200
bemorga boruvchi elektrodlaridan tok o‘tishini tekshirib ko‘rish
kerak.
Defibrillatsiya qilishning 2 usuli bor:
a) ko‘krak qafasi orqali;
b) to‘g‘ridan to‘g‘ri yurakning o‘ziga.
Bu usullarni o‘tkazishda apparatning elektrodlari ko‘krak
qafasiga mustahkam yopishib turishi kerak (10 kg og‘irlikda),
aks holda qarshilik ko‘payib, tok kuchi kamayib ketadi. Ko‘krak
qafasi orqali qilinadigan defibrillatsiyada
elektrodlar quyidagicha
joylashtiriladi: ikkala elektrodni ham ko‘krak qafa sining oldingi
sathiga, ya’ni birinchisi o‘ng tomonda II qovurg‘a oralig‘iga,
ikkinchisi esa chap tomonda yurak uchi sohasiga qo‘yiladi.
Elektrodlarning impulsi yaxshi o‘tishi
va bemor terisidagi
qarshilikni kamaytirish maqsadida teriga maxsus pasta surtiladi
yoki elektrolit (osh tuzining izotonik
eritmasi yoki oddiy suv
bilan) ho‘llangan doka bilan elektrodlar o‘raladi. Dastlabki
muolaja kichik kuchlanishli tok bilan o‘tkaziladi va natija yaxshi
bo‘lmasa, kuchlanishni 0,5–1
KV miqdorda oshirib, muolaja
takrorlanadi. Katta odamda muolaja qilish uchun 5,000–5,500 V
gacha tok kuchini berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: