M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Sun’iy o‘pka ventilatsiyasi (SO‘V) apparatlarining tuzilishi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Sun’iy o‘pka ventilatsiyasi (SO‘V) apparatlarining tuzilishi 
va undan foydalanish qoidalari. Sun’iy ventilatsiya apparatining 
tuzilishi:
Uzatmali moslama.
SO‘V apparatida ushbu moslama havo oqimini ishlab chi-
qaradi va uni o‘pkaga haydaydi. Uzatma elektromexanik (elektr 
kuchlanish) yoki pnevmatik (havo bosim ostida uzati ladigan) 
bo‘ladi.
Havo uzatish moslamasi.
Uzatmali moslama tomonidan ishlab chiqarilayotgan energiya 
porshen va maxsus mexanizm yordamida havo oqimiga aylanadi.
Havo oqimini boshqarish mexanizmi.
Ushbu moslamaning vazifasi uzatish moslamasida ishlab 
chiqarilgan havo bemorga faqat nafas olish vaqtida berilib nafas 
chiqarishda esa berilmaydi. Bu yerda elektromagnit klapanlar 
qo‘llaniladi.
Nafas konturi oqim regulatori va bemor orasidagi havoni 
haydaydi, quyidagi qismlardan iborat:
Nafas olish va chiqarish klapani: ma’lum yo‘nalishda nafas 
konturi bo‘ylab havo harakatlanishini havoni qaytadan yutishga 
yo‘l qo‘ymaydigan bir tomonlama klapan.
Havo namlovchi va nebulayzer: bemor tomonidan olinayotgan 
havoni namlaydi va turli dorivor vositalar (bronxlarni ken-
gaytiruvchi preparatlar, nafas yo‘llarini tozalaydigan preparatlar 
va boshqalar) ingalyatsiyasi uchun qo‘llanadi.


211
Shlang: bemorni apparat bilan bog‘laydigan nay bo‘lib, 
gofrirovkalangan nay deb ham ataladi.
Turli monitorlarning sensorlari: nafas konturida bosimni aniq-
laydigan, havo o‘tishi tezligini aniqlaydigan, kislorod konsent-
ratsiyasi, harorat va namlik darajasini aniqlaydigan sensorlar.
Y-simon birlashtiruvchi: shlangni endotraxeal naycha (tra-
xeosto mik naycha)ga ulashda qo‘llaniladigan adaptor.
Foydalanish qoidalari
Sun’iy o‘pka ventilatsiyasi (SO‘V) apparatlarini ishlatishdan 
avval (bemorga ulashdan oldin) tekshirish:
Nafas konturi shlangi, Y-simon birlashtiruvchi va barcha 
turdagi monitorlar simlari butunligi (nosozliklar va yoriqlarning 
yo‘qligi) tekshirilgandan so‘ng buralib ketgan va bukilgan joylarni 
tuzatib, to‘g‘ri yig‘ish zarur.
Elektromexanik uzatmali moslama (elektr kuchlanish): elektr 
kabel uzilganligi, shteker, yerga ulangan simning nosozligi bor-
yo‘qligi tekshirilib, moslamani maxsus (mustaqil manbalardan 
ta’minlanadigan) rozetkalarga ulanadi.
Pnevmatik uzatmali moslama (havo): butunligi (nosozlik 
va yoriqlar yo‘qligi) tekshirilgandan so‘ng birlashtiruvchi bilan 
shlang va shteker-adapter havoni markazlashgan ravishda uzatish 
sistemasining havo berish moslamasiga ulanadi, bunda birlashgan 
joyga havo chiqib ketishi tekshiriladi.
Gazli ballonlardan foydalangan vaqtda ballon ichida gaz 
miqdorini nazorat qilib turish zarur.
Isitgich, namlagich va unga tutashgan qismlar butunligi 
tekshiriladi, zarur miqdordagi steril suv quyiladi. Isitgich va 
namlagichda harorat sozlangandan so‘ng apparatning ishlashi 
quyida qayd qilingan bandlar bo‘yicha tekshiriladi, shuningdek, 
termostat ishlashi va namlik darajasi tekshiriladi.
Nafas konturidan havoning chiqib ketishi gofrirovkalangan 
naycha, isitgich va namlagich hamda Y-simon birlashtiruvchining 
birlashadigan joylarida kuzatiladi.
Uzoq o‘pka sun’iy ventilatsiyasi maxsus apparatlar yordamida 
intubatsion yoki traxeostomik naycha orqali o‘tkaziladi.


212
Reanimatsiya va intensiv terapiya hamshirasi quyidagilarni 
yaxshi bilishi zarur:
bo‘limda qo‘llaniladigan respiratorlar tuzilishini;

bemor va o‘pkaning sun’iy ventilatsiya apparatini ishga 

tayyorlash xususiyatlarini;
o‘pkaning sun’iy ventilatsiyasini o‘tkazish texnikasi;

o‘pkaning sun’iy ventilatsiyasini o‘tkazish vaqtida bemor 

ahvoli va apparat ishini, o‘pkaning sun’iy ventilatsiyasini 
boshlashdan oldin respirator ishini, turli tartibda tekshirish 
zarur. Hamma shlang va ulagichlari steril va namlagichi 
distillangan suv bilan to‘ldirilgan bo‘lishi kerak. Doimo 
zaxiradagi ishchan o‘pkaning sun’iy ventilatsiyasini apparati 
bo‘lishi kerak (asosiy o‘pkaning sun’iy ventilatsiyasi apparati 
to‘satdan ishdan chiqib qolish hollarida ulash uchun).
Bundan tashqari quyidagilar tayyorlab qo‘yilishi zarur:
traxeal va og‘iz kateterlari (bir martalik);

traxeyaga quyish uchun steril fiziologik eritma;

4% li natriy gidrokarbonat eritmasi;

20 va 10 grammli bir martalik shprislar;

traxeostomik va intubatsion naychalarni parvarishlash 

uchun kerakli jihozlar (steril salfetkalar, sharchalar, pinset, 
spirt 70% li, leykoplastr).
O‘pkaning sun’iy ventilatsiyasida nafas tezligi bir daqiqada 18- 
20 marta. Berilayotgan aralashmadagi kislorod konsentratsiyasi 
quyidagilarga qarab nazorat qilinadi:
bemorning ahvoliga;

sianozning darajasiga;

bemor arterial qonida kislorodning parsial bosimiga 

(90 mm. sim. ust. past bo‘lmasligi kerak).
O‘pkaning sun’iy ventilatsiyasi apparatidan bemorni ajratish 
juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi. Bemor mustaqil nafas 
olishga o‘tishida quyidagilar nazorat qilinadi:
puls;

nafas olish tezligi;

arterial qon bosim;

qonning kislota-ishqor muhiti va kislorod balansi.



213

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling