M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Birinchi yordam, transportirovka qilish, davolash


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Birinchi yordam, transportirovka qilish, davolash. Birinchi 
yor dam ko‘rsatishda og‘riq qoldiruvchi dorilar ruxsat etilmaydi, 
chunki ular klinik manzarani o‘zgartirib qo‘yishi mumkin. Me’da 
zondlanadi. Birinchi yordam tariqasida yurak-tomir dorilar 
(kofein, kamfora, kordiamin) ishlatish, qoringa muzli xalta 
qo‘yish lozim. Bemorga suyuqlik ichirish qat’iyan man qilinadi.
Transportirovkani tez yordam mashinasida – zambilda bemor 
uchun qulay vaziyatda (yonboshida, chalqancha yotqizib) amalga 
oshiriladi. Birga olib boradigan xodim bemorni kuzatib turishi 
lozim. Qusganda bemorning boshini yon tomonga burish kerak 
(qusuq massasidan asfiksiya ro‘y berish xavfi bo‘ladi).
Shoshilinch operatsiya davolashning asosini tashkil etish. 
Bu me’da yoki o‘n ikki barmoqli ichakdagi perforativ teshikni 
tikish, qorin bo‘shlig‘iga tushgan me’da suyuqligini chiqarish 
va unga antibiotiklar yuborishdan iborat. Qorin bo‘shlig‘idagi 
jarohat zich qilib tikiladi. Ba’zan qorin bo‘shlig‘iga antibiotiklar 
yuborish uchun ingichka polietilen naycha (mikroirrigator) 
kiritiladi. Ayrim hollarda, bemorning ahvoli qoniqarli bo‘lganda 
va me’dada yallig‘lanish, yara paydo bo‘lmaganda me’da 
rezeksiya qilinadi.
Qonab turgan yara. Qator hollarda yara qon tomirini 
yemirishi mumkin, bu ko‘p qon ketishiga sabab bo‘ladi.
Klinikasi. Ko‘p qon ketganda bemor kofe quyqasi rangida 
ko‘p qusadi (kislotali me’da suyuqligi ta’sirida o‘zgargan qon), 
najas qatronsimon bo‘ladi (bu ham qon aralashib kelgani uchun), 
peristaltika kuchayadi (Gordon-Teyler simptomi). Bemorning 
ahvoli tezda yomon lashadi, dam-badam hushidan ketib turadi. 
Terisi oqaradi, tomiri tez-tez uradi, to‘liqligi sust bo‘ladi, arterial 
bosimi pasayadi.


142

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling