M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasining


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasining 
xirurgik asoratlari
Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligining xirurgik 
asoratlari ko‘p tarqalgan bo‘lib, 20–40 yoshdagi erkaklar ko‘p 
kasallanadi. Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligining 
kelib chiqishiga talaygina omillar (mexanik, kimyoviy va hokazo) 
sabab bo‘lishi mumkin, degan fikrlar bor. Asoratlanmagan yangi 


139
yaralarda shilliq parda osti qavatini qisman egallagan shilliq parda 
nuqsonigina bo‘ladi.
Uzoq davom etgan yara chetlari chandiqlanib, chandiqli 
yallig‘ lanish – kallyoz yara hosil bo‘ladi. Ba’zan yara qo‘shni 
a’zolar (charvi, ko‘ndalang chambar ichak, me’da osti bezi) ga 
o‘tib, ularga yopishadi – penetratsiyalovchi yara hosil bo‘ladi. 
Yara me’daning chiqish bo‘limida yoki o‘n ikki barmoqli 
ichakning boshlang‘ich qismida bo‘lganda bu bo‘lim keskin 
torayib qolishi mumkin. Buni stenozlovchi yara deyiladi. 
Yara qorin bo‘shlig‘iga erkin yorib kirganda uni teshib kirgan 
(perforativ) yara deyiladi. Uzoq vaqtgacha tuzalmaganda yara 
rakka aylanishi mumkin.
Klinikasi. Kasallik bir necha yilgacha cho‘ziladi va odatda
mav sumiy xarakterga ega bo‘ladi – bahorda va kuzda zo‘rayadi. 
Bemorlar to‘sh osti sohasidagi og‘riqdan nolishadi. Og‘riq ovqat 
yeyilgan zahoti (ilk og‘riqlar), 2–3 soat o‘tgach (kech og‘riqlar) 
va ko‘p vaqt o‘tgandan so‘ng (ochlik og‘riqlari) paydo bo‘lishi 
mumkin. Me’daning yara kasalligida paypaslab ko‘rilganda 
og‘riq to‘sh osti sohasida, o‘n ikki barmoqli ichak yarasida 
to‘sh osti sohasining picha o‘ng tomonidan qayd qilinadi, og‘riq 
penetratsiyali yaralarda ancha qattiq bo‘ladi. Ko‘pincha og‘riq 
qusish bilan o‘tadi. Stenozlovchi yaralarda qusish ayniqsa aniq 
ko‘rinadi, bunda me’dada ovqatning turib qolishi kuzatiladi.
Me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi ko‘pincha 
me’da shirasining kislotaliligi anchagina oshganda paydo bo‘ladi. 
Diagnostikada endoskopik va rentgenologik tekshirishning 
muhim ahamiyati bor. Kontrast modda (bariy sulfat) yuborilganda 
yara chuqurchasini aniqlash mumkin. Hozirgi vaqtda maxsus 
asbob – gastrofibroskop yordamida me’da shilliq pardasini 
bevosita ko‘zdan kechirish bilan aniq tashxis qo‘yilmoqda.
Davosi. Yangi yaralarda konservativ terapiya tavsiya qilinadi. 
U suyuq va muloyim ovqatlar tayinlash, ruhan orom berish, 
chekish va ichkilik ichishni tashlashdan iborat. Sanatoriy-
kurortlarda mineral suvlar bilan davolash katta yordam beradi.


140

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling