228
toksik кота –
•
ekzogen va endogen zaharlanish tufayli pay-
do bo‘ladigan komalar;
gipoksik komalar –
•
gaz almashinuvining buzilishi va
gipoksiya tufayli paydo bo‘ladigan komalar.
Komaning quyidagi darajalari mavjud:
1-daraja – bemor bo‘shashgan, savollarga
qiyinchilik bilan
javob beradi, atrofdagilarga nisbatan befarq, nutqi buzilgan.
Bemor uyqu holatida bo‘lib,
nafas olishi qisman tezlashgan,
arterial qon bosim ko‘tarilgan bo‘ladi.
2-daraja – bemor sopor holatida bo‘lib, hushsiz, savollarga
qiyinchilik bilan javob beradi, so‘zlarni cho‘zib, zo‘rg‘a gapiradi.
Nafas
olishi tezlashgan, taxikardiya,
arterial qon bosim
birmuncha pasaygan yoki me’yorda bo‘ladi. Reflekslar saqlangan,
lekin sust bo‘ladi.
3-daraja (og‘ir yoki chuqur koma) – bemor hushsiz, reflekslari
so‘ngan, qorachiqlar kengaygan. Terisi kulrang, akrosianoz. Nafas
olishi tez va yuzaki, aritmiya, arterial qon bosimi tushib ketgan.
Ixtiyorsiz defekatsiya va siydik ajralishi kuzatiladi.
4-daraja (terminal holat) – bemor hushsiz, reflekslar yo‘q,
nafas olish patologik (Kussmaul va Cheyn-Stoks ko‘rinishida),
arterial qon bosim aniqlanmaydi, yurak faoliyati to‘xtaydi. Bu
davrda bemorni komadan chiqarib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: