204
bo‘yni
qayrilib, naycha chiqib ketmasligini diqqat bilan
kuzatib turish lozim. Og‘ir
holatdagi bemorning hayotiy
ko‘rsatkichlari yoki monitorni kuzatib turish kerak.
Monitorga ulangan simlar va drenaj naychalarini nazorat qilib,
parallel ravishda teri holatini kuzatish zarur.
Jarohatdan so‘ng bosh qon bilan ifloslangan bo‘lsa, iloji
boricha boshni tezroq yuvish va infeksiyaning oldini olish kerak.
Bundan
tashqari, bemor noxush hid va qichinishni sezmasligi
uchun boshni yuvishga mo‘ljallangan ko‘chma apparat yordamida
haftada 1–2 marta bosh yuviladi.
Bosh yuvish imkoniyati
bo‘lmagan taqdirda iliq suv yoki 35–50% li iliq spirt yordamida
artilib, sochni quritish lozim. Sochni tarash yoki parvarish qilish
vaqtida yotadigan bemorga noqulaylik yetkazmaslik yoki tana
holatini almashtirishda xalaqit bermasligini ta’minlash lozim.
Yostiq-jild, choyshablarini va ich kiyimlarini almashtirish:
intensiv terapiya xonasida
yotgan bemorlarning yostiq-
–
jild, choyshablarini va ich kiyimlarini tez-tez almashtirish
yotoq yaralarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Yotadigan o‘rinning qulay holatini saqlash: non ushoqlarini
qoqib tashlash, burmalarini yozish zarur.
Fiziologik hojatni amalga oshirishda yordam berish.
Do'stlaringiz bilan baham: