138
silliq mushak larining tonusi oshiriladi, spastik turida esa – to-
nus pasaytiriladi. Ichak tutilishining paralitik turida blokada qil-
ishdan
tashqari, venaga 10–20 ml 10% li natriy xlorid eritmasi,
teri ostiga 1 ml prozerin yoki pituitrin yuborish tavsiya etiladi.
Gipertonik huqna (20–30 ml 10% li natriy xlorid eritmasi) yoki
Ognev huqnasi (20 ml dan natriy xloridning gipertonik eritmasi,
glitserin va vodorod peroksid) qilinadi.
Obturatsion ichak tutil-
ishida, ayniqsa bu koprostaz sababli kelib chiqqanda,
tozalay-
digan yoki sifonli huqna qilinadi. Ichak tutilishining hamma tur-
larida, intoksikatsiya bo‘lganda dezintoksikatsion terapiya (5% li
glukoza eritmasi va fiziologik eritmani sutkasiga 3000 ml gacha)
olib boriladi.
Konservativ tadbirlar naf bermaganda operatsion davo qilina-
di – ichak tutilishining sababi bartaraf etiladi. Ichak tutilishi sa-
bab bo‘lgan bitishmalarda ular kesiladi va deserozlangan bo‘laklar
peritonizatsiya qilinadi (bitishmalar qaytadan hosil bo‘lishining
oldini olish).
Ichak bo‘shlig‘i tiqilib qolishi natijasida yuz bergan obturat-
sion ichak tutilishida ichaklar qisman ko‘ndalang kesiladi (entero-
tomiya), bunda to‘siqlar olib tashlanib, ichakning butunligi tikla-
nadi.
Strongulatsiya uni keltirib chiqargan
sababni bartaraf qilishi
zarur. Ichak bo‘lagi yashab ketmaydigan bo‘lgan taqdirda uni
sog‘lom to‘qimalar chegarasiga rezeksiya qilinadi. Ichak tutilishi-
ni o‘z vaqtida operatsion davo qilmaslik
bemorni peritonitga va
o‘limga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: