M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Siydik ajralishi
Bunday bemorlarda tabiiy siydik ajratish imkoniyati bo‘l-
maydi. Shu sababli, ayniqsa, doimiy kateter qo‘yilgan bemorlarda 
siydik oqishi va uning xususiyatini kuzatib turish, infeksiya 
rivojlanishi va siydik chiqarish kanali shikastlanishining oldini 
olish hamda bemorning ahvoli yaxshilanishi bilan kateterni iloji 
boricha vaqtliroq olish uchun harakat qilish lozim.
defekatsiya
Bemor og‘izdan ovqat iste’mol qilishga holi bo‘lmaganda 
ham ichak ichidagi qoldiqlar va peristaltika hisobiga defekatsiya 
ro‘y beradi. Biroq odatda harakatlanish faolligi to‘satdan to‘xtab 
qolishi, yurak-tomir yetishmovchiligi va dori qabul qilish 


205
natijasida ichak ishlashi buzilishi oqibatida ich qotishi kuzatiladi. 
Va, aksincha, hazm qilish va so‘rilishning yomonlashuvi hamda 
ichak ishlashining patologik kuchayishi diareyaga olib kelishi 
mumkin. Diareyada suyuqlik yo‘qotilishi va elektrolit balans 
buzilishini nazorat qilish lozim. Ich qotganda esa diafragma 
ko‘tarilishi nafas olish va qon aylanishiga salbiy ta’sir qilishi 
(AB ko‘tarilishi, puls tezlashishi, aritmiya va nafas olishning 
qiyinlashishi)ni hisobga olgan holda zarur yordam ko‘rsatish 
lozim. Shuningdek, chot va orqa chiqaruv teshigi sohasining 
tozaligini nazorat qilish (yuvish va quritish) kerak.
ovqat qabul qilishda yordam berish 
(ovqatlanishni ta’minlash)
Og‘ir holatda bemorlarni peroral ovqatlantirish kam uchraydi, 
ko‘proq hollarda suyuqlik va ozuqa moddalarini parenteral 
kiritish amalga oshiriladi. Kuchli jismoniy va ruhiy stress 
natijasida bemorlarning ishtahasi pasayadi va og‘iz orqali qabul 
qilish shartlari bajarilgan taqdirda ham bemor ovqatni yuta 
olmasa, ovqatni majburlab tiqishtirish bemorda yanada kuchli 
stressni keltirib chiqarishi mumkin. Biroq bemorlar ovqatni og‘iz 
orqali qabul qilishni tuzalish alomati deb hisoblaydilar va ularga 
hech bo‘lmasa oz-ozdan yeb turishiga yordam berish kerak. 
Shuningdek, ovqat qabul qilishda yordam berish bemor bilan 
munosabatni yaxshilashga imkon berishni yodda tutish lozim.
Naycha orqali ovqatlantirishni yaxshisi Fauler holatida 
o‘tkazish lozim. Ovqatni sekinlik bilan yuborish kerak, qorin 
sohasi shishini yoki suyuqlik orqaga qaytgan taqdirda yuborishni 
zudlik bilan to‘xtatish va ortiqchasini so‘rib olish lozim. 
Shuningdek, muolajadan oldin, muolaja vaqtida va undan so‘ng 
nafas olish va qon aylanishi dinamikasini nazorat qilish va biror- 
bir o‘zgarish bor-yo‘qligini kuzatib turish lozim.
Tomir ichiga giperalimentatsiya usuli markaziy vena kate-
teriga ulangan sistema orqali to‘yingan va yuqori kaloriyali 
preparatlarni yuborishdan iborat. Ushbu usul sterillikka qat’iy 
rioya qilgan holda qo‘llaniladi. Kateter kiritilgan joyga yetarlicha 


206
dezinfeksiya qilingandan so‘ng steril bog‘lov qo‘yiladi. Sistema 
yopishqoq plastir yordamida ko‘krak terisiga mahkamlanadi.
Siydik tarkibida glukoza bor-yo‘qligi tekshiriladi, diurez va 
siydikning solishtirma og‘irligi o‘lchanadi. Shuningdek, vaqti-
vaqti bilan elektrolitlar tarkibi, buyraklar funksiyasi va boshqa 
parametrlarni tekshirish va har qanday o‘zgarishlarga e’tibor 
berish lozim. Noma’lum sabablarga ko‘ra bemorda gipertermiya 
mavjud bo‘lgan taqdirda, eng avval, kateter orqali infeksiya 
tushganligini taxmin qilib, zudlik bilan uni olib tashlash va 
kateterning uchini bakteriologik tekshirish uchun laboratoriyaga 
topshirish lozim.
Faollik
Faollik – odam uchun zarur bo‘lgan tana harakati bo‘lib, 
odatda uning tabiiy fiziologik ehtiyojiga bog‘liq. Faollik uchun 
kerakli energiya va kislorodli ozuqa moddalari yurak nasosi 
tufayli qon oqimi bilan yetkazib beriladi.
O‘tkir miokard infarktiga chalingan bemorlarga infarktdan 
so‘ng 48–72 soat mobaynida intensiv terapiyaning kardiologiya 
bo‘limida tinch holat va harakatlar cheklanishi buyuriladi. 
Jismoniy va ruhiy faollik cheklanishi energiya sarflanishi 
kamayishiga yordam beradi. Demak, hamshira bemorga harakat 
qilish (tana holatining o‘zgarishi), najas chiqarish, ovqatlanish
gigiyenik muolajalarini bajarish kabi zarur harakatlarni bajarishga 
yordam berishi kerak. Xavotir va g‘azab, qo‘rquv va qattiq 
tashvishlanish yurakni tezroq ishlashga majbur qiladi, shuning 
uchun bemorni tinch holatda ushlab turish juda muhimdir. 
Infarktdan avval normal hayot kechirgan odamlar kardiologiya 
ITB bo‘limiga tushib, qat’iy yotish tartibiga rioya qilishlari 
zarur. Harakatlanish mumkin emasligi ularga azob va chidab 
bo‘lmas noqulaylik hissini keltiradi. Hamshira bemor uchun 
qulay bo‘lgan holatda yotqizishi lozim. ITB bemorlari g‘amgin 
holatda bo‘ladilar, ularga ko‘p sonli datchik va naychalar ulangan, 
jarohatlardan kuchli og‘riq sezadilar. Bunday holatda umuman 


207
harakat qila olmaydilar yoki juda kam harakatlanadilar. Odatda 
bemorlarning holati har 2 soatga o‘zgartiriladi. Bundan tashqari, 
reabilitatsiyaning ilk bosqichlarida barmoq va qo‘l, bo‘g‘imlari 
uchun mashqlar rejalashtiriladi va bajariladi.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling