M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


 Intensiv terapiya vaqtida kuzatish (monitoring)


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

2.9. Intensiv terapiya vaqtida kuzatish (monitoring)
Bemorni kuzatish uchun mo‘ljallangan tibbiy uskuna 
organizm ahvoli to‘g‘risida uzluksiz ma’lumotnoma olish uchun 
kerak. Uskunalarning ko‘pchiligida, o‘lchash bilan bir qatorda, 
avvaldan belgilangan ma’lumotlar bilan ko‘rsatkichlarning 


209
nomuvofiqligida tovushli signalni berish funksiyasi o‘rnatilgan. 
Shu sababli davolashning borishini kuzatish patologiyalarni erta 
bosqichda aniqlash mumkin.
Tibbiy uskunalardan foydalanishda quyidagilarga e’tibor 
berish lozim:
Elektr xavfsizlik: elektroshoklarning oldini olish uchun yerga 
ulanishni ta’minlash zarur.
Texnik xavfsizlik: sensorning teri bilan davomli kontakti 
joyini kuzatish zarur. Shuningdek, to‘qima bosilishi tufayli shi-
kastlanishning oldini olish uchun mahkamlash joyini vaqti-vaqti 
bilan almashtirib turish lozim.
Elektr magnit nosozliklarning oldini olish: tibbiy moslama 
yoki maishiy moslama o‘rtasida elektr magnit to‘lqinlarning 
o‘zaro interferensiyasi sababli nosozliklar va shovqin yuzaga 
kelishi ehtimoli bor. Asbob-uskunalarni bir-biridan iloji boricha 
uzoqroq joylashtirish yoki filtr bilan jihozlangan uskunalardan 
foydalanish lozim.
apparat va moslamalar yordamida kuzatish. Intensiv 
terapiyani o‘tayotgan bemorlar organizmini kuzatish monitorlar 
yordamida olib boriladi. Monitorlarda o‘lchanadigan hayot 
faoliyatining ko‘rsatkichlari: puls tezligi, arterial bosim, nafas 
olish tezligi va tana harorati. Bemor tanasiga yopishtirilgan 
sensorlar yordamida olinadigan ma’lumotlar monitorlarda raqam-
lar va to‘lqinlar ko‘rinishida ifodalanadi.
O‘pka sun’iy ventilatsiyasi apparatiga ulangan bemorlarni 
parvarish qilish
O‘pka sun’iy ventilatsiyasi – bemor mustaqil nafas olishi 
organizmni kerakli hajmdagi kislorod bilan ta’minlay olmagan 
hollarda samarali va ishonchli davolash usuli hisoblanadi.
Quyidagi hollarda bemorni boshqariluvchi nafas olishga 
o‘tkaziladi:
mustaqil nafas olish to‘xtaganda;

nafas olish tezligi va maromi buzilganda;

nafas yetishmovchiligi oshib borganda.



210
Sun’iy nafas olish apparati nima?
O‘pkaning sun’iy ventilatsiyasi, davolashning usuli sifatida, 
alveolar ventilatsiya va oksigenatsiyani yaxshilash hamda nafas 
muskulaturasining relaksatsiyasi va dam olishi maqsadida 
amalga oshiriladi. Nazorat qilinadigan (boshqariladigan) va 
yordamchi nafas oldirish usuli farqlanadi. Bunda mustaqil nafas 
mavjudligiga qaramasdan ventilatsiya mexanik usul bilan to‘liq 
ushlab turiladi, yordamchi nafasda esa mustaqil nafas saqlanib, 
yetishmayotgan qism mexanik ravishda to‘ldiriladi.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling