M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Intensiv terapiyani o‘tayotgan bemorlarning jismoniy va


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Intensiv terapiyani o‘tayotgan bemorlarning jismoniy va 
ruhiy holati.


186
Jismoniy holati: reanimatsiya bo‘limiga tushgan bemorning 
jismoniy holati kasallik xarakteriga bog‘liq. Bemorda tez-tez 
quyidagi holatlar kuzatilib turiladi: AB, puls, yurak qisqarishi 
chastotalari, nafas olish chastotalari beqarorligi, qon yo‘qotish, 
organizm intoksikatsiyasi, qusish, qo‘l tremori, hushdan ketish
stupor holat, tutqanoq tutish holati, og‘riq sindromlari, bezgak, 
behollik, koma holati va b.
Ruhiy reaksiya: intensiv terapiya bo‘limidagi bemorlarga 
ko‘p ruhiy omillar ta’sir qiladi: yaqinlaridan ayrilish, bo‘limning 
ahvoli, ko‘p sonli ulangan apparatura. Shu sababli bemor 
bu omillar bilan aloqada bo‘lganda yolg‘izlik hissi, kasalligi 
tuzalmasligidan va o‘limdan qo‘rqish tuyg‘usini boshdan kechi-
radi. Ushbu holatlar bemorda tormozlanish yoki agressiyani 
keltirib chiqarishi mumkin.
2.4. intensiv terapiya bo‘limi va kardioreanimatsiya 
bo‘limida hamshiralik parvarishi maqsadlari 
va hamshiraning tutgan o‘rni
Hamshiralik parvarishining maqsadlari: Intensiv terapiya 
bo‘limi va kardioreanimatsiya bo‘limida davolanayotgan bemor-
larni hamshiralik parvarishining maqsadi biron-bir holat sababli 
buzilgan muhim funksiyalarni tiklash va saqlash tadbirlari 
kompleksini amalga oshirish hamda bemor batamom tuzalib 
ketishi, oilasiga va jamiyatga qaytishi uchun ma’naviy yordam 
ko‘rsatishdan iborat.
Hamshiraning vazifasi – bemorning ahvolini kuzatish yo‘li 
bilan, tekshirish va o‘lchovlar vaqtida hamda turli xil kuzatuv 
apparatlari orqali olinadigan ma’lumotlardagi o‘zgarishlar 
haqida o‘z vaqtida xabar berishdan iborat. Shuningdek, qabul 
qilinayotgan suyuqlik hajmi va ajralayotgan massalarni kuzatish 
va ushbu ma’lumotlarni yozuvlar shaklida qayd qilishdir. Mazkur 
holatda bemorning ahvoli haqida oila a’zolariga ma’lumot berib 
turish zarur.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling