M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI
Klinikasi. Ichak tutilishining hamma turlari uchun bir qator
umumiy belgilar xos: qorinda xurujsimon og‘riq, najas kelishi va yel chiqishi to‘xtaydi, meteorizm (qorin dam bo‘ladi), qayt qilish, intoksikatsiya kuzatiladi. Ichak tutilishining ayrim turlarida ichak tutilishining aytib o‘tilgan belgilardan tashqari, o‘ziga xos belgilari kuzatiladi. Ichak tutilishining falajlik turida qorin anchagina dam bo‘ladi va peristaltika butunlay to‘xtaydi. Spastik turi uchun ichak peristaltikasining kuchayishi bilan birga xurujsimon og‘riqlar paydo bo‘ladi. Ichak tutilishining spastik turi paralitik turiga o‘tishi mumkin. Strongulatsion tutilishda qorinda juda qattiq sanchiqsimon og‘riq paydo bo‘ladi. Ichak tutilishi nechog‘li yuqorida bo‘lsa, qusish shunchalik ko‘p bo‘ladi. Biroq ichakning quyi bo‘limlaridan najas kelishi mumkin. Ichakning ayrim bo‘limlarida dam bo‘lishi sababli qorin asimmetriyasi (Val belgisi) paydo bo‘ladi, auskultatsiyada ba’zan tushayotgan tomchi tovushi eshitiladi (Sklyarov belgisi), to‘g‘ri ichak ampulasi kengayadi 137 (Obuxov kasalxonasi belgisi). Bemorning ahvoli nihoyatda og‘ir bo‘ladi, arterial bosimi pasayadi, pulsi ipsimon bo‘lib qoladi, sovuq ter chiqadi, lablari va barmoqlarining uchi ko‘kimtir tus oladi, ko‘zlari kirtayadi, tovushi jarangdorligini yo‘qotadi, oyoq- qo‘llari muzday bo‘lib qoladi, biroq es-hushini yo‘qotmaydi. Tana harorati, odatda normal bo‘ladi. Ichakning jonsizlanishi tutash peritonitga olib keladi. Obturatsion ichak tutilishida, agar ichak bo‘shlig‘ining qisman tiqilib qolishi mavjud bo‘lsa, klinikasi asta-sekin vujudga keladi. Ichakning olib keluvchi qovuzlog‘ida najas tutilib qoladi, bu xamirsimon konsistensiyadagi o‘smaga o‘xshash tuzilma ko‘rinishida aniqlanadi. Ichakning to‘la tutilishida bemor ko‘p qusadi, qusuqdan najas hidi keladi, qabziyat bilan kuchli ich ketishi birin-ketin almashinib turadi. Bunga intoksikatsiya qo‘shiladi. Invaginatsiyada klinik manzara, odatda tez ro‘y beradi, qusish, qorinda og‘riq bo‘ladi, paypaslab ko‘rilganda elastik konsistensiyadagi silindrsimon tuzilma aniqlanadi, o‘ng yonbosh sohasi ichiga tortib ketadi, najasda qon paydo bo‘lishi mumkin. Invaginatsiya ko‘pincha bolalarda bo‘ladi. Quyi invaginatsiyada invaginat anal teshikdan tashqariga chiqishi mumkin (to‘g‘ri ichak tushishidan farq qilish zarur). Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling