M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI
dam olish va uyqu
Faollik bilan bir qatorda dam olish ham muhim hisoblanadi. Bemor o‘zi uchun qulay holatda bo‘lsa, dam olish imkoni bo‘ladi. Tananing qulay holatini bemorning xohishini hisobga olgan holda, masalan, yostiqlar yordamida yaratish mumkin. Jismoniy azoblarning ozgina yengillashishi yoki oila a’zolari bilan uchrashuv bemorning hayotga bo‘lgan qiziqishini orttiradi. Intensiv terapiya bo‘limi bemor ahvolining 24 soat ichida har qanday o‘zgarishlariga tayyor joy bo‘lib, bu yerda doimo asbob- uskunalar ishlab turadi, chiroq yoqilgan va faol ish ketayotgan bo‘ladi. Bu holat ma’lum shovqin bilan kechadi. Bunda ko‘p hollarda bemorlarda uyqu va bedorlik doimo almashinib turadi. Bemorning bioritmlari va hayot ritmi bir-biriga mos kelishi uchun tunda uyqu vaqtini iloji boricha uzaytirish zarur. Davolanish va hamshiralik muolajalari vaqtini hamda dam olish va uyqu vaqtini aniq belgilab olish lozim. Tungi vaqtda kuzatish uchun yetarli bo‘lgan darajada yorug‘likni pasaytirish va tabiiy uyquni tezlashtirish uchun sharoit yaratish kerak. Ortiqcha tovushlar (ovoz, baland kulgi, qadam tovushi, asbob va uskunalar ishlashi, metall va monitor tovushlari)ni bartaraf qilish lozim. Uyqu bemorning jismoniy va ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil bo‘lganligi sababli juda e’tiborli bo‘lish kerak. Muomala Muomala odamlar orasidagi munosabatdir. Intensiv terapiya bo‘limida davolanayotgan bemorlar muomala qiladigan odamlar soni cheklangan. Bunday bemorlar yolg‘izlikni sezadilar, umuman muhitda o‘zlarini begonaday sezadilar, jismoniy ojizlikdan umidsizlikka tushadilar. Bunday holatda boshqalar 208 sen haqingda qayg‘urayotganini, g‘amxo‘rlikni sezish juda muhim. Bemorlarda bunday ruhiy holatga yo‘l qo‘ymaslik uchun hamshiralar bemorlar bilan yaxshi munosabatlarni ta’minlashi lozim, chunki hamshira boshqalarga nisbatdan ko‘proq bemor bilan muloqotda bo‘ladi. Hamshira bemorni ismi bilan chaqirib, o‘zini ham tanishtirishi lozim. Bemor har doim o‘ziga nisbatan iliq munosabatni sezishi kerak. Og‘zaki munosabat vositalari faqat bemorni tinglash va subyektiv ma’lumotlarni to‘plash uchun mo‘ljallangan. So‘z bilan odam qalbini davolash mumkin. Bemorning kayfiyati ko‘tarinki va shod bo‘lishi muhim. Bemorda hamshiraga nisbatan ishonch paydo bo‘lganda, unda qiyinchiliklarni yengish istagi yuzaga keladi. Og‘zaki munosabat qobiliyati yo‘qolishi ko‘zda tutilganda, unga mos bo‘lgan usulni bemor bilan birga o‘ylab ko‘rish kerak. Bemor og‘zaki bo‘lmagan vositalar yordamida ko‘rsatayotgan iltimos va shikoyatlarni tushunish uchun hamshira tayyor bo‘lishi kerak. Bemor biror narsani tushunmoqchi bo‘lganda energiyani ko‘p sarflanishini, uni tushunmagan vaqtda g‘azablanishini hisobga olish zarur. Bemorning jismoniy holatiga ko‘ra ehtiyojlarni baholash va avvaldan sezish muhim. Har xil bemorlarda ehtiyojlari turlicha bo‘lsa ham, qat’iy cheklanish holatiga tushgan og‘ir bemorlarning barchasida umumiy ruhiy reaksiya va jismoniy azoblar yuzaga keladi. Hamshiralar o‘z bilimlaridan foydalanishlari, boshqalar to‘g‘- risida g‘amxo‘rlikni rivojlantirishlari, bemorlarning xohish va istaklarini oldindan bilishlari zarur. Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling