M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi
O‘zbekistonda anesteziologiya-reanimatologiya xizmatining
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI
O‘zbekistonda anesteziologiya-reanimatologiya xizmatining
tashkil etilishi va rivojlanishi Respublikamizda anesteziologiya-reanimatologiya xizmati 1966-yil dan boshlab rivojlana boshladi, ya’ni shifokorlar mala- kasini oshirish oliygohida anesteziolog-reanimatologlar tayyorlash kursi ochildi. Keyinchalik oliygohga qarashli birinchi shahar klinikasida anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi tashkil etildi (1970). Unga professor A.S. Zarzar boshchilik qilib, kafedra yosh mutaxassislarni aspirantura va klinik ordinaturaga qabul qila boshladi. Hozirgi vaqtda respublikamizning klinika va kafed- ralarida shu soha bo‘yicha 40 dan ortiq professor, 8 ta tibbiyot fani doktorlari, 60 ga yaqin fan nomzodlari xizmat qilib kelmoqdalar. Anesteziologiya-reanimatologiya xizmati uch bosqichda boshqariladi: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligidagi – bosh mutaxassis bosh anesteziolog-reanimatolog; viloyatlardagi bosh mutaxassis; – tumanlardagi bosh mutaxassislar. – 182 Respublikamizning hamma viloyatlarida, tuman kasalxona- larida va tez tibbiy yordam markazlarida anesteziologiya- reanimatologiya bo‘limlari mavjud, ayrim kasalxonalarda esa mutaxassisliklar bo‘yicha anesteziologiya-reanimatologiya bo‘- lim lari tashkil etilgan (masalan, tug‘ruqxona va bolalar kasalxo- nalarida, kardiologiya bo‘limlarida va h.k.). Anesteziologiya xizmati faqat og‘riqsizlantirish bilan shu- g‘ullanadi. Bemorni operatsiyaga tayyorlash, anesteziya tu- rini aniqlash, operatsiya va boshqa tekshirish muolajalarida organizm ishini sun’iy boshqarish, organizmni operatsiya davomidagi shikastlar, ruhiy toliqishlardan asrash, operatsiya tugagandan so‘ng bemorni reanimatsiya xizmatiga (albatta bemor uyg‘ongandan so‘ng) topshirib, narkoz kartasiga yozib imzo qo‘yish bilan chegaralanadi. Bundan keyingi jarayonlar reanimatolog javobgarligiga o‘tadi. Ko‘pchilik viloyat va tuman markaziy kasalxonalarida qo‘shma reanimatsiya-anesteziologiya va jadal davolash bo‘limlari mavjud bo‘lib, u yerlarda hozirgi davolash usullari qo‘llaniladi. Katta klinik kasalxona va ilmiy tekshirish institutlarida bu xizmatlar alohida ko‘rinishda yoki har sohaning o‘z reanimatsiyasi, masalan, neyroreanimatsiya, kardioreanimatsiya, toksikologik reanimatsiya, operatsiyadan keyingi reanimatsiya, bolalar reanimatsiyasi, tug‘ruqxonalar reanimatsiyasi va hokazolar bo‘lishi mumkin. Respublikamizda reanimatsiya-intensiv davolashda har 10000 aholiga 10,7 ta kasal o‘rni to‘g‘ri keladi. Respublikamizda 1992-yil 18-avgustda Sog‘liqni saqlash vazir ligining 445-sonli «O‘zbekiston Respublikasi xalqiga anes- teziologiya-reanimatsiya xizmatini kelajakda takomillashtirish va yaxshilash choralari to‘g‘risida» qabul qilgan qaroriga muvofiq, shu soha xizmati takomillashtirib borilmoqda. Bu ikkala sohaning rivojlanishi, ko‘rsatiladigan xizmatlar yoki boshqa o‘xshashliklarini hisobga olib, anesteziologiya va reanimatsiya emas, balki aneste- ziologiya-reanimatologiya xizmati deb, bu soha shifokorlarini esa anesteziolog-reanimatologlar deb atashga kelishildi. 183 1999-yilda Respublika anesteziolog-reanimatologlarining bi- rin chi syezdi bo‘lib o‘tdi, Respublika anesteziolog va reanima- tologlari assotsiatsiyasi tashkil etildi. Bu tashkilot Yevropa va Jahon anesteziolog-reanimatologlar tashkilotiga kiritildi. O‘zbekis- tonda anesteziolog-reanimatologlar tayyorlash va o‘qitish bo‘yicha Yevropa regional fondining ochilishi respublikamizda aneste- ziologiya-reanimatologiya xizmati rivojlanishiga turtki bo‘ldi. 2003–2010-yillarda respublikamizga 250 dan ortiq narkoz, sun’iy nafas berish apparatlari va boshqa diagnostik davolash asbob-uskunalari keltirildi. Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling