M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Birinchi yordam, transportirovka qilish, davolash


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Birinchi yordam, transportirovka qilish, davolash. Bemor 
gori zontal vaziyatda yotqiziladi, qorniga sovuq muolajalar 
buyuriladi. Faqat yotqizilgan holatda transportirovka qilinadi.
Davo konservativ tadbirlardan boshlanadi: tamomila tinch 
sharoit yaratiladi, qorniga muz xaltachalar qo‘yiladi, narkotiklar 
beriladi. Venaga 10% li kalsiy xlorid eritmasi va epsilon­
aminokapron kislota, muskul orasiga vikasol yuboriladi. 
Oz-ozdan tomchilab qon quyiladi. Konservativ davo natija 
bermaganda operatsiya qilinadi – me’dani rezeksiya qilib
qonaydigan yara sohasi olib tashlanadi.
pilorus stenozi. Pilorus stenozi yoki chandiqli torayishi 
me’daning pilorik qismida yoki o‘n ikki barmoqli ichakda yuz 
berishi mumkin. Shu sohada joylashgan yara bitgan taqdirda 
chandiqli bujmayish sodir bo‘ladi, natijada me’daning chiqish 
bo‘limi torayib qoladi.
Klinikasi. Bemorlar ovqatdan so‘ng me’da sohasidagi 
og‘irlik va to‘lib ketish sezgisidan nolishadi. Ovqat yeyilgandan 
so‘ng bir necha soat o‘tgach, hazm bo‘lmagan ovqat qusib 
tashlanadi, bemor ozadi, suvsizlanadi. Tashxis rentgenologik yoki 
gastroskopik yo‘l bilan aniqlanadi.
Davosi – me’da rezeksiya qilinadi. Me’da shirasining kislo-
taligi pasayib holsizlangan va zaiflashgan bemorlarda istisno 
tariqasida gastroenteroanastomoz operatsiyasini qilish mumkin. 
Bu – me’da bilan ingichka ichakning boshlang‘ich qovuzlog‘i 
o‘rtasida anastomoz vujudga keltirishdan iborat.
yaraning rakka aylanishi. Ko‘p hollarda uzoq vaqtga 
cho‘zilgan yaralar, ayniqsa kallyoz yaralar xavfli o‘smaga ayla­
nadi.
Klinik manzarasi. Og‘riq doimiy tus oladi, ishtaha 
yomonlashadi, bemorlar ozib ketadi, me’da shirasining kislotaligi 
juda ham pasayib ketadi, kaxeksiya yuz beradi.
Davosi. Me’da rezeksiya qilinadi. Me’da rakida kichik va 
katta charvilar olib tashlanadi. Bemor och qolmasligi uchun 
gastro stoma qo‘yiladi.


143

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling