193
3-bosqich – yurakni yopiq (bilvosita) massaj qilish.
ii davr. organizmning hayotiy muhim funksiyalarini quv-
vatlash.
Mustaqil
qon aylanishini tiklash,
qon aylanishi va nafas
ko‘rsatkichlarining barqarorligini ta’minlash tadbirlarini o‘z
ichiga oladi.
1-bosqich – dori vositalari va
infuzion eritmalarni venaga
yuborish;
2-bosqich – elektrokardiografiya;
3-bosqich – qorinchalar fibrillatsiyasini defibrillyator yorda
mida bartaraf qilish.
iii davr. organizm hayotini davomiy va uzoq muddat
quvvatlash.
1-bosqich – yurak to‘xtashi sabablarini
aniqlash va bartaraf
qilish;
2-bosqich – miya faoliyatini normallashtirishning zamonaviy
tadbirlarini qo‘llab, normal fikrlashni tiklash;
3-bosqich – boshqa a’zo va sistemalar
faoliyatini tiklashga
qaratilgan intensiv terapiya.
Nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash
Nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligining buzilish sabablari:
koma holatida mushaklar bo‘shashganligi
sababli nafas
–
yo‘llarining til ildizi yoki hiqildoq qopqog‘i
bilan bekilib
qolishi;
nafas yo‘llariga qusuq massalari
yoki qon laxtalari tiqilib
–
qolishi;
laringospazm;
–
bronxospazm;
–
bronxlar shilliq qavatining shishishi;
–
yod jismlar tiqilib qolishi.
–
Nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta’minlash.
Safar usuli (boshni orqaga egish, og‘izni ochish, pastki jag‘ni
oldinga surish):
194
o‘ng qo‘l peshonaga qo‘yiladi;
–
chap qo‘l bilan pastki jag‘dan ushlab og‘izni ochiladi;
–
pastki jag‘ni oldinga suriladi.
–
Do'stlaringiz bilan baham: