186
Jismoniy holati: reanimatsiya bo‘limiga tushgan bemorning
jismoniy holati kasallik xarakteriga bog‘liq. Bemorda tez-tez
quyidagi holatlar kuzatilib turiladi: AB, puls,
yurak qisqarishi
chastotalari, nafas olish chastotalari beqarorligi, qon yo‘qotish,
organizm intoksikatsiyasi, qusish, qo‘l tremori,
hushdan ketish,
stupor holat, tutqanoq tutish holati, og‘riq sindromlari, bezgak,
behollik, koma holati va b.
Ruhiy reaksiya: intensiv terapiya bo‘limidagi
bemorlarga
ko‘p ruhiy omillar ta’sir qiladi: yaqinlaridan ayrilish, bo‘limning
ahvoli, ko‘p sonli ulangan apparatura. Shu sababli bemor
bu omillar bilan aloqada bo‘lganda yolg‘izlik hissi, kasalligi
tuzalmasligidan va o‘limdan qo‘rqish tuyg‘usini
boshdan kechi-
radi. Ushbu holatlar bemorda tormozlanish yoki agressiyani
keltirib chiqarishi mumkin.
2.4. intensiv terapiya bo‘limi va kardioreanimatsiya
bo‘limida hamshiralik parvarishi maqsadlari
va hamshiraning tutgan o‘rni
Hamshiralik parvarishining maqsadlari: Intensiv terapiya
bo‘limi va kardioreanimatsiya bo‘limida
davolanayotgan bemor-
larni hamshiralik parvarishining maqsadi biron-bir holat sababli
buzilgan muhim funksiyalarni tiklash va saqlash tadbirlari
kompleksini amalga oshirish
hamda bemor batamom tuzalib
ketishi, oilasiga va jamiyatga qaytishi uchun ma’naviy yordam
ko‘rsatishdan iborat.
Hamshiraning vazifasi – bemorning ahvolini kuzatish yo‘li
bilan, tekshirish va o‘lchovlar vaqtida hamda turli xil kuzatuv
apparatlari orqali olinadigan ma’lumotlardagi o‘zgarishlar
haqida o‘z vaqtida xabar berishdan iborat.
Shuningdek, qabul
qilinayotgan suyuqlik hajmi va ajralayotgan massalarni kuzatish
va ushbu ma’lumotlarni yozuvlar shaklida qayd qilishdir. Mazkur
holatda bemorning ahvoli haqida oila a’zolariga ma’lumot
berib
turish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: