M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Yurakni bilvosita (yopiq) massaj qilish


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Yurakni bilvosita (yopiq) massaj qilish. Bu usulda yurak 
to‘sh suyagi bilan umurtqa pog‘onasi o‘rtasida bosiladi, natijada 
qon yurakdan kichik va katta qon aylanish doiralari tomirlariga 
o‘tadi, yurak bo‘sh qo‘yilgandan keyin devorlari yozilib
bo‘shliqlariga qon qaytadan to‘planadi. Shu usulda sun’iy yo‘l 
bilan qon aylanishini vujudga keltirib, organizmning hayoti uchun 
muhim organlarning ishini tiklash mumkin bo‘ladi. Natijada 
yurak muskullari qon bilan ta’minlanadi va yurak muskullari 
mustaqil qisqarishi mumkin.
Harakat ketma-ketligi:
bemor qattiq, tekis yerga, chalqancha yotqiziladi; 

to‘sh suyagining uchidan 2 barmoq yuqoriga (to‘sh suya-

gining pastki qismiga) bir qo‘l kafti, barmoqlar uchi bemor 
badaniga tegmaydigan qilib qo‘yiladi;
ikkinchi kaft birinchisining ustiga qo‘yiladi, qo‘llar tirsak 

bo‘g‘imlarida yozilgan bo‘lishi kerak;
yordam ko‘rsatayotgan odam to‘shni turtkisimon bosib, uni 

umurtqa pog‘onasi yo‘nalishi bo‘yicha 3–5 sm ga siljitadi;
qo‘l zarb bilan ko‘krakka bosilgandan so‘ng ko‘krakdan 

ajratmasdan tez bo‘shashtiriladi;


198
turtkilar soni daqiqasiga 70–80, yosh bolalarda 100–120 

marta bo‘lishi kerak;
yurak to‘g‘ri va o‘z vaqtida massaj qilinsa, to‘shni har gal 

bosishda uyqu va son arteriyalarida puls paydo bo‘ladi, 
bemorning ko‘z qorachig‘i torayadi va terisi qizaradi;
yurak 10–15 daqiqa davomida massaj qilinib, sun’iy nafas 

oldirib ko‘rilganidan keyin yurak faoliyati tiklanmasa 
(ko‘z qorachig‘i kengligicha qolsa, yorug‘likka reaksiya 
bermasa), biologik o‘lim sodir bo‘lganligini ko‘rsatadi va 
muolaja to‘xtatiladi.
ESLATMA: ko‘krakni qisish vaqtida bosimni ko‘paytirish 
uchun gavda og‘irligini qo‘lga solish kerak. 10–12 yoshgacha 
bo‘lgan bolalarda yurakning tashqi massajini faqat bir qo‘l bilan, 
chaqaloq bolalarda esa 2 ta barmoq uchi bilan o‘tkazish kerak.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling