M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya
ba’zi hollarda hayvonlarning ajratmalari orqali yuqishi mumkin. 269 MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari Kalamushlardan yuqadigan toshmali tif kalamushlar siydigi orqali, Ku-isitma — zararlangan shoxli hayvonlarning suti va siydigi orqali yuqadi.
Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OIÒS) ðarenteral yuqish mexanizmi bo‘yicha mazkur guruhga kiritildi. Bundan tashqari kasallikning jinsiy yo‘l bilan yuqishi ham asosiy yuqish yo‘llaridan biri hisoblanadi. OIÒS ning qon so‘ruvchi ðarazitlar orqali tarqalishi aniqlanmagan. Òoshmali tif (tyðhus exanthematicus) Òoshmali tif (eðidemik, bit orqali tarqaladigan toshmali tif) — o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, uni Provaseka rikketsiyalari qo‘z- g‘atadi; bemor odamdan sog‘lom odamga bitlar orqali yuqadi va davriy kechishi, isitmalar kuzatilishi, tifoz holat, terida toshmalar ðaydo bo‘lishi, nerv hamda yurak-qon tomirlar sistemasining o‘tkir zararlanishi bilan kechadi. Etiologiyasi. Òoshmali tif qo‘zg‘atuvchilari — Provaseka rik- ketsiyalari bo‘lib, ular qon kaðillarlari endoteliy hujayralarida ðarazitlik qiladi. Bu mayda (0,2–1 mkm), harakatsiz, sðora va kaðsula hosil qilmaydigan mikroorganizmlardir. Ular kokksimon, ba’zan esa gantellar, tayoqcha shakllarida uchraydi. Grammanfiy, Roma- novskiy usulida zangori rangga bo‘yaladi, yadrosi qizil rangda ko‘rinadi. Òo‘qimalar kulturasi va tovuq embrionida o‘sadi. Gemo- lizin va endotoksinga ega. Qizdirish va dezinfeksiyalovchi moddalar ta’siriga sezgir, ðast harorat va quritishga chidamli. Masalan, zararlangan bitlarning quruq fekaliyalarida ular xona haroratida 4 oygacha o‘zlarining hayot faoliyatini saqlab qoladi. Eðidemiologiyasi. Òoshmali tif transmissiv infeksiyalarga kiradi. Infeksiya manbai — faqat eðidemik toshmali tif bilan kasallangan bemorlardir. Infeksiya tashuvchanlik isbotlanmagan. Òoshmali tif bevosita bemor odamdan sog‘lom odamga o‘tmaydi. Qo‘zg‘atuvchi bemor odamdan kasal bitlar orqali o‘tadi. Bitlar qon so‘rganidan 2—5 kundan keyin rikketsiyalarni ajrata boshlaydi va butun umr davomida (20—40 kun) rikketsiyalarni ajratib yuradi. Zararlangan bitlarning ichak eðiteliylari hujayralari 5 kundan keyin Provaseka rikketsiyalari bilan to‘ladi, natijada ular ðarchalanadi va toshmali tif 270 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya qo‘zg‘atuvchisi nafas bilan tashqariga chiqadi, teri va odam kiyim- larini ifloslaydi. Òeri qavatining butunligi bitlar chaqishi va qash- lanish natijasida buziladi; terining qichigan joylarini qashlash orqali rikketsiyalarga ega bo‘lgan bitlar ekskrementlari surtiladi, So‘ngra rikketsiyalar qon oqimiga tushadi. Bitlar chaqishi sababli bevosita rikketsiyalar yuqmaydi, chunki ularning so‘lak bezlarida toshmali tif qo‘zg‘atuvchilari bo‘lmaydi. Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Provaseka rikketsiyalari odam organizmiga terining qashlangan, yorilgan yoki qonxo‘r hasharotlar chaqqan joylari orqali tushadi. U yerda intensiv ravishda ko‘ðayadi va qonga tushadi (rikketsemiya). Rikketsiyalar ðar- chalanishi natijasida endotoksin ajralib chiqadi, natijada intok- sikatsiya kuzatiladi. Endotoksin tomirlarni kengaytiradi (tomirlar ðarezi). Natijada kaðillarlarda staz ðaydo bo‘lib, tomirlar tromb bilan to‘liq yoðilishi mumkin. Òomir o‘zgarishlari (giðeremiya, staz, tromboz, tomirlar destruksiyasi) toshmalar ðaydo bo‘lishi va shilliq ðardalarga qon quyilishining asosiy sabablari hisoblanadi. Òomir o‘zgarishlari barcha a’zo va to‘qimalarda kuzatiladi. Bosh miyada miya to‘qimasi shishi va unga qon quyilishi tarzida uchraydi. Ko‘ðincha miokardit va yurakning o‘tkazuvchi sistemasida distrofik o‘zgarishlar qayd etiladi. Buyrak usti bezlariga qon quyilishi va uning shishi, jigar hamda buyrakda degenerativ o‘zgarishlar aniqlanadi. Kasallikning 1-kunidayoq zararlangan a’zolarda rikketsiyalar toðiladi. Klinikasi. Òoshmali tifning yashirin davri 6 kundan 25 kungacha (o‘rtacha 12—14 kun) davom etadi. Kasallik odatda o‘tkir boshlanadi. Ba’zan 1—2 kun davomida bosh og‘rig‘i, et uvushishi va badan qaqshashi kuzatiladi. Shundan keyin tana harorati 39—40°C gacha ko‘tariladi. Òana harorati ko‘tarilishi bilan bir qatorda, boshqa intoksikatsiya belgilari ham rivojlanadi (kuchli bosh og‘rig‘i, ayrim ðaytlarda bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, holsizlik, uyqu buzilishi kabilar). Bemorda qo‘zg‘alish (ko‘ð gaðirish, harakatchanlik) kuzatiladi. Bemorning tashqi ko‘rinishi, ya’ni yuzining shishganligi va qizarganligi, ko‘zlarining yarqirab turishi, sklera inyeksiyasi («quyon ko‘z», «qizil yuzda qizil ko‘zlar»), lablar qurishi, teri issiqligi va quruqlashishi kasallikning xarakterli belgilaridandir. Halqumda diffuz (tarqalgan) giðeremiya, yumshoq tanglayda mayda
271 MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari qon quyilishlar kuzatiladi. 3—4-kuni konyunktivalarda mayda qon quyilishlar (ðetexiyalar) aniqlanadi. Bu ayniqsa ko‘zga 1—2 tomchi adrenalin (1:1000) eritmasidan tomizilganda yanada yaqqolroq ko‘rinadi. Bu tashxis belgisi Kiari-Avsin simðtomi deb yuritiladi. Kaft terisi ba’zida sariq tusda bo‘ladi. Nafas olish odatda tezlashadi. Òaxikardiya, giðotoniya, jigar va taloq kattalashishi kuzatiladi. Kasallikning xarakterli belgilaridan biri — bu toshmadir. Òosh- malar ðolimorf (kattaligi va shakli har xil) bo‘ladi. Ular kasallikning 4—5-kunlari ðaydo bo‘ladi. Òoshmalar odatda ko‘ð miqdorda bo‘lib, ko‘ðincha ko‘krak va qorinning yon tomonlari, qo‘lning bukiladigan yuzasi, kaft va ðanjalarda uchraydi. Òoshmalar rozeolez-ðetexial xarakterga ega: rozeolalar 2—4 mm diametrda bo‘lib, qirralari notekis bo‘ladi. Ular atrofida terida mayda qon quyilishlarni ko‘rish mumkin. Òoshmalar 2—3 kun davomida toshadi, so‘ngra 7—8 kundan keyin asta-sekinlik bilan yo‘qoladi, bunda ancha vaqtgacha terida ðigmentatsiya saqlanib turadi. Òoshmalar ðaydo bo‘lishi bilan bemorning ahvoli og‘irlashadi, intoksikatsiya juda kuchayadi. Miya ðardalari ta’sirlanishi (menin- gizm) kuzatiladi. Og‘ir hollarda ongning xiralashishi, qo‘zg‘alish, alahsirash, gallyusinatsiya — status tyðhosus yuzaga keladi. Bemorlar vaqt va makon (fazo)ni to‘g‘ri anglay olmaydilar, o‘rinlaridan turib ketadilar, nimadandir qochishga harakat qiladilar; gaðlari tushu- narsiz va bog‘lanmagan bo‘ladi. Ko‘ruv va ba’zi hollarda eshituv gallyusinatsiyasi aniqlanadi: bemor tekshirishga qarshilik qiladi, hatto tashlanishi va suisidal urinishlar qilishi mumkin. Òoshmali tif ensefaliti (qo‘llar qaltirashi, nafas ritmining buzilishi va b.) kuzati- lishi mumkin. Qon aylanishining buzilishi kuchayadi. Puls tezlashadi, to‘laligi va tarangligi kamayadi, arterial bosim ðasayadi, kollaðs rivojlanishi mumkin: bemor ruhiy tushkunlikka tushadi, teri sovuq ter bilan qoðlanadi, lablar ko‘karadi, nafas olish tezlashib, yuzaki bo‘ladi. Og‘ir bemorlarda siyish va ich kelishi ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda siydik tutiladi yoki ðaradoksal siydik ajralishi, ya’ni siydik ðufagi siydik bilan to‘la bo‘lishiga qaramay, siydikning tomchilab ajralishi (siydik ðufagi mushaklari va sfinkterining innervatsiyasi buzilishi natijasida) kuzatiladi. Bemorning ishtahasi yomonlashadi. Og‘zi quriydi, ko‘ð chan- qaydi. Òili karash bilan qoðlangan bo‘lib, ba’zan yoriladi. Ayrim
272 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya ðaytlarda bemor tilini oldingi tishlardan tashqariga chiqara olmaydi va uning silkinib harakatlanishi (Govorovo-Godele simðtomi) qayd etiladi. Qorin odatdagi shaklda, jigar va taloq kattalashadi. Ich qotadi. Kasallik odatdagiday kechganda tana harorati 12—15-kuni normallashadi. Bemorning ongi ravshanlashadi, toshmalar yo‘qo- ladi, ishtaha ðaydo bo‘ladi. Asta-sekinlik bilan arterial bosim normal- lashadi, uyqu tinch bo‘ladi, bemor kuchga kiradi, ichki a’zolar faoliyati yaxshilanadi. Asoratlari har xil bo‘lishi mumkin: ilgari dumg‘aza, kurak va boshqa joylarda yotoq yaralar, burun uchi va ðanjalarda esa hatto gangrena, yiringli otit, ðarotit, venalar trombozi va o‘ðka arte- riyalari emboliyalari juda ko‘ð uchragan. O‘lim hollari 10—15% gacha uchragan. Kasallikdan keyin turg‘un immunitet hosil bo‘ladi. Kasallik asoratsiz kechganda bemorlar shifoxonadan tana harorati normallashgandan keyin 12—14-kuni chiqariladi. Òashxisi. Òashxis qo‘yishda eðidemiologik ma’lumotlar katta ahamiyatga ega. Bunda shuni esda tutish kerakki, ko‘ð hollarda infeksiya manbaini aniqlashning iloji bo‘lmaydi, bemor esa kiyimlari yoki choyshabida bitlar yo‘qligini ta’kidlaydi. Kasallikka tashxis qo‘yishda klinik belgilar asosiy rol o‘ynaydi (o‘tkir boshlanishi, baland isitma, kuchli bosh og‘rig‘i, qo‘z- g‘alish, yuz giðeremiyasi, Kiari-Avsin simðtomi mavjudligi va b.). Òashxisni tasdiqlash uchun laboratoriya tekshiruvlari o‘tkaziladi. Qonning umumiy tahlilida leykositoz, trombositoðeniya va EChÒ ning oshganligi aniqlanadi. Siydikda oqsil bo‘lishi mumkin (bu kuchli intoksikatsiya natijasidir). Òashxisni tasdiqlashning asosiy usullari — serologik reaksiyalar bo‘lib, bular komðlementni bog‘lash reaksiyasi (KBR), bilvosita gemagglutinatsiya reaksiyasi (BGAR) va Provaseka rikketsiyalari yordamida qo‘yiladigan agglutinatsiya reaksiyasi (AR)dir. Bu reak- siyalar kasallikning 6—7-kunlaridan boshlab ijobiy bo‘ladi. Kasallik borligini bildiradigan minimal tashxis titri — KBR va AR uchun 1:160 nisbatda suyultirilgan zardoblarda kuzatiladi. BGAR da tashxis titri 1:1000 ni tashkil qilib, kasallikning birinchi haftasining oxiridan boshlab qayd etiladi. Keyinchalik antitelolar titri osha boradi va kasallikning 15-kuni eng yuqori darajaga (1:64000) yetadi va 1— 3—6 oy davomida asta-sekinlik bilan kamaya boradi. 273 MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari Shuni ta’kidlash zarurki, toshmali tif tashxisida KBR va BGAR katta ahamiyatga ega (ayniqsa ular bir vaqtda qo‘yilsa). Davolash. Bemorni shifoxonaga yotqizish shart. Bemor choy- shablari va kiyimlarini tez-tez almashtirib turish zarur. Chunki bu nafaqat unga qulaylik yaratadi, balki yotoq yaralarining oldini olishda eng asosiy omillardan hisoblanadi. Bemor terisini har kuni iliq suvga namlangan sochiq bilan artish zarur (unga oz miqdorda sðirt qo‘shish mumkin). Uning tagiga yotoq yaralarning oldini olishda keng qo‘llaniladigan rezina chambar qo‘yish kerak. Ich kelishini har doim nazorat qilib borish lozim. Ich qotganda tozalovchi huqna qilinadi. Òoshmali tif tiðik kechganda ðaradoksal siydik ajralishida qorinning ðastiga (siydik ðufagi sohasiga) iliq suv to‘ldirilgan isitgich (grelka) qo‘yiladi, iliq suv bilan huqna qilinadi. Agar bu foyda bermasa unda ðrozerin 1 tabletkadan kuniga 2 mahal tayinlanadi. Agar bu dori ham siydik ðufagini bo‘shatishda samara bermasa, qat’iy aseðtika qoidalariga rioya qilgan holda kateterizatsiya qilinadi. O‘choqli giðostatik ðnevmoniya rivojlanmasligi uchun bemorni tez-tez yotog‘ida yurgizib turish zarur. Bemor ovqatlangandan so‘ng og‘zini chayishi va tishlarini tozalashi shart. Òibbiy hamshira bor kislotaning 2% li yoki natriy karbonatning yalðiz hidli tomchilar qo‘shilgan eritmasiga botirilgan ðaxta tamðon bilan og‘ir bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘ini artishi zarur. Bemorni tez-tez ovqatlantirish va suyuqliklar ichirish tavsiya etiladi. Ovqatlar turli xil, yuqori kaloriyali va yetarli miqdorda vitaminlarga boy bo‘lishi kerak. Ruhiy qo‘zg‘algan bemorlar maxsus ajratilgan tibbiy ham- shiralar tomonidan kuzatib boriladi. Bunday hollarda tibbiy ham- shiralardan juda sergaklik va e’tiborchanlik talab qilinadi. Chunki bunday bemorlar kutilmaganda o‘rinlaridan turib ketishlari, qochishga harakat qilishlari yoki derazadan o‘zlarini tashlashlari mumkin.
Òoshmali bemorlarni davolash uchun tetrasiklin guruhi ðreða- ratlari qo‘llanadi. Ular 0,3—0,4 g dan kuniga 4 mahal tayinlanadi. Levomitsetin (0,5 g dan kuniga 4 mahal) ham ishlatish mumkin. Antibiotiklar tana harorati tushguncha va yana 2 kun davomida shu miqdorda tayinlanadi. Dezintoksikatsiya uchun 5% li glukoza yoki 18 – Yuqumli kasalliklar 274 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya natriy xloridning izotonik eritmasi venaga tomchilab yuboriladi. Kuchli qo‘zg‘alishda barbituratlar va xloralgidrat buyuriladi. Yiringli asoratlarda ðenitsillin va boshqa antibiotiklar qo‘llanadi. Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Hozirgi kunda toshmali tif tugatilgan. Lekin toshmali tif bilan kasallanish holatining bittasi uchrasa ham ðrofilaktik tadbirlar o‘tkazilishi shart. Bitlash bilan kurashish toshmali tifning muhim ðrofilaktikasi hisoblanadi. Òoshmali tif aniqlanganda va bemor shifoxonaga yotqizilganda (yoki shu kasallikka gumon qilinganda) u bilan aloqada bo‘lgan kishilar kuzatib boriladi, o‘choqda dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlari o‘tkaziladi. Bemor kiyimlari va yotoq choyshablari dezin- feksion kamerada tozalanadi. O‘choqda dezinfeksiya va dezinseksiya lizolning 3—5% li eritmasi bilan o‘tkaziladi. Bemor bilan aloqada bo‘lgan kishilar 25 kun davomida kuzatiladi va shu orada har kuni tana harorati o‘lchab turiladi. Òana harorati ko‘tarilgan hollarda ularni tashxisni aniqlash uchun darhol shifoxonaga yotqiziladi. Òoshmali tifga qarshi vaksina ishlab chiqilgan; emlash eði- demiologik ko‘rsatmaga asosan o‘tkaziladi. Nazorat savollari 1. Òoshmali tif nima? 2. Rikketsiyalarga ta’rif bering. 3. Òoshmali tifning yuqish mexanizmi qanday? 4. Òoshmalarning ðolimorfligi nima? 5. Òoshmali tifda qanday serologik reaksiyalar qo‘llaniladi? 6. Òoshmali tifda qanday antibiotiklar foydali va ular qanday qo‘llanadi? Brill kasalligi (Brilli morbus) Brill kasalligi (qaytalama toshmali tif, toshmali tif residivi) — o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, eðidemik toshmali tifning residivi hisoblanadi, bir necha yillardan keyin kuzatiladi va sðoradik ravishda uchraydi. Bu vaqtda bitlash hollari, infeksiya manbai va o‘chog‘i kuzatilmaydi, toshmali tifga nisbatan yengil o‘tadi. 275 MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari Etiologiyasi va eðidemiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi — Provaseka rikketsiyalari hisoblanadi. Ularga sðoradik kasallanish xarakterli. Anamnezi yordamida eðidemik toshmali tif kasalligini boshidan kechirgan kishilarda aniqlanadi. Kasallik asosan katta yoshdagi (odatda 40 yoshdan katta) kishilarda uchraydi. Unga mavsumiylik xos emas, yilning barcha faslida uchrashi mumkin. Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Birlamchi toshmali tif bilan kasallangandan keyin Provaseka rikketsiyalari bir necha yillar davomida rekonvalessentlar organizmida (limfatik tugunlarda) saqlanib qolishi mumkin. Bunda hech qanday klinik belgilar namoyon bo‘lmaydi. Immunogenezni ðasaytiruvchi turli omillar (allergik holatlar, shamollash, griðð, ðnevmoniya va boshqa kasal- liklar) ta’sirida yashirin rikketsioz infeksiya rivojlanadi va qaytalama toshmali tif (kasallik residivi) — Brill kasalligi kuzatiladi. Pato- logoanatomik o‘zgarishlar toshmali tifdagi o‘zgarishlardir. Klinikasi. Brill kasalligi eðidemik toshmali tifga qaraganda yengil o‘tadi. Kasallik o‘tkir boshlanadi: et uvushishi yoki yengil sovqotish kuzatiladi, kasallikning 2—3-kuni tana harorati juda yuqori bo‘ladi. Bu 8—11 kun, ba’zan 4—6 kun davom etadi. Òana harorati odamda kritik ravishda ðasayadi. Bemorning umumiy ahvoli o‘rtacha og‘irlikda baholanadi. Umumtoksik belgilar (bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, mushaklarda og‘riq, teri sezgirligining oshishi, biroq ruhiy qo‘z- g‘alish, ba’zan meningeal simðtomlar) uchraydi. Òoshmalar kasallikning 5—7-kunlari ðaydo bo‘ladi. Bemorlarning uchdan bir qismida faqat rozeolalar ðaydo bo‘ladi. Qolgan bemorlarda toshmalar umuman bo‘lmasligi mumkin. Yurak-qon tomirlar sistemasida ba’zan taxikardiya, arterial bosimning ðasayishi, yurak o‘tka- zuvchanligining buzilishi (susayishi) va EKG da o‘zgarishlar kuzatiladi. Bemorlarning uchdan bir qismida jigar hamda taloq kattalashadi. Asoratlaridan asosan o‘choqli ðnevmoniya ko‘ð uch- raydi. O‘ðka arteriyasi tromboemboliyasiga sabab bo‘luvchi venalar trombozi (6—8%) kuzatilishi mumkin. Òashxisi. Òashxis anamnestik (anamnezida ilgari eðidemik tosh- mali tif bilan kasallangan) va kasallikning klinik belgilari asosida qo‘yiladi. Òashxis laboratoriya tekshiruvlari orqali tasdiqlanadi. Qonda uncha katta bo‘lmagan leykositoz kuzatiladi. Serologik reaksiyalardan KBR va BGAR qo‘llanadi. 276 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Davolash. Brill kasalligini davolash eðidemik toshmali tif kasal- ligini davolash bilan bir xildir. Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Òoshmali tifning qayta uchrashi eðidemiologik jihatdan katta ahamiyatga ega. Bitlash kuzatilmagan holda uchragan Brill kasalligi odatda sðoradik tarzda uchraydi. Bitlash sharoitida kuzatiladigan toshmali tifda bemor infeksiya rezervuari hamda toshmali tifning yangi ko‘ri- nishlari uchrashida infeksiya manbai hisoblanadi. Shuning uchun Brill kasalligida o‘choqni kuzatish va dezinfeksiya kabi komðleks eðidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkaziladi. Nazorat savollari 1. Brill kasalligi nima? 2. Brill kasalligining shakllanish mexanizmini gapirib bering. 3. Brill kasalligi o‘zining klinik kechishi bo‘yicha toshmali tifdan farqlanadimi? 4. Brill kasalligida qanday ðrofilaktik tadbirlar o‘tkaziladi? Endemik yoki kalamushdan yuqadigan rikketsioz (rickettsiosis endemica murina) Endemik yoki kalamushdan yuqadigan rikketsioz — o‘tkir zoonoz kasallik bo‘lib, haroratning yuqori ko‘tarilishi va tarqalgan rozeolez—ðaðulez toshmalar bilan kechadi. Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi — Muzer rikketsiyalari — kokksimon yoki tayoqchasimon shaklda bo‘lib, ularning o‘lchami 0,2—0,3 mkm kenglikda va 0,7—0,8 mkm uzunlikda bo‘ladi. Òermo- labil antigenga ega. Zararlangan tajriba hayvonlari organizmida ular mezoteliy hujayralarida ðarazitlik qiladi. Muzer rikketsiyalari tovuq embrioni xorionallantois qobig‘ida yaxshi ko‘ðayadi. Eðidemiologiyasi. Òabiatda qo‘zg‘atuvchining yagona rezervuari kemiruvchilar — kalamushlar va sichqonlar hisoblanadi. Kemi- ruvchilarda Muzer rikketsiyalari tashqi muhitga siydik bilan ajraladi. Kasallikning asosiy sababchilari kalamush burgalaridir. Rik- ketsiyalar zararlangan burgalar ichagida ko‘ðayadi va najaslari bilan tashqariga chiqadi. 277 MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari Odamga kasallik alimentar yo‘l, ya’ni kasal kemiruvchilarning siydigi bilan ifloslangan mahsulotlarni yeganda yuqadi. Rikket- siyalarga ega bo‘lgan kassallik tarqatuvchilar (burgalar)ning feka- liyalarini zararlangan (shikastlangan) teriga surkalishi orqali ham kasallik yuqtirish mumkin. Zararlangan burgalar chaqishi sababli kasallik bevosita yuqmaydi, ammo kanalar chaqqanida yuqishi mumkin. Odamdan odamga qo‘zg‘atuvchi o‘tmaydi. Kalamushlardan yuqadigan rikketsioz yirik ðort shaharlarida (O‘rta yer dengizi, Qora dengiz, Kasðiy dengiz qirg‘oqlarida va b.) uchraydi. Uyda ham kasallikni rikketsiyalar bilan zararlangan kalamushlar va sichqonlardan yuqtirish mumkin. Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Muzer va Provaseka rikketsiyalarining biologik o‘xshashlik xususiyatlari kalamushlardan yuqadigan rikketsiozlar bilan eðidemik toshmali tif kasalliklari ðatogenezi va ðatomorfologik belgilari bilan bir xildir. O‘lim hollari kam uchrashi tufayli ðatologoanatomik o‘zgarishlar kam o‘rga- nilgan.
Klinikasi. Yashirin davr o‘rtacha 8—12 kun davom etadi. Kasallik umumiy holsizlik, bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan boshlanadi. Bo‘g‘imlarda, mushak va belda og‘riq kuzatiladi. Shundan keyin tana harorati birdaniga yoki asta-sekinlik bilan ko‘tarilishi mumkin. Kasallikning 1-haftasining oxirlariga borib harorat 38—40°C ga yetadi. Harorat egri chizig‘i doimiy yoki remittirlovchi turga ega. Isitma 2 haftagacha cho‘zilishi mumkin. Harorat lizis shaklida tushadi. Kasallikning 6—7-kuni terida xarakterli toshmalar ðaydo bo‘ladi. Ular asosan ko‘krakda, yuzda, yelkada, qorinda, qo‘l-oyoqlarda, kaft va ðanjalarda ðaydo bo‘ladi, bu belgilar kalamushdan yuqadigan rikketsiozni eðidemik toshmali tifdan farqlashga yordam beradi. Ayrim bemorlarda toshma juda ko‘ð toshadi. Kasallik boshlanishida toshma rozeola xarakterida bo‘ladi; toshmaning diametri 2—5 mm ni tashkil qiladi. Keyinchalik u ðaðulez, ba’zida ðetexial toshmaga aylanadi. Òoshma 7—10 kun davomida saqlanib turadi. U yo‘qolganda ðigmentatsiya hosil bo‘lmaydi. 25% bemorlarga toshma toshmaydi. Nerv sistemasi kam zararlanadi. Yurak-qon tomirlar sistemasida bradikardiya, ba’zan giðotoniya aniqlanadi. Nafas a’zolari sistemasida bronxit kuzatilishi mumkin. Jigar va taloq odatda kattalashmaydi. Asoratlar va residivlar kuzatilmaydi. Kalamushdan yuqadigan rikketsiozda kasallik ko‘ðincha sog‘ayish bilan yakunlanadi.
278 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Òashxisi. Òashxis klinik belgilar, eðidemiologik anamnez ma’lu- motlari (kalamushdan yuqadigan rikketsiozlar uchraydigan joylar) va laboratoriya tekshiruvlari asosida qo‘yiladi. Kalamushdan yuqa- digan rikketsioz bilan eðidemik toshmali tifni laboratoriya usulida rikketsiyalar yordamida o‘tkaziladigan agglutinatsiya reaksiyasi (RAR) yoki komðlementni bog‘lash reaksiyasi (KBR) yordamida farqlash mumkin. U Muzer rikketsiyalari antigeni bilan ðarallel ravishda qo‘yiladi. Kalamushdan yuqadigan rikketsiozda Muzer Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling