M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Operatsion usulida davolash uchun qator ko‘rsatmalar 
mavjud: aniq ko‘rsatmalar – teshilgan yaralar, qo‘shni a’zolarga 
o‘tadigan malignizatsiya qilingan yara, kallyoz va stenozlaydigan 
yara va nisbiy ko‘rsatmalar – qonab turadigan yara, konservativ 
davo natija bermaganda (me’daning 2 yildan oshgan yara 
kasalligi, 3 yildan oshgan 12 barmoqli ichak yara kasalligi).
Rezeksiyaning turi yaraning qayerda joylashganligiga 
bog‘liq. Yara yuqoriroqda joylashgan bo‘lsa, me’daning kardial 
bo‘limi rezeksiya qilinadi yoki uni batamom olib tashlanadi
pilorik bo‘lim yarasida bu bo‘lim rezeksiya qilinadi. Me’da 
shirasining kislotaliligi nechog‘li yuqori bo‘lsa, me’daning 
shunchalik ko‘p qismi olib tashlanadi. Me’daning tegishli 
bo‘limi olib tashlangandan so‘ng boshlang‘ich bo‘limiga ulanadi 
(anastomozlanadi). Me’da rezeksiya qilinganda, yarani olib 
tashlashdan tashqari, me’da shirasining kislotaligi kamayadi
bu yaraning qaytalanish imkoniyatini kamaytiradi. Kislotalikni 
ko‘proq kamaytirish uchun qo‘shimcha ravishda selektiv 
vagotomiya qilinadi (adashgan nerv stvolini yoki tarmoqlarni 
qirqish), bu esa me’da shirasi kislotaligini yanada pasaytiradi.
Yara kasalligining xirurgik asoratlari. Yaraning teshilishi – 
perforatsiyasi. Yara uzoq muddat kechganda shilliq qavat, shilliq 
parda osti qavati va qisman mushak qavatining yemirilishi 
kuzatiladi. Jismoniy ish, ko‘p ovqat yeyish, me’dani yuvish va 
shu kabilarda me’daning yara zonasidagi yupqalashgan qavati 
yoriladi (perforatsiya, teshiladi). Me’daning suyuqligi qorin 
bo‘shlig‘iga oqib chiqadi.
Klinikasi. Teshilish vaqtida to‘sh osti sohasida to‘satdan 
qattiq og‘riq paydo bo‘ladi. Bu og‘riqni qoringa xanjar urishga 
taqqoslanadi va uni «xanjar urgandek» og‘riq deyiladi. U shok 
holatiga olib kelishi mumkin. Bunda qorin ichga tortiladi, qorin 
mushaklari taranglashgan (defans) bo‘ladi. Bemor oyoqlarini 
yig‘ib olib, chalqancha yoki yon boshlab yotadi. Shchetkin – 
Blyumbergning belgisi musbat bo‘ladi. Qorinni perkussiya 
qilishda qorin bo‘shlig‘ida havo borligidan (me’dadan tushgan) 


141
jigarga xos bo‘g‘iq tovush eshitilmaydi. Qorin bo‘shlig‘i bemorni 
turg‘azib rentgenoskopiya qilinganda diafragma ostida havoli 
«o‘roq» belgisi aniqlanadi. Bemorning yuzi so‘lib qoladi, 
bo‘zaradi (Gippokrat yuzi). Puls avvaliga siyrak (Bergman 
simptomi), keyin esa tezlashgan bo‘ladi.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling