M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

ostini yuvish, qinni chayish
Ichi bo‘shagandan so‘ng bemorlarning ostini yuvish:
muolajani o‘tkazish davrida bemorga kateter kiritilgan 

bo‘lsa, bemorga muolaja ehtiyotlik bilan o‘tkazilishi kerak. 
Siydik kateteri atrofi va qin sohasi ajralmalar to‘planadigan 
joy bo‘lib, tez ifloslanishi sababli ushbu sohalarni kuniga 
1–2 marta artish va quritish lozim.
Badanning alohida qismlarini yuvish:
Terida qon aylanishini yaxshilash, infeksiyalar va yotoq 

yaralarning oldini olish maqsadida butun badanni sochiq 
bilan ho‘llab artishni rejalashtirish va amalga oshirish lozim.
Bo‘g‘imlar kontrakturasi va muskullar atrofiyasining 

oldini olish uchun ho‘llab artinish bilan bir qatorda barcha 
bo‘g‘imlar uchun massaj va harakatli mashqlarni bajarish 
zarur. Tana holati o‘zgartirilayotgan vaqtda bemorning 


204
bo‘yni qayrilib, naycha chiqib ketmasligini diqqat bilan 
kuzatib turish lozim. Og‘ir holatdagi bemorning hayotiy 
ko‘rsatkichlari yoki monitorni kuzatib turish kerak.
Monitorga ulangan simlar va drenaj naychalarini nazorat qilib, 
parallel ravishda teri holatini kuzatish zarur.
Jarohatdan so‘ng bosh qon bilan ifloslangan bo‘lsa, iloji 
boricha boshni tezroq yuvish va infeksiyaning oldini olish kerak. 
Bundan tashqari, bemor noxush hid va qichinishni sezmasligi 
uchun boshni yuvishga mo‘ljallangan ko‘chma apparat yordamida 
haftada 1–2 marta bosh yuviladi. Bosh yuvish imkoniyati 
bo‘lmagan taqdirda iliq suv yoki 35–50% li iliq spirt yordamida 
artilib, sochni quritish lozim. Sochni tarash yoki parvarish qilish 
vaqtida yotadigan bemorga noqulaylik yetkazmaslik yoki tana 
holatini almashtirishda xalaqit bermasligini ta’minlash lozim.
Yostiq-jild, choyshablarini va ich kiyimlarini almashtirish:
intensiv terapiya xonasida yotgan bemorlarning yostiq-

jild, choyshablarini va ich kiyimlarini tez-tez almashtirish 
yotoq yaralarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. 
Yotadigan o‘rinning qulay holatini saqlash: non ushoqlarini 
qoqib tashlash, burmalarini yozish zarur.
Fiziologik hojatni amalga oshirishda yordam berish.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling