M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

o‘tkir ichak tutilishi turlari. 
Mezenterial tomirlar trombozi
Ichak tutilishi deganda, ichaklar harakatining buzilishi yoki 
batamom to‘xtashi tushuniladi. Ichak tutilishining dinamik va 
mexanik tutilishi farq qilinadi.
Dinamik tutilishda ichaklarning harakat faoliyati buziladi
bu faoliyat peristaltikaning to‘liq to‘xtashigacha sustlashishi 
(paralitik tur) yoki ichak spazmi keskin kuchayishi (spastik tur) 
mumkin.
Mexanik tutilishining turlari juda ko‘p, biroq bu turlarning 
hammasi kechishi jihatidan quyidagi ikkita guruhga bo‘linadi: 
stron gulat sion va obturatsion ichak tutilishi.
Ichakning strongulatsion tutilishi – ichak tutilishining eng 
og‘ir turidir. Ichak bo‘shlig‘ining tiqilib qolishi ichak tutqich 
tomirlari va nervlarining bosilishi bilan o‘tadi, bu – qon 
aylanishining buzilishiga va ichak bo‘lagining tez jonsizlanishiga 
olib keladi. Ichakning strongulatsion tutilishi churralar qisilib 
qolganda, ichak buralishida, ichak tugilib qolishida kuzatiladi.
Ichakning obturatsion tutilishi – ichak tutilishining eng yengil 
turi hisoblanadi, chunki ichak bo‘shlig‘ining tiqilib qolishi ichak 
tutqich ezilmasdan sodir bo‘ladi. Ichakning yot jism, o‘sma va shu 
kabilardan tiqilib qolishining hamma turlari ichak tutilishining 
shu turiga kiradi.
Ichaklar invaginatsiyasi ichak tutilishining strongulatsion va 
obturatsion turlari o‘rtasidagi oraliq turi hisoblanadi. Ichakning 


136
bir bo‘lagi uning davomi bo‘lmish ikkinchi bo‘lagining ichiga 
kiradi. Ko‘pincha ingichka ichak ko‘richak sohasida yo‘g‘on 
ichakning ichiga kirib qoladi. Ingichka ichak ingichka ichakka, 
yo‘g‘on ichak yo‘g‘on ichakka kirib qolishi mumkin. Blastula 
devori bir qismining blastula ichiga noto‘g‘ri kirishi va ichak 
devorlarining to‘lqinsimon harakati ichak kasalliklariga sabab 
bo‘ladi. Invaginatsiyada ichak tiqilibgina qolmay (obturatsiya), 
balki ichak tutqich tomirlari ezilib ham qoladi (strongulatsion). 
Natijada qon aylanishi buziladi va keyinchalik invaginatsiya 
bo‘lgan ichak bo‘lagi nekrozga uchraydi.
Ichak tutilishi ichak tutqich tomirlarda qon laxtasi hosil 
bo‘lishiga bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Trombozga shikastlar, 
qon ivishi xususiyatining oshganligi, ichakning yallig‘lanish 
kasalliklari sabab bo‘lishi mumkin. Mezenterial tomirlar 
trombozidan ichak ma’lum bo‘limining qon bilan ta’minlanishi 
buziladi, keyinchalik esa jonsizlanish va gangrena rivojlanadi.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling