M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

biologik o‘lim belgilari
Murda dog‘lari – qonning tanani pastki qismlariga 
to‘planishidan terining o‘ziga xos ko‘kimtir-binafsha rang yoki 
qizg‘ish binafsha rang tusga kirishi. Bu dog‘lar yurak faoliyati 
to‘xtaganidan 2–4 soatdan keyin paydo bo‘ladi.
Murdaning qotishi – skelet mushaklarining qisqarishi va 
dag‘allashishi va bo‘g‘imlarda passiv harakatlarga qarshilik 
paydo bo‘lishi. U yurak faoliyati to‘xtaganidan 2–4 soatdan keyin 
sodir bo‘lib, 1 sutkadan keyin maksimum darajaga yetadi va 3–4 
sutkadan keyin yo‘qoladi.


192
Murdaning parchalanishi – kech muddatlarda sodir bo‘lib, 
to‘qimalarning yiringli parchalanishi bilan namoyon bo‘ladi. 
Parchalanishning muddatlari ko‘pincha tashqi muhit sharoitlariga 
bog‘liq.
biologik o‘limni qayd etish
Biologik o‘lim quyidagi belgilar majmuasi asosida qayd qilinadi:
yurak faoliyatining yo‘qligi;

25 daqiqa davomida yurak faoliyatining aniqlanmasligi 

(atrof-muhitning odatdagi haroratida);
mustaqil nafasning yo‘qligi;

ko‘z qorachiqlarining maksimal kengayishi va ularning 

yorug‘likka reaksiyasi yo‘qligi;
shox parda reflekslarining yo‘qligi;

tananing quyi qismlarida o‘limdan keyingi gipostaza bel-

gilari.
2.6. yurak-o‘pka reanimatsiyasi
Yurak-o‘pka reanimatsiyasi to‘satdan klinik o‘lim sodir 
bo‘lganda bajariladi. Klinik o‘lim yuz bergan vaqtdan 5 
daqiqadan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa, reanimatsiya tadbirlari 
o‘tkaziladi. Shuning uchun odatda yurak-o‘pka reanimatsiyasi 
yordam beruvchining ko‘z o‘ngida yuz bergan hollarda amalga 
oshiriladi.
Davolab bo‘lmaydigan kasalliklarda va kasallikning oxirgi 
bosqichlarida yuz bergan o‘limda yurak-o‘pka reanimatsiyasi 
qilinmaydi.
Yurak-o‘pka reanimatsiyasini P.Safar uch davrga ajratgan (har 
bir davr uch bosqichdan iborat):

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling