M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


-bob. intensiv terapiyani o‘tayotgan


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

2-bob. intensiv terapiyani o‘tayotgan 
beMorlarning xususiyatlari
Intensiv terapiya terminal holatdagi bemorlarda o‘limni 
oldini olish va klinik o‘lim holatidan chiqqan bemorlarda hayotiy 
muhim a’zolar faoliyatini tiklash va quvvatlab turish uchun 
o‘tkaziladigan davolash chora-tadbirlar kompleksidir. Intensiv 
terapiya tadbirlari reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limida 
amalga oshiriladi.
Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limining asosiy vazifasi 
kritik holat sababli buzilgan hayotiy muhim jarayonlarni tiklash 
va quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga 
oshirish bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
reanimatsiya va intensiv terapiyaga muhtoj bo‘lgan bemor-

larga zamonaviy davolash usullarini qo‘llab, hayot uchun 
zarur bo‘lgan a’zolarining ish faoliyatini tiklash;
rejali va shoshilinch kelgan bemorlarni og‘riqsizlantirishga 

tayyorlash va og‘riqsizlantirish usullarini aniqlash;
tashxis qo‘yish, turli xil tekshirishlar va muolajalarda 

hamda tug‘ruqlarda og‘riqsizlantirishni tashkil qilish;
kasalxonadagi tibbiyot xodimlarining reanimatsiya 

sohasidagi malakalarini oshirish;
boshqa bo‘limlardagi reanimatsiya va jadal davolashga 

muhtoj bemorni reanimatsiya bo‘limiga ko‘chirish va ularni 
og‘ir holatdan chiqarishda jadal davolash va reanimatsiya 
usullarini qo‘llash, ahvoli yaxshilangandan so‘ng kerakli 
bo‘limga ko‘chirish;
reanimatsiya bo‘limidagi bemorlarning hayotiy muhim 

a’zolarining ish faoliyati tiklanguncha reanimatsiya va jadal 
davolash usullarini qo‘llash;


180
qabulxonaga og‘ir holatda keltirilgan bemorlarda reani-

matsiya va intensiv davolash usullarini qo‘llab, terminal 
holatga tushmaslik choralarini ko‘rish; 
harakatdagi reanimatsiya xodimlari bilan doimiy aloqada 

bo‘lib, zarur bo‘lganda tashkiliy va nazariy hamda amaliy 
tarzda yordam berish;
operatsiya paytida organizmni turli xil shikastlardan asrash 

va og‘riqsizlantirish hamda operatsiyadan keyingi davrda 
bemorni kuzatish;
kasalxona bo‘limlarida o‘tkazilgan muolajalar natijasida 

kelib chiqqan asoratlarni, noxush holatlarni o‘rganib, shifo-
korlar konferensiyasida tahlil qilib, oldini olish choralarini 
ko‘rish.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling