Birinchi yordam, transportirovka qilish, davolash. Birinchi
yor dam ko‘rsatishda og‘riq qoldiruvchi dorilar ruxsat etilmaydi,
chunki ular klinik manzarani o‘zgartirib qo‘yishi mumkin. Me’da
zondlanadi. Birinchi yordam tariqasida yurak-tomir dorilar
(kofein, kamfora, kordiamin) ishlatish, qoringa muzli xalta
qo‘yish lozim. Bemorga suyuqlik ichirish qat’iyan man qilinadi.
Transportirovkani tez yordam mashinasida – zambilda bemor
uchun qulay vaziyatda (yonboshida, chalqancha yotqizib) amalga
oshiriladi. Birga olib boradigan xodim bemorni kuzatib turishi
lozim. Qusganda bemorning boshini yon tomonga burish kerak
(qusuq massasidan asfiksiya ro‘y berish xavfi bo‘ladi).
Shoshilinch operatsiya davolashning asosini tashkil etish.
Bu me’da yoki o‘n ikki barmoqli ichakdagi perforativ teshikni
tikish, qorin bo‘shlig‘iga tushgan me’da suyuqligini chiqarish
va unga antibiotiklar yuborishdan iborat. Qorin bo‘shlig‘idagi
jarohat zich qilib tikiladi. Ba’zan qorin bo‘shlig‘iga antibiotiklar
yuborish uchun ingichka polietilen naycha (mikroirrigator)
kiritiladi. Ayrim hollarda, bemorning ahvoli qoniqarli bo‘lganda
va me’dada yallig‘lanish, yara paydo bo‘lmaganda me’da
rezeksiya qilinadi.
Qonab turgan yara. Qator hollarda yara qon tomirini
yemirishi mumkin, bu ko‘p qon ketishiga sabab bo‘ladi.
Klinikasi. Ko‘p qon ketganda bemor kofe quyqasi rangida
ko‘p qusadi (kislotali me’da suyuqligi ta’sirida o‘zgargan qon),
najas qatronsimon bo‘ladi (bu ham qon aralashib kelgani uchun),
peristaltika kuchayadi (Gordon-Teyler simptomi). Bemorning
ahvoli tezda yomon lashadi, dam-badam hushidan ketib turadi.
Terisi oqaradi, tomiri tez-tez uradi, to‘liqligi sust bo‘ladi, arterial
bosimi pasayadi.
142
Do'stlaringiz bilan baham: |