139
yaralarda shilliq parda osti qavatini qisman egallagan shilliq parda
nuqsonigina bo‘ladi.
Uzoq davom etgan yara chetlari chandiqlanib,
chandiqli
yallig‘ lanish – kallyoz yara hosil bo‘ladi. Ba’zan yara qo‘shni
a’zolar (charvi, ko‘ndalang chambar ichak, me’da osti bezi) ga
o‘tib, ularga yopishadi – penetratsiyalovchi yara hosil bo‘ladi.
Yara me’daning chiqish bo‘limida yoki o‘n ikki barmoqli
ichakning boshlang‘ich qismida bo‘lganda bu bo‘lim
keskin
torayib qolishi mumkin. Buni stenozlovchi yara deyiladi.
Yara qorin bo‘shlig‘iga erkin yorib kirganda uni teshib kirgan
(perforativ) yara deyiladi. Uzoq vaqtgacha tuzalmaganda yara
rakka aylanishi mumkin.
Klinikasi. Kasallik bir necha yilgacha cho‘ziladi
va odatda,
mav sumiy xarakterga ega bo‘ladi – bahorda va kuzda zo‘rayadi.
Bemorlar to‘sh osti sohasidagi og‘riqdan nolishadi. Og‘riq ovqat
yeyilgan zahoti (ilk og‘riqlar), 2–3 soat o‘tgach (kech og‘riqlar)
va ko‘p vaqt o‘tgandan so‘ng (ochlik og‘riqlari) paydo bo‘lishi
mumkin. Me’daning yara kasalligida paypaslab ko‘rilganda
og‘riq to‘sh osti sohasida, o‘n ikki
barmoqli ichak yarasida
to‘sh osti sohasining picha o‘ng tomonidan qayd qilinadi, og‘riq
penetratsiyali yaralarda ancha qattiq bo‘ladi. Ko‘pincha og‘riq
qusish bilan o‘tadi. Stenozlovchi yaralarda qusish ayniqsa aniq
ko‘rinadi, bunda me’dada ovqatning turib qolishi kuzatiladi.
Me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi ko‘pincha
me’da shirasining kislotaliligi anchagina oshganda paydo bo‘ladi.
Diagnostikada endoskopik va rentgenologik
tekshirishning
muhim ahamiyati bor. Kontrast modda (bariy sulfat) yuborilganda
yara chuqurchasini aniqlash mumkin. Hozirgi vaqtda maxsus
asbob – gastrofibroskop yordamida me’da shilliq pardasini
bevosita ko‘zdan kechirish bilan aniq tashxis qo‘yilmoqda.
Davosi. Yangi yaralarda konservativ terapiya tavsiya qilinadi.
U suyuq
va muloyim ovqatlar tayinlash, ruhan orom berish,
chekish va ichkilik ichishni tashlashdan iborat. Sanatoriy-
kurortlarda mineral suvlar bilan davolash katta yordam beradi.