M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


intensiv kuzatish apparatlaridan foydalanib bemorni


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

intensiv kuzatish apparatlaridan foydalanib bemorni 
kuzatish.


187
Tezkor va intensiv terapiyani o‘tkazish vaqtida bemorning 
hayotini saqlab qolish eng muhim vazifa bo‘lganligi sababli, ko‘p 
sonli apparatlar va doimiy kuzatish sistemasi qo‘llanadi.
Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limida maxsus qurilma 
monitorlar yordamida bemorlarni kuzatish organizm holati 
haqidagi obyektiv ma’lumotlarni to‘plash va to‘satdan yuzaga 
keladigan hayot uchun xavfli holatlar haqida xavf­xatar signalini 
berish imkoniyatini beradi.
reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi hamshirasining 
vazifalari:
1. Hamshira ishni boshlaganida quyidagilarni bajarishi shart:
bo‘limdagi bemorlar haqida ma’lumot yig‘ish va stabil 

bo‘lmagan gemodinamikali, terminal va koma holatidagi, 
o‘pka sun’iy ventilatsiyasi o‘tkazilayotgan, operatsiyadan 
keyingi va psixozli bemorlarga alohida e’tibor berishi;
bemorlar va ularning psixik holatining og‘irlik darajasini 

baholashi;
arterial qon bosim, puls, nafas olish tezligi, tana harorati, 

diurez, yuborilgan suyuqlik hajmini o‘lchash va intensiv 
terapiya kartasida qayd qilishi;
qo‘yilgan bog‘lamlar holatini baholash (joyidan surilmagan-

ligi, ifloslanganligi);
kateterlar, zondlar, stomalar holatining va mahkamlan-

ganligi va o‘tkazuvchanligini, drenajlar va ulardan chi-
qayotgan ajralmalarni baholashi;
yotoq yaralar paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan sohalarda 

yumshoq to‘qimalar holatini baholashi;
monitor datchiklarining to‘g‘ri mahkamlanganligi, monitor 

ko‘rsatkichlari, o‘pkaning sun’iy ventilatsiyasi apparati ishi-
ni nazorat qilish;
bemor kasalligini hisobga olgan holda uning holatini 

(Fauler, Sims va boshqa holatlar) nazorat qilish.
2. Ish kuni davomida hamshira quyidagilarni bajarishi 
shart:


188
bemorlarni yuvintirish va og‘iz bo‘shlig‘i, oralig‘i, tashqi 

jinsiy a’zolariga ishlov berishi;
oqliklari va kiyimlarini almashtirishi;

bemorlarni ovqatlantirishi;

yotoq yaralarini oldini olishi;

koma holatidagi bemorlarda endotraxeal yoki traxeostomik 

naycha orqali hamda og‘iz bo‘shlig‘idan balg‘amni so‘rib 
olish yo‘li bilan traxeo-bronxial nafas yo‘llari sanatsiyasini 
amalga oshirishi;
nafas gimnastikasi va davolash fizkulturasini o‘tkazishi;

markaziy venoz va peridural kateterlar atrofidagi teriga 

ishlov berish, bog‘lamini almashtirish, operatsiyadan 
keyingi ifloslangan bog‘lamlarni almashtirishi;
oddiy fizioterapevtik muolajalarni (ingalyatsiya, xantal 

qo‘yish, oksigenoterapiya va b.) o‘tkazishi;
doimiy kateter yoki sistostoma orqali qovuqni antiseptik 

eritmalar bilan yuvishi (sutkada 2 marta);
nazo‘gastral zond orqali me’dani yuvishi.

3. Hamshira кип mobaynida shifokor quyidagi ко‘rsatmalarini 
bajarishi zarur:
dori moddalarini yuborish va infusion-transfuzion terapiya 

o‘tkazishi;
infuziyadan so‘ng markaziy venoz kateterga geparinli 

«qulf» yuborish;
peridural kateterga dori vositalarini yuborishi;

me’da zondini qo‘yishi;

qovuqqa kateter qo‘yishi;

huqna qilishi;

qon yoki boshqa biologik suyuqliklarni tahlil qilish uchun 

olishi.
4. Hamshira klinik o‘lim yuz berganda reanimatsiya tadbir-
larini boshlaydi.
5. Hamshira markaziy vena kateterizatsiyasi, traxea intubat-
siyasi, traxeostomiya, lumbal va plevral punksiya uchun jihozlar 


189
to‘plamini tayyorlaydi, ularni o‘tkazishda shifokorga yordam 
beradi.
6. Hamshira nazorat va diagnostika apparatlarni: kardiomo-
nitor, kardiograf, elektrodefibrillator, o‘pkaning sun’iy ventilat­
siyasi apparatini ishlatishga tayyorlaydi, ulaydi va ularning 
saqlanishiga javob beradi.
7. Hamshira jihozlarni sterilizatsiyaga tayyorlash va steril-
lashni amalga oshiradi, ishlatilgan materiallarni zararsizlan tiradi 
hamda palatada sanitar­profilaktik tartibni saqlashni nazo rat 
qiladi.
8. Hamshira quyidagi tibbiy hujjatlarni rasmiylashtiradi:
bemorlar harakati hisobotini;

porsiyali talabnomani;

intensiv terapiya kartasini;

bo‘lim navbatchi hamshirasi jurnalini;

harorat varaqasini;

narkotik va kuchli ta’sir etuvchi vositalarni hisobga olish 

jurnalini;
qon va qon komponentlarini quyish jurnalini;

qon o‘rnini bosuvchilarni quyish jurnalini;

laborator tahlillar va instrumental tekshiruvga yo‘llanmalarni;

mutaxassislar konsultatsiyasi uchun talabnomani;

qon quyish bo‘limiga qon va qon komponentlari uchun 

talabnomani;
kasallik tarixi varaqasiga narkotik va kuchli ta’sir etuvchi 

vositalar yuborilganligini qayd etadi.
Bundan tashqari hamshira quyidagilarni bilishi va bajarishi 
lozim:
bo‘limdagi apparatlarni ishlatishni bilishi (yoqish, o‘chirish, 

apparat ishini nazorat qilish);
bemor ahvoli yoki laborator tahlillar ko‘rsatkichlarida, 

apparat nazorati ko‘rsatkichlaridagi har qanday o‘zgarishlar, 
qabul qilingan va ajratilgan suyuqlik miqdori haqida 
shifokorga o‘z vaqtida axborot berib turishi;


190
shifokor buyurgan tibbiy muolajalarni o‘tkazishni;

bemorlarni davolashda shifokorga malakali yordam ko‘rsa-

tishni; 
o‘zini-o‘zi parvarishlash tanqisligini hisobga olgan holda 

ahvoli og‘ir bemorlarni parvarishlashni;
o‘pka sun’iy ventilatsiyasi va yurakni yopiq massaj qilish 

ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling