M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Klinikasi. Ichak tutilishining hamma turlari uchun bir qator 
umumiy belgilar xos: qorinda xurujsimon og‘riq, najas kelishi va 
yel chiqishi to‘xtaydi, meteorizm (qorin dam bo‘ladi), qayt qilish, 
intoksikatsiya kuzatiladi.
Ichak tutilishining ayrim turlarida ichak tutilishining aytib 
o‘tilgan belgilardan tashqari, o‘ziga xos belgilari kuzatiladi. 
Ichak tutilishining falajlik turida qorin anchagina dam bo‘ladi va 
peristaltika butunlay to‘xtaydi.
Spastik turi uchun ichak peristaltikasining kuchayishi bilan 
birga xurujsimon og‘riqlar paydo bo‘ladi. Ichak tutilishining 
spastik turi paralitik turiga o‘tishi mumkin.
Strongulatsion tutilishda qorinda juda qattiq sanchiqsimon 
og‘riq paydo bo‘ladi. Ichak tutilishi nechog‘li yuqorida 
bo‘lsa, qusish shunchalik ko‘p bo‘ladi. Biroq ichakning quyi 
bo‘limlaridan najas kelishi mumkin. Ichakning ayrim bo‘limlarida 
dam bo‘lishi sababli qorin asimmetriyasi (Val belgisi) paydo 
bo‘ladi, auskultatsiyada ba’zan tushayotgan tomchi tovushi 
eshitiladi (Sklyarov belgisi), to‘g‘ri ichak ampulasi kengayadi 


137
(Obuxov kasalxonasi belgisi). Bemorning ahvoli nihoyatda og‘ir 
bo‘ladi, arterial bosimi pasayadi, pulsi ipsimon bo‘lib qoladi, 
sovuq ter chiqadi, lablari va barmoqlarining uchi ko‘kimtir tus 
oladi, ko‘zlari kirtayadi, tovushi jarangdorligini yo‘qotadi, oyoq-
qo‘llari muzday bo‘lib qoladi, biroq es-hushini yo‘qotmaydi. Tana 
harorati, odatda normal bo‘ladi. Ichakning jonsizlanishi tutash 
peritonitga olib keladi.
Obturatsion ichak tutilishida, agar ichak bo‘shlig‘ining 
qisman tiqilib qolishi mavjud bo‘lsa, klinikasi asta-sekin vujudga 
keladi. Ichakning olib keluvchi qovuzlog‘ida najas tutilib qoladi, 
bu xamirsimon konsistensiyadagi o‘smaga o‘xshash tuzilma 
ko‘rinishida aniqlanadi.
Ichakning to‘la tutilishida bemor ko‘p qusadi, qusuqdan 
najas hidi keladi, qabziyat bilan kuchli ich ketishi birin-ketin 
almashinib turadi. Bunga intoksikatsiya qo‘shiladi.
Invaginatsiyada klinik manzara, odatda tez ro‘y beradi, 
qusish, qorinda og‘riq bo‘ladi, paypaslab ko‘rilganda elastik 
konsistensiyadagi silindrsimon tuzilma aniqlanadi, o‘ng yonbosh 
sohasi ichiga tortib ketadi, najasda qon paydo bo‘lishi mumkin. 
Invaginatsiya ko‘pincha bolalarda bo‘ladi. Quyi invaginatsiyada 
invaginat anal teshikdan tashqariga chiqishi mumkin (to‘g‘ri 
ichak tushishidan farq qilish zarur).

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling