to‘xtatilib, so‘ngra 
uning o‘rnini to‘ldirmoq zarur. Buning uchun turli xil kolloid 
eritmalar vena orqali yuboriladi.
Sintetik kolloid eritmalar poliglukin, reopoliglukin, jelatinol 
quyiladi.
Tuzli eritmalar – ringer, laktosol, natriy xloridning izotonik 
eritmasi asesol, disol, trisol kabilar quyiladi.
Sirkulatsiyadagi qon hajmi tiklanganligini arterial va mar-
kaziy venalardagi bosimning ko‘tarilishi bilan aniqlanadi.
Shokning hamma bosqichlarida, qon tomirga albatta 
antigistamin preparatlar (dimedrol, suprastin, pipolfen) inyeksiya 
qilinadi.


222
Shok paytida har doim nafas buzilishi kuzatiladi. Ko‘krak, 
umurtqa pog‘onasi va orqa miya shikastlarida va elektr shi-
kastlarida nafas olishning buzilishi ko‘proq namoyon bo‘ladi. 
Bunday holatda kislorod ingolatsiyasi qilinishi kerak. Yengil 
shikastlarda kislorod burun orqali qo‘yilgan kateter bilan beriladi. 
Og‘ir shokda esa, bemor o‘pkasi apparat orqali uzoq muddat 
sun’iy ventilatsiya qilinadi va gipoksiya bartaraf qilinadi.
Modda almashinuvi buzilishining oldini olish va normal-
lashtirish uchun 4% li natriy gidrokarbonat (200–300 ml), natriy 
laktat (200 ml) vena ichiga, 10–15 ml 5% li askorbin kislota
1–2 ml vitamin B
1
, B
6
, B
12
eritmalari yuboriladi.
Gipokalsemiya rivojlangan taqdirda 10% kalsiy xlor, glukoza 
insulin bilan prednizolon 30–60 mg vena ichiga yuboriladi. Vena 
ichiga plazma, oqsil gidrolizati, albumin (10–20), 200 ml yuborish 
bilan organizmdagi oqsillar yetishmovchiligi (gipoprotenemiya) 
bartaraf qilinadi.
Tromboemboliyaning oldini olish uchun 5.000 birlikdan ge-
parin har 6 soatda inyeksiya qilib turiladi.
Kontrikal 40–60 birlikda yuboriladi.
O‘tkir buyrak yetishmovchiligida esa diuretiklar – peritoneal 
yoki ekstrokorporal dializ qilinadi.
Bemorlar zarur bo‘lsa zond orqali ovqatlantiriladi va umumiy 
gigiyenik choralar amalga oshiriladi.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling