M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Mezenterial tomirlar trombozida
Qorinda muttasil og‘riq bo‘ladi, qorin birmuncha shishib 
chiqadi, ich to‘xtashi qayd qilinadi.
Ichak tutilishi tashxisida rentgenologik tekshiruv muhim 
ahamiyatga ega. Obzorli rentgenoskopiyada ichak qovuzloqla- 
ri da, gorizontal suyuqlik sathi bilan ayrim suyuqlik sohalari – 
Klоуberg kosachalari aniqlanadi.
Davosi. Ichak tutilishining dinamik turida, birinchi nav-
batda, uni keltirib chiqargan sababni bartaraf etish zarur. Ichak 
shilliq mushaklarining ishini muvofiqlashtirish uchun paranevral 
novokain blokadasi qilinadi. Falajlanib ichak tutilishida u ichak 


138
silliq mushak larining tonusi oshiriladi, spastik turida esa – to-
nus pasaytiriladi. Ichak tutilishining paralitik turida blokada qil-
ishdan tashqari, venaga 10–20 ml 10% li natriy xlorid eritmasi, 
teri ostiga 1 ml prozerin yoki pituitrin yuborish tavsiya etiladi. 
Gipertonik huqna (20–30 ml 10% li natriy xlorid eritmasi) yoki 
Ognev huqnasi (20 ml dan natriy xloridning gipertonik eritmasi, 
glitserin va vodorod peroksid) qilinadi. Obturatsion ichak tutil-
ishida, ayniqsa bu koprostaz sababli kelib chiqqanda, tozalay-
digan yoki sifonli huqna qilinadi. Ichak tutilishining hamma tur-
larida, intoksikatsiya bo‘lganda dezintoksikatsion terapiya (5% li 
glukoza eritmasi va fiziologik eritmani sutkasiga 3000 ml gacha) 
olib boriladi.
Konservativ tadbirlar naf bermaganda operatsion davo qilina-
di – ichak tutilishining sababi bartaraf etiladi. Ichak tutilishi sa-
bab bo‘lgan bitishmalarda ular kesiladi va deserozlangan bo‘laklar 
peritonizatsiya qilinadi (bitishmalar qaytadan hosil bo‘lishining 
oldini olish).
Ichak bo‘shlig‘i tiqilib qolishi natijasida yuz bergan obturat-
sion ichak tutilishida ichaklar qisman ko‘ndalang kesiladi (entero-
tomiya), bunda to‘siqlar olib tashlanib, ichakning butunligi tikla-
nadi.
Strongulatsiya uni keltirib chiqargan sababni bartaraf qilishi 
zarur. Ichak bo‘lagi yashab ketmaydigan bo‘lgan taqdirda uni 
sog‘lom to‘qimalar chegarasiga rezeksiya qilinadi. Ichak tutilishi-
ni o‘z vaqtida operatsion davo qilmaslik bemorni peritonitga va 
o‘limga olib keladi.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling