M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Davolash-profilaktik parvarish:
operatsiyadan keyingi jarohatga qo‘yilgan bog‘lam va dre-

najlarni nazorat qilish;
yotoq yaralarining oldini olish;

o‘pka tomonidan uchraydigan asoratlarning oldini olish;

flebitlarning oldini olish (bemorlarni faollashtirish, davo­

lash fizkulturasi, oyoqlarga elastik bint qo‘yish);
yiringli asoratlarning oldini olish (aseptika qoidalariga 

qat’iy rioya qilish);
tromboembolik asoratlarning oldini olish;

ichaklar va siydik ajratish sistemasi tomonidan parezlarning 

oldini olish.


202
Fiziologik ehtiyojlarda yordam ko‘rsatish:
ovqatlantirish; 

suyuqlik ichirish;

tuvak qo‘yish;

siydikdon tutish;

siydik ajratish qiyinlashgan bo‘lsa, qovuqni kateterlash yoki 

doimiy kateter qo‘yish;
najas ajralishi qiyinlashganda tozalovchi huqna qilish.

Bemorlar parvarishining asosiy texnikasi
Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlarida davolanayotgan 
bemorlarning tuzalib ketishi to‘g‘ri parvarish qilishga bog‘liq. 
O‘lim bilan tugash holati asosiy kasallik oqibatida emas, balki 
uning asorati natijasida ro‘y berishi mumkin. Faqat malakali 
hamshira parvarishi yordamida ularning oldini olish mumkin, 
aks holda intensiv terapiyaning zamonaviy usullari foydasiz 
bo‘lishi mumkin.
Sharoitlarni tayyorlash. Ko‘p hollarda, bemorning ichida ro‘y 
berayotgan holat davolash obyekti hisoblanadi. Hamshiralarning 
diqqati esa tashqi muhitni saqlash va yaxshilash, ya’ni bemor 
atrofida ro‘y berayotgan sharoitga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Bo‘linma va xonalarda quyidagi sharoitlar mavjud bo‘lishi 
lozim: bemorlarni bir-biridan ajratish, reanimatsiya va monitoring 
uchun maxsus apparaturani qo‘llagan holda har bir bemorni 
kuzatish va har bir karavotga har tomonlama yaqinlashish 
imkoniyati bo‘lishi lozim. Shuningdek, navbatchi reanimatolog 
navbatchi mutaxassislar, yordamchi va texnik xodimlar bilan erkin 
aloqada bo‘lishi zarur. Elektrodefibrillator, «Ambu qopi», elektr 
so‘rg‘ich, intubatsiya va markaziy tomirlar uchun to‘plam, zondlar, 
shprislar, infuziyalar uchun sistemalar, bog‘lov materiallari va 
dorilar qo‘yilgan ko‘chma stollar doimo tayyor turishi lozim. 
Shovqin va tashrif qiluvchilardan izolatsiyalangan bo‘lishi zarur.
Palatada toza havo, tegishli harorat (24°C–26°C) va namlik 
darajasini ta’minlash hamda pol va karavot atrofidagi maydonning 


203
tozaligini kuzatib turish lozim. Zarurat tufayli bemor 24 soat 
mobaynida karavotda vaqtni o‘tkazishga majbur, shu sababli ular 
vaqt o‘tishi, kecha va kunduzni ajratish, sanani bilishlari uchun 
harakat qilish kerak.
Tozalikni saqlash. Intensiv terapiya bo‘limiga tushgan bemorlar 
juda nimjon va immuniteti pasaygan bo‘ladi. Ikkilamchi infeksiya 
qo‘shilishi va uning asoratini oldini olish maqsadida hamshira 
muntazam ravishda gigiyenik muolajalarni bajarib turishi kerak. 
Shuningdek, gigiyenik muolajalar bemorning kayfiyatini ko‘tarishga 
yordam beradi. Quyidagi gigiyenik muolajalar bajariladi:
Og‘ir bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘ini tozalash.
Og‘iz va burun bo‘shlig‘iga turli naychalar kiritilgan bo‘lsa, 

organizmning o‘zini o‘zi tozalash funksiyasi susayadi, bu 
holat infeksiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Kuniga 
kamida 3 marta tishlarni tozalash yoki og‘izni chayish lozim.
Ikkita hamshira naychalarini ushlab, og‘iz bo‘shlig‘ining 

gigiyenik muolajalarini tezda bajarishlari, so‘ngra naychalar 
o‘rnatilish joyini almashtirishlari lozim.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling