M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Harakat tartibi:
1. Rezina qo‘lqop kiyish.
2. Bemor boshini orqaga egish.
3. Barmoqlarni tish orasiga kiritib yoki pastki jag‘ni ko‘tarib 
bemor og‘zini ochish.
4. Havo o‘tkazgichni og‘izga uchini yuqoriga qaratib kiritish 
va 180° ga o‘girish yoki shpatel yordamida til ildizini bosib havo 
o‘tkazgichni uchini pastga qaratib kiritish.
5. Muolaja tugagandan so‘ng shpatel, rezina qo‘lqoplarni de-
zin feksiyalovchi eritmali idishga solish.
O‘pkaning sun’iy ventilatsiyasi (O‘SV)
Ko‘rsatmalar: nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini tiklash, larin-
gospazm, nafas yo‘llariga qusuq massasining tiqilib qolishi
tilning halqumga ketib qolishi, intubatsion naychaning buralib 
ketishi.
O‘pkaga sun’iy nafas berishning Silvester va Nilson usul-
laridan «og‘izdan og‘izga», «og‘izdan burunga» va «aralash» 
usulidan foydalaniladi.
O‘pkaning sun’iy ventilatsiyasi ekspirator usullari jabrlanuv-
chining o‘pkasiga (uning og‘zi yoki burnidan) reanimator 
tomonidan puflab havo berish. Bemor o‘pkasiga reanimator 
o‘pkasidan chiqayotgan havo kiradi, uning tarkibida 16–18% 
kislorod bo‘ladi.
Og‘izdan og‘izga nafas berish – bu usul bilan o‘pkaning 
sun’iy ventilatsiyasi qilinganda, bir qo‘l bilan bemorning boshi 


196
orqaga bukiladi (qayiriladi). Katta va ko‘rsatkich barmoqlar bilan 
burun kataklari qisib berkitiladi. Ikkinchi qo‘l bilan bo‘yinni 
orqaga bukiladi (nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash). 
Chuqur nafas olinib, lablarni bemorning lablariga yopishtiriladi 
va kuch bilan bemorning o‘pkasiga havo puflanadi. Bunda 
bemorning ko‘krak qafasi ko‘tarilishi kerak. Og‘izni og‘izdan 
olinganda passiv nafas chiqarish sodir bo‘ladi (ko‘krak qafasi 
pasayishi hisobiga). Bemorning ko‘krak qafasi pasayib, dastlabki 
holatga kelgach, ikkinchi nafasni berish mumkin.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling