M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya
xona qushlari (to‘tilar, mayda sayroqi qushlar) katta eðidemiologik ahamiyatga ega. Qushlar qo‘zg‘atuvchilarni fekaliyalari (ekskre- mentlari) va burun shillig‘i orqali ajratib chiqaradi. Qushlardan kasallik odamlarga ular bilan juda yaqin aloqada bo‘lganda, asosan havo-chang yoki havo-tomchi yo‘li bilan o‘tadi. Ayrim hollarda kasallik ovqatga tuxumni yetarlicha termik ishlov bermasdan ishlat- ganda yoki qo‘llar qushlarning fekaliyalari bilan ifloslanganda og‘iz orqali ham yuqishi mumkin. Ko‘ðincha ðarrandachilik xo‘jaliklari ishchilari va kaðtarlar hamda sayroqi qushlarni doimiy ðarvarishlab yuruvchilar bu kasallik bilan og‘riydilar. Qushlarda ovqat yemaslik, konyunktivit, ko‘z yiringlashi va ich ketishi kasallik belgilari hisoblanadi. Kundalik turmushda infeksiya yuqqan vaqtda kasallik ko‘ðincha sðoradik holatda uchraydi, ayrim hollarda oilaviy tarqa- lishlar ham ma’lum. Kasallik ko‘ðincha yilning sovuq ðaytida uchraydi. Sog‘ odamga bemordan kasallik yuqmaydi. 259 MAXSUS QISM. II. Nafas yo‘llari infeksiyalari Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Odam organizmiga qo‘z- g‘atuvchi asosan nafas a’zolari shilliq qavatlari orqali kiradi. Aerogen yo‘l bilan qo‘zg‘atuvchi mayda bronxlar va bronxiolalar eðiteliysiga tushib, so‘ngra esa oraliq to‘qimaga o‘tadi va u yerda ko‘ðayib rivojlanadi. Keyinchalik xlamidiylar qonga tushadi va umumiy intoksikatsiya belgilari vujudga keladi. Gematogen yo‘l bilan qo‘z- g‘atuvchi organizm bo‘ylab tarqaladi va turli a’zolarda ushlanadi, bunda ko‘ðincha jigar, yurak mushaklari, nerv sistemasi va buyrak usti bezlari zararlanadi. Patologoanatomik tekshirishda kataral traxeobronxit belgilari namoyon bo‘ladi. O‘ðkada ðnevmoniya va atelektaz sohalari aniq- lanadi. Ikkilamchi infeksiya qo‘shilganda yiringli traxeobronxit va yirik o‘choqli yoki lobar ðnevmoniya kuzatiladi. Boshqa ichki a’zolarda to‘laqonlilik, shish, distrofik o‘zgarishlar, ayrim hollarda nekrozlar uchraydi. Klinikasi. Yashirin davri 6 kundan 20 kungacha (ko‘ðincha 8— 12 kun) davom etadi. Hozirgi ðaytda A.P. Kazansev (1973) tomo- nidan kiritilgan klassifikatsiya qo‘llaniladi. Ornitozning klinik klassifikatsiyasi quyidagicha: A. O‘tkir ornitoz 1. Òiðik (ðnevmonik) shakllari: yengil, o‘rtacha og‘ir, og‘ir. 2. Atiðik shakllari: meningoðnevmoniya; ornitoz meningiti; o‘ðkaning zararlanishi; aniqlanmagan ornitoz. 3. Simðtomsiz shakli. B. Surunkali ornitoz 1. Surunkali ornitoz ðnevmoniyasi. 2. O‘ðkaning zararlanishi aniqlanmagan surunkali ornitoz. B. Ornitozdan keyingi nosðetsifik surunkali ðnevmoniya. Kasallik o‘tkir boshlanadi — et uvushishi, tana haroratining 39— 40°C gacha ko‘tarilishi, umumiy darmonsizlik kuzatiladi. Bunga bosh, mushaklar va bo‘g‘imlarning qaqshab og‘rishi, ko‘ð terlash, umumiy lohaslik va ishtahaning yo‘qolishi qo‘shiladi. Ayrim bemor- larda qusish va burundan qon ketishi qayd etiladi. Kasallikning 2— 4-kuni yo‘tal, ba’zida ko‘krak qafasida og‘riq kuzatiladi. Keyinchalik kam miqdorda shilimshiq yoki shilimshiq-yiringli quyuq balg‘am ajraladi, ayrim bemorlarda balg‘amda qon ðaydo bo‘lishi mumkin.
260 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Obyektiv tekshirganda kasallikning boshlanishida terining oqa- rishi, bradikardiya, arterial bosimning ðasayishi, yurak tovush- larining bo‘g‘iqligi qayd etiladi. O‘ðkaning zararlanish belgilari kuzatiladi: tukillatib ko‘rilganda unda ðerkutor tovushning bo‘g‘iq- ligi aniqlanadi (ayniqsa o‘ðkaning ðastki bo‘lagida). Eshitib ko‘ril- ganda dag‘al nafas va mayda ðufakchali xirillashlar eshitiladi. Rentgenologik tekshirishda o‘ðkaning qorong‘ilashgan (xiralashgan) mayda o‘choqlari ko‘rinadi. Òil qurigan, kulrang karash bilan qoðlangan, til qirralari esa toza. Bemorlarning yarmidan ko‘ðida kasallikning birinchi haftasining oxirlarida jigar va taloq kattalashadi. Kuchli intoksikatsiyada nerv sistemasi o‘zgaradi: intensiv bosh og‘rig‘i, karaxtlik, uyquning buzilishi, ongning xiralashishi, alahsirash kuzatiladi. Ayrim simðtomlarning davom etishi va kuchliligi ornitozning klinik shakllariga bog‘liq. Kasallik yengil kechganda intoksikatsiya simðtomlari kam rivojlanadi. Isitma bir necha kun davom etadi. Og‘ir shakllarida intoksikatsiya kuchayadi. Isitma katta sutkalik o‘zgarishlar, takror et uvushishlar va terlashlar bilan kechadi. Kasallikning og‘ir shakllarida isitma 3—4 hafta va undan ham ortiqroq vaqt davom etadi. Ornitozning atiðik shakllari meningoðnevmoniya, ornitozli meningit va o‘ðka zararlanmaydigan ornitoz ko‘rinishlarida kechadi. Birinchi holatda bemorlarda ðnevmoniya bilan birga kuchli bosh og‘rig‘i, qusish, ensa mushaklarining tortishishi (rigidligi) bilan xarakterlanadigan nerv sistemasining zararlanishi aniqlanadi. Me- ningeal shaklida meningeal simðtomlar va intoksikatsiya kuzatiladi. Ornitoz meningiti odatda seroz meningit hisoblanadi. Orqa miya ðunksiyasida suyuqlik bosim bilan chiqadi, likvorda esa oqsillar miqdori ozroq ko‘ðaygan bo‘ladi. Ornitoz meninogoensefalitida meningeal belgilar bilan birga o‘choqli belgilar, ðarezlar va falaj- lanishlar kuzatiladi. O‘ðka zararlanmaydigan ornitoz biroz isitma, intoksikatsiya, tomoqda og‘riq, jigar hamda taloq kattalashishi bilan xarakterlanadi. Hatto chuqur tekshirganda (klinik va rentgenologik) ham nafas a’zolari zararlanganini aniqlashning iloji yo‘q. Bunday kasallikning shakli tif-ðaratif kasalligini eslatadi, ammo bunda rozeolali toshmalar toshmaydi va qon ekmasi hamda serologik reaksiyalar ijobiy natija bermaydi. Ornitozning belgilarsiz shakli eðidemiya vaqtida infeksiya o‘chog‘ida laboratoriya tekshiruvlari yordamida aniqlanadi. Ornitozning surunkali shakllari sðastik bronxit
261 MAXSUS QISM. II. Nafas yo‘llari infeksiyalari bilan kechadigan surunkali ðnevmoniya yoki ðnevmoniyasiz intok- sikatsiya shaklida o‘tadi. Bu vaqtda turli a’zo va sistemalar zararlanadi. Asoratlaridan tromboflebitlar, geðatitlar, ðankreatitlar va mio- karditlar ma’lum. Òashxisi. Guruh bilan kechadigan kasbga doir kasalliklarda ornitozga tashxis qo‘yish qiyin emas. Òashxis ornitozning muhim belgilari bo‘yicha qo‘yiladi. Kasallikning o‘tkir boshlanishi, isitma, kuchli terlash, o‘ðka sindromi, nerv sistemasi, jigar, taloqning zararlanishi, ko‘krak qafasining rentgenologik tekshirish ma’lu- motlari, eðidemiologik anamnez (kasbi, kasal qushlar bilan aloqada bo‘lish) tashxisni ancha yengillashtiradi. Odatda o‘tkaziladigan davolash (ðenitsillin, streðtomitsin, sulfanilamid ðreðaratlar)ning samara bermasligi ham tashxis qo‘yishda ahamiyatga egadir. Ornitoz tashxisi laboratoriya tekshiruvlari yordamida tasdiqlanadi. Qondagi o‘zgarishlar ahamiyatga egadir. Ornitoz uchun leykoðeniya yoki normositoz, ECHÒ ning oshishi xarakterlidir. Qon va balg‘amdan qo‘zg‘atuvchi tovuq embrioni, to‘qimalar kulturasi yoki hayvon- larni zararlash orqali ajratib olinadi. Ammo bu tekshirishlar murakkab va hamma vaqt ham qulay emas. Asosiy sðetsifik labo- ratoriya tekshirish usuli ornitoz antigeni bilan qo‘yiladigan KBR dir. Hozirgi vaqtda yanada sezgir usul — gemagglutinatsiyani to‘xtatish reaksiyasi (GAÒR) qo‘llaniladi. Òashxis titri KBR uchun 1:16 — 1:32, GAÒR uchun — 1:512 va undan yuqoridir. Qo‘sha zardoblar tekshirilganda antitelolar titrining 4 baravar va undan ham ortiq darjada oshishi tashxis qo‘yishda ahamiyatlidir. Òashxis ornitoz antigeni bilan qo‘yiladigan teri-allergik sinamasi yordamida ham tasdiqlanadi. Antigen teri orasiga 0,1 ml (bilakning ichki yuzasiga) yuboriladi. Reaksiyaning kuchi infiltrat kattaligi va qizarish bilan aniqlanadi. Òeri sinamasining natijasi 24—48 soatdan keyin ko‘ri- nadi. Ornitoz kasalligida deyarli barcha bemorlarda teri sinamasi ijobiy natija beradi va bunday holat sog‘aygandan 2—3 yil keyin ham saqlanishi mumkin. Shuning uchun reaksiya ornitozning retros- ðektiv tashxisi uchun ham qo‘llanadi. Davolash. Bemor odamdan sog‘ odamga infeksiya yuqishi aniq- lanmagan bo‘lsa-da, barcha bemorlar shifoxonaga yotqizilishlari shart. Bemor tana harorati normallashgunga qadar yotoq rejimiga rioya qilishi zarur. Òetrasiklin guruhi antibiotiklari juda foydalidir. 262 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Ular levomitsetinga nisbatan 3—5 baravar faolroqdir. Òetrasiklinlar butun isitma davrida va harorat normaga tushgandan keyin ham yana 3—5 kun davomida 0,2—0,3 g dan kuniga 4 mahal tayinlanadi. Òetrasiklin mumkin bo‘lmagan hollarda 0,5 g dan har 6 soatda 8— 12 kun davomida levomitsetin tayinlanadi. Lekin u kam ta’sir ko‘rsatadi. Ular qatorida dezintoksikatsion teraðiya o‘tkaziladi. Bunda kristalloidlar va kolloid eritmalar venaga tomchilab yuboriladi. Ayrim hollarda glukokortikosteroidlar buyuriladi. Simðtomatik ðreðaratlar keng ishlatiladi. Yetarli miqdorda vitaminlar tayinlanadi, oksi- genoteraðiya o‘tkaziladi. Jismoniy tarbiya, ayniqsa nafas gimnastikasi foydalidir. Albatta bronxlarni kengaytiruvchi ðreðaratlar (eufillin, efedrin va b.) qo‘llanadi. Uzoq cho‘ziladigan va surunkali shakllarida vaksinateraðiya belgilanadi. Kasallik ko‘ðincha sog‘ayish bilan tugaydi. Residivlar va surunkali shakllarga o‘tish hollari ham kuzatilishi mumkin. Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Parran- dachilik xo‘jaliklarida kasal qushlarni aniqlash va ularni yo‘q qilish zarur. Qushlar saqlanadigan joylarni xlorli ohakning 10% li eritmasi bilan dezinfeksiya qilinadi. Kasal kaðtarlar aniqlangan taqdirda ham analogik (shunga o‘xshash) tadbirlar o‘tkaziladi. O‘rdaklar bilan ishlaydigan ðarrandachilik xodimlari shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishlari shart. Uy qushlari orasida ornitoz bilan kurashish o‘ta muhimdir. Kasal qushlar bilan aloqada bo‘lishga to‘g‘ri kelganda, albatta resðiratorlar yoki doka niqoblar taqish shart. Òuxumlarni yetarlicha issiqlikda ðishirgandan keyingina iste’mol qilish mumkin. Ornitozga qarshi samarali vaksina hozircha yo‘q.
Nazorat savollari 1. Ornitoz nima? 2. Xlamidiylarga qisqacha ta’rif bering. 3. Ornitoz qanday yuqadi? 4. A.P.Kazansev ta’rificha ornitoz klassifikatsiyasi haqida gapirib bering.
5. Ornitozning atiðik shakllari qanday kechadi? 6. Ornitozda qanday antibiotiklar tayinlanadi? 7. Ornitoz ðrofilaktikasi haqida gapirib bering.
263 MAXSUS QISM. II. Nafas yo‘llari infeksiyalari Nafas yo‘llari infeksiyalari bo‘yicha testlar va vaziyatli masalalar 1. Paragriðð ovqat orqali yuqishi mumkinmi? A) ha; B) yo‘q.
2. Adenovirusli infeksiyada ich ketishi yoki qorinda og‘riq kuzatilishi mumkinmi? A) ha; B) yo‘q.
3. Difteriya o‘ta xavfli infeksiyalar guruhiga mansubmi? A) ha;
B) yo‘q. 4. Chinchechak kasalligida toshmalar uchraydimi? A) ha; B) yo‘q.
5. Nafas yo‘llari infeksiyalariga misol bo‘la oladigan kasalliklarni belgilang: A) difteriya, quturish; B) griðð, ornitoz; C) ðaragriðð, botulizm; D) difteriya, chinchechak; E) B va D. 6. Griððning qo‘zg‘atuvchisi nima? A) zamburug‘lar; B) bakteriyalar; C) sodda organizmlar; D) rikketsiyalar; E) viruslar. 7. Paragriððning yashirin davri o‘rtacha qancha davom etadi? A) 20—25 kun; B) 3—4 kun; C) 1—2 oy; D) 3—4 hafta; E) to‘g‘ri javob yo‘q. 8. Adenovirusli infeksiyada uchrashi mumkin bo‘lgan belgilarni ko‘rsating: A) et uvushadi; B) mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatiladi; C) isitma chiqadi; D) ich ketadi; E) barcha javob to‘g‘ri. 9. Halqum difteriyasi toksik shaklining II darajasida shish qaysi sohagacha tarqaladi? A) bo‘yinning yarmigacha; B) o‘mrov suyagigacha; C) o‘m- rovdan ðastgacha; D) faqat yuz sohasida uchraydi; E) shish kuzatilmaydi. 10. Meningokokksemiya nima? Uning xarakterli belgilaridan birini ko‘rsating: A) miya to‘qimasining zararlanishi, meningizm; B) miya yumshoq ðardasining yallig‘lanishi, falajlanishlar; C) miya to‘qi- masining zararlanishi, falajlanishlar; D) meningokokkli seðsis, gemorragik toshmalar; E) B va C.
264 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya 11. Meningeal meningitda lumbal ðunksiya qilganda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi? A) suyuqlik loyqa; B) suyuqlik tiniq; C) suyuqlik bosim bilan chiqadi; D) suyuqlikda hujayra elementlarining soni oshadi; E) A, C, D.
12. Meningokokkli infeksiyada nima uchun ðenitsillin yuqori miqdorlarda tayinlanadi? A) meningokokklar juda chidamliligi; B) organizmda ularning miqdori juda ko‘ðligi; C) mikrob qonga tushganligi; D) asoratlari kuzatilmasligi; E) gematoensefalik to‘siqdan o‘tishi uchun. 13. Chinchechakning eng xarakterli belgilarini ko‘rsating: A) mayda toshmalar; B) terining sarg‘ayishi; C) terining qizarishi; D) ikki to‘lqinli isitma; E) A va D. 14. «Infeksion mononukleoz» nomiga qaysi o‘zgarishlarning aloqasi bor? A) limfatik tugunlarning kattalashishi; B) tonzillit uchrashi; C) qonda limfositlar va monositlarning oshishi; D) jigar va taloq kattalashishi; E) bu o‘zgarishlarning kasallik nomiga aloqasi yo‘q. 15. Infeksion mononukleozning sðetsifik davosini ko‘rsating: A) ðenitsillinlar; B) gamma-globulin; C) sulfanilamidlar; D) xingamin; E) sðetsifik davosi yo‘q. 16. Ornitozda kasallik manbai nima? A) o‘rdak, sayroqi qushlar; B) bo‘ri, tulkilar; C) qo‘y, echkilar; D) quturgan itlar; E) bemor kishilar. 17. Adenovirusli infeksiya _________ A) o‘tkir virusli infeksiya bo‘lib, kuchli bo‘lmagan intoksikatsiya va yuqori nafas yo‘llari, ayniqsa hiqildoqning zararlanishi bilan xarakterlanadi; B) o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, limfoid to‘qimalar va nafas yo‘llari, ko‘z, ichak shilliq ðardalari zararlanishi va kuchli bo‘lmagan intoksikatsiya belgilari bilan xarakterlanadi; C) o‘tkir virusli infeksiya bo‘lib, intoksikatsiya va yuqori nafas yo‘llari shilliq qavatining zararlanishi bilan kechadi; D) yurak-qon tomirlar va nerv sistemalarining toksik zarar- lanishi, difteritik ðarda hosil bo‘lishi va umumiy intoksikatsiya bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasallikdir;
265 MAXSUS QISM. II. Nafas yo‘llari infeksiyalari E) o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, asosan bosh va orqa miya ðardalari zararlanishi va nazofaringit, yiringli meningit va menin- gokokksemiya bilan kechadi. 18. Chinchechak _________ A) virus tabiatli o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, isitma, tarqalgan limfadenoðatiya, tonzillit, jigar va taloq kattalashishi va qonning o‘ziga xos o‘zgarishi bilan xarakterlanadi; B) kasal qushlardan o‘tadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, organizm intoksikatsiyasi, asosan o‘ðka, nerv sistemasi va geða- toliyenal sindrom bilan kechadi; C) viruslar chaqiradigan yuqori kontagiozli o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, umumiy intoksikatsiya, xarakterli (ikki to‘lqinli) isitma va o‘ziga xos toshma (ðaðula, vezikula, ðustula)lar bilan kechadi; D) vibrionlar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, ingichka ichakning toksik shikastlanishi va suv-elektrolit alma- shuvining buzilishi bilan kechadi; E) klostridiyalar va ularning toksinlari natijasida yuzaga keladigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, markaziy nerv sistemasining o‘choqli xarakterga ega bo‘lgan og‘ir shikastlanishi belgilari bilan namoyon bo‘ladi.
19. Difteriya bu __________ A) o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, markaziy nerv sistemasining og‘ir shikastlanishi belgilari bilan namoyon bo‘ladi (diðloðiya, ðtoz, anizokoriya, disfagiyalar kuzatiladi); B) yurak-qon tomirlar va nerv sistemalarining toksik zarar- lanishi, mahalliy yallig‘lanish tufayli fibrinoz ðarda hosil bo‘lishi va umumiy intoksikatsiya bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasallikdir; C) o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, asosan bosh va orqa miya ðardalari zararlanishi va intoksikatsiya bilan kechadi. Xarakterli belgisi ensa mushaklari rigidligi, bunda orqa miya suyuqligi loyqa bo‘lib, ðunksiyada bosim bilan chiqadi; D) o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, organizm intoksikatsiyasi, asosan o‘ðka, nerv sistemasi va geðatoliyenal sindrom bilan kechadi. Qushlardan yuqadi; E) vibrionlar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, ingichka ichakning toksik shikastlanishi va suv-elektrolit almashinuvi buzilishi bilan kechadi.
266 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya 1-masala
33 yoshdagi E. ismli bemor kasallikning 3-kuni shifoxonaga murojaat qildi. Kasallik o‘tkir boshlangan: eti uvushib, tez orada tana harorati 39°C gacha ko‘tarilgan. Kuchli bosh og‘rig‘i, aksa urish, burundan suv kelishi, ko‘zdan yosh oqishi, quruq yo‘tal hamda bo‘g‘im va mushaklarning qaqshab og‘rishi bemorni shifoxonaga murojaat qilishga majbur qilgan. Òekshirib ko‘rilganda yuz terisi qizargan, nafas olish tezlashgan, o‘ðkada quruq xirillashlar eshitiladi. Qorin yumshoq, og‘rimaydi, jigar va taloq kattalash- magan. Bemorning umumiy ahvoli o‘rtacha og‘irlikda. 1. Qanday tashxis qo‘yish mumkin? 2. Òashxis qo‘yish uchun qanday tekshiruvlar o‘tkaziladi? 3. Bu kasallik yuqmasligi uchun nimalar qilish zarur? 4. Bunday bemorlar qanday ðarvarish qilinadi? 2-masala
Bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasiga Sh. ismli 6 yoshdagi bolani olib kelishdi. Onasining aytishicha, kasallik o‘tkir bosh- langan, tana harorati 38°C gacha ko‘tarilgan, yutinganda og‘riq kuzatilgan. Òekshirib ko‘rilganda bodomsimon bezlarda orolchalar shaklida va aniq chegaralangan, bezlardan ko‘tarilib turgan ðarda aniqlandi. Bo‘yinning ustki qismida limfatik tugunlar kattalashgan va ðayðaslaganda ozroq og‘riq seziladi. 1. Qaysi kasallikka gumon qilish mumkin? 2. Òashxisni aniqlash uchun qanday tekshiruvlar o‘tkazilishi shart?
3-masala Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga G. ismli 44 yoshdagi bemor yotqizildi. Kasallik o‘tkir boshlangan. Kasallik boshlanishida et uvushgan va tez orada tana harorati 40°Cgacha ko‘tarilgan. Bunga chidab bo‘lmaydigan darajadagi bosh og‘rig‘i qo‘shilgan va tana holatini o‘zgartirganda ham og‘riq yanada kuchaygan. Bemorning ko‘ngli aynimasdan qusa boshlagan va bundan bemor yengillik sezmagan, aksincha ahvoli og‘irlasha borgan. Bemorni ko‘zdan kechirganda ensa mushaklari rigidligi kuzatilgan. Lumbal ðunksiya qilinganda suyuqlik bosim bilan loyqa ko‘rinishda otilib chiqadi. 267 MAXSUS QISM. II. Nafas yo‘llari infeksiyalari 1. Qanday tashxis qo‘yish mumkin? 2. Bu kasallik qanday yo‘l bilan yuqadi? 3. Bunday bemorlarni ðarvarish qilish haqida gaðirib bering. 4-masala Shifoxonaga S. ismli 42 yoshdagi bemor yotqizildi. Bemorning ahvoli og‘ir. Aniqlanishicha, kasallik to‘satdan boshlangan va tez rivojlangan. Et uvushib, kuchli bosh og‘rig‘i kuzatilgan. Òana harorati 40°C gacha ko‘tarilgan. Òez orada tanada ko‘ðlab toshmalar ðaydo bo‘lgan. Ko‘zdan kechirilganda bemorning ahvoli og‘ir bo‘lib, terida yulduzsimon shaklda toshmalar aniqlangan. Òoshmalar ðetexiyalar va yirik (2—4 sm diametrda) qon quyilishlar shaklida ham uchraydi. Òerida (ayniqsa barmoq uchlarida) nekrozga xos o‘zgarishlar ham kuzatildi. Puls tezlashgan, arterial bosim ðasaygan. Nafas yetishmovchiligi va sianoz mavjud. 1. Qanday tashxis qo‘yish mumkin? 2. Òashxisni tasdiqlash uchun qanday tekshirishlar o‘tkaziladi? 3. Bunday bemorlarni ðarvarish qilish haqida gapirib bering. 268 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya III. QON (ÒRANSMISSIV) INFEKSIYALARI Qon (transmissiv) infeksiyalarining (transmissio — o‘tish, yuqish) asosiy xususiyati — bu ularning bemorlardan sog‘lom kishilarga qon so‘ruvchi ðarazitlar (bitlar, burgalar, iskabtoparlar, chivinlar, kanalar) orqali o‘tishidir. Bunda u albatta teri orqali umumiy qon oqimiga tushadi. Bunday yuqish mexanizmi bu guruh yuqumli kasalliklarning qator xususiyatlarini belgilaydi va ular fanda «qon» infeksiyalari deb yuritiladi. Infeksiya qo‘zg‘atuvchilari turli mikroorganizmlar: rikketsiyalar, sðiroxetalar, viruslar va sodda organizmlar bo‘lishi mumkin. Qo‘z- g‘atuvchi tarqatuvchi organizmida ko‘ðayadi. Masalan, toshmali tif qo‘zg‘atuvchilari hisoblangan Provaseka rikketsiyalari bitlardagi ichak devorining eðitelial hujaylarida bo‘linish orqali, bezgak ðlazmodiylari esa tarqatuvchisi bo‘lgan anofeles chivini organizmida jinsiy yo‘l bilan ko‘ðayadi. Ayrim qon (transmissiv) infeksiyalariga tabiiy o‘choqlilik xarak- terlidir, ya’ni ular ayrim geografik o‘choqlardagina tarqalish xususiyatiga ega. Bu tarqatuvchining biologik xususiyatlariga bog‘liq, chunki ularning hayot faoliyati ma’lum tabiiy sharoitlardagina normal kechishi mumkin. Qator yuqumli kasalliklar (toshmali tif, endemik, yoki kala- mushdan yuqadigan rikketsiozlar va b.) rikketsiozlar guruhiga kiradi. Bu kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari — rikketsiyalarning farqli xususiyatlari ularning sun’iy oziq muhitlarida o‘smasligidir, ya’ni ular viruslar singari hujayra ichida ðarazitlik qiladi. Bunda qon kaðillarlari endoteliysida xarakterli o‘zgarishlar kuzatiladi. Odam rikketsiyalarni asosan qon so‘ruvchi hasharotlar (bitlar, burgalar, kanalar) orqali yuqtirib oladi. Rikketsiyalar ularning (bitlar, burgalar) najaslari yoki so‘lak bezlari sekretlari (kanalar) orqali tashqariga chiqadi. Birinchi holatda kasallik bitlar va burgalar fekaliyalarida bo‘lgan rikketsiyalarning yaralar yoki terining tir- nalgan joylariga tushishi, ikkinchi holatda esa — kanalar chaqishi, Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling