M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Og‘izdan burunga nafas berish – bu usul qo‘llanilganda bir 
qo‘l bilan bemorning boshi orqaga qayiriladi, ikkinchisi bilan 
pastki jag‘ni tortib oldinga siljitiladi. Og‘iz yopiladi. Chuqur nafas 
olinib, lablar bilan burun qoplanadi va puflanadi. Bemorning 
o‘pkasini har 5 soniyada shishirish kerak (1 daqiqada 16 marta).
Og‘izdan burun va og‘izga nafas berish.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq va go‘daklarda havo bir vaqtning 
o‘zida og‘iz va burunga puflanadi (go‘dakning yuzi juda 
kichkinaligi uchun). Puflash tezligi 1 daqiqada 20 marta bo‘lishi 
kerak.
O‘pkaning sun’iy ventilatsiyasi qoidalari:
1. «Bemorning o‘pkasi – reanimator o‘pkasi» sistemasi germe-
tikligini ta’minlash. 
2. Ko‘krak qafasiga puflaganda u ko‘tarilib, so‘ng pasayishini 
(eshitib ko‘rish ham mumkin) nazorat qilish.
3. Nafas yo‘llari normal o‘tkazuvchanligini ta’minlash (kerak 
bo‘lsa, havo o‘tkazgichdan foydalaniladi).
4. Shaxsiy xavfsizlikni esdan chiqarmaslik (infeksiya va h.k).
Yurakni massaj qilish
Yurak turli sabablar natijasida – suvga cho‘kish, bo‘g‘ilish, 
gazlardan zaharlanish, elektr toki, miyaga qon quyilishi, miokard 
infarkti va boshqa sabablar natijasida to‘xtab qolishi mumkin. 
Bunda yurakning qonni haydashi to‘xtaydi va tomirlar bo‘ylab 
qon oqmay qoladi.


197
Yurak to‘xtashining asosiy simptomlariga quyidagilar kiradi:
hushdan ketish;

pulsning aniqlanmasligi (uyqu va son arteriyalarida);

yurak tonining eshitilmasligi;

nafas to‘xtashi;

teri va shilliq pardalarning oqarishi yoki ko‘karishi;

ko‘z qorachiqlarining kengayishi;

mushaklar tortishishi.

Bu hollarda tezlik bilan ko‘rsatilgan yordam tufayli insonni 
hayotga qaytarish mumkin, aks holda organizmda qaytmas 
o‘zgarishlar sodir bo‘lib, inson hayotdan ko‘z yumadi.
Yurakni massaj qilish 2 usulda o‘tkaziladi:
yopiq massaj (tashqaridan);

ochiq massaj qilish (operatsiya yo‘li bilan).


Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling