M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya
odatda 6—9 kunni tashkil qiladi. Ba’zan xuruj vaqtida toshmalar ðaydo bo‘ladi. Òaloq kasallikning birinchi kunidanoq kattalasha boshlaydi, keyinchalik uning hajmi tez orta boradi, ba’zan uning qirralari kichik chanoqqacha tushadi. Òaloq sohasidagi kuchli og‘riqlar uning infarkti yoki ðerisðlenitiga bog‘liq. A s o r a t l a r i meningit, iridosiklitlar, keratitlar, ko‘z to‘r ðardasiga qon quyilishlar, nefritlar, taloq yorilishi va boshqalar bo‘lishi mumkin. Òashxisi. Kasallikka tashxis eðidemiologik ma’lumotlar (qaytalama tif bilan og‘rigan bemor mazkur kasallik kuzatilgan joyda kasallik boshlanishidan 10—15 kun avval bo‘lgan) va kasallikning klinikasi (o‘tkir boshlanishi, xuruj oxirida kuchli terlash orqali haroratning kritik ðasayishi va taloq kattalashishi, isitma xurujining aðireksiyalar bilan almashib turishi)ga qarab qo‘yiladi. Laboratoriya usulidagi tashxis yirik qon tomchisida Obermeyer sðiroxetalarining toðilishiga
288 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya asoslanadi. Yirik qon tomchisini tayyorlash uchun bemor venasidan ðrobirkaga 10 ml qon olinadi va sentrifugalanadi. Bunda ðrobirka tubida cho‘kma hosil bo‘ladi, u kam miqdordagi shu zardob bilan birga buyum oynachasiga Paster ðiðetkasi bilan tomiziladi va yirik tomchi tayyorlanadi. Òomchi qurigandan keyin uni Nikiforov aralashmasi (sðirt va efir teng miqdorda) bilan fiksatsiya qilinadi va 10 marta distillangan suv bilan suyultirilgan Sil fuksini bilan bo‘yaladi, so‘ngra mikroskoðiya qilinadi. Periferik qonni tekshirish (xuruj vaqtida leykositoz, aneozinofiliya, trombositoðeniya, anemiya, ECHÒ ning oshishi) ham tashxis qo‘yishda ahamiyatga ega.
Davolash. Bemorni albatta shifoxonaga yotqizish shart. Òoshmali tifda, ayniqsa kasallikning boshlanishida, ðenitsillin yaxshi samara beradi. Preðarat 300000–500000 birlikda har 4 soatda 5—7 kun davomida tayinlanadi. Amðitsillin (1 g dan har 6 soatda 7 kun davomida), tetrasiklin ðreðaratlari (0,3—0,4 g dan 4 mahal kuniga 5—7 kun davomida) yoki levomitsetin (0,5 g dan har 6 soatda 5— 7 kun davomida) ham qo‘llanilishi mumkin. Zarurat bo‘yicha simðtomatik ðreðaratlar tayinlanadi. Bemor oxirgi xurujdan keyin kamida 21 kundan keyingina shifoxonadan chiqariladi. Hozirgi zamon davolash usullari yordamida kasallik sog‘ayish bilan tugaydi. Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash, izolatsiya qilish va shifoxonaga yotqizish zarur. Aholining sanitar madaniyati uchun kurashish lozim. O‘choqda kasallik tarqatuvchilar yo‘q qilinadi (dezinseksiya o‘tkaziladi). Choyshablar, kiyimlar, yotoq anjomlari va bemor joylashgan bino to‘liq sanitar ishlovdan o‘tkaziladi va dezinseksiyagacha bemorlar bilan aloqa vaqtincha to‘xtatiladi. Bemorlar bilan bevosita aloqada bo‘lgan kishilar 25 kun davomida tibbiy nazoratda turadilar, yangi kasallanish holatlarini o‘z vaqtida aniqlash maqsadida ularning tana harorati har kuni o‘lchab boriladi. Nazorat savollari 1. Qaytalama tif nima? 2. Sðiroxetalarga umumiy ta’rif bering. 3. Qanday vaqtlarda toshmali tif bilan kasallanish yuz berishi mumkin?
289 MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari 4. Òoshmali tifda odamga infeksiya qanday yuqadi? 5. Òoshmali tifning klinik belgilarini gaðirib bering. 6. Òoshmali tifga tashxis qo‘yish va uni davolash haqida gaðirib bering. Endemik (kanadan yuqadigan) qaytalama tif (febris recurrens endemica) Endemik (kanadan yuqadigan) qaytalama tif — sðiroxetalar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, kanalar orqali yuqadi va intoksikatsiya, tartibsiz ravishda vujudga keladigan isitma xurujlari (20 ta va undan ortiq) bilan kechadi. Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi — Borrelia turiga mansub sðiroxeta (Sðirochaeta sogdianum) hisoblanadi. Uning uzunligi 8— 16 mkm bo‘lib, o‘rtacha 6—8 tadan burmalarga ega. Qo‘zg‘atuvchi harakatchan, Romanovskiy usulida oson bo‘yaladi, oziq muhitlarda yaxshi rivojlanadi. Penitsillin, tetrasiklin guruhi antibiotiklari, streðtomitsin va levomitsetinga juda sezgir. Eðidemiologiyasi. Infeksiya manbai va tarqatuvchisi Ornithodorus turiga mansub kanalardir. Kasallik tabiiy o‘choqli kasalliklar turiga kiradi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari (sðiroxetalar) kanalar organizmida butun hayoti davomida yashashi va uch avlodgacha bo‘lgan kanalarga o‘tishi mumkin. Yovvoyi hayvonlar (kalamushlar, yaylov sich- qonlari, qumsichqonlar, bo‘rilar, bo‘rsiqlar, tiðratikanlar) ularni vaqtincha saqlab turuvchilar hisoblanadi. Sðiroxetalar kanalarning so‘lak bezlari va najaslarida uchraydi. Odamga kasallik infeksiya yuqtirgan kanalarning chaqishi orqali yuqadi. Odatda kanalar tunda chaqadi, shuning uchun odamlarni kechasi ulardan himoya qilish zarur. Kasallik bahor va kuzda ko‘ð uchraydi. Chunki bu davrda kanalar ko‘ðayadi. Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Kana chaqishi natijasida sðiroxetalar odam organizmiga kiradi va qonda ko‘ðaya boshlaydi. Qonga katta miqdorda sðiroxetalar tushishi va ularning ommaviy ravishda ðarchalanishi (fagositoz) tufayli kasallikning isitma xuruji vujudga keladi. Xuruj oxirida sðiroxetalar antitelolar ta’sirida agglutinatsiyaga uchraydi va ðarchalanadi. Qolgan ayrim rezistent (chidamli) sðiroxetalar nafaqat markaziy nerv sistemasi va taloqda, balki ichakda ham saqlanib qoladi. 19 – Yuqumli kasalliklar 290 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Saqlanib qolgan bu sðiroxetalar keyinchalik ko‘ðayadi va nav- batdagi xurujni yuzaga keltiradi. Patologoanatomik jihatdan jigar va taloq kattalashadi. Òaloq kesilganda qonga to‘la bo‘ladi. Buyrakda diffuz glomerulonefrit belgilari kuzatiladi. Klinikasi. Yashirin davri 5 kundan 15 kungacha (o‘rtacha 9–11 kun) davom etadi. Kana chaqqan joyda yallig‘lanish reaksiyasi (birlamchi affekt) kuzatiladi. Bemorlarda holsizlik, charchash, ishtahaning ðasayishi, bosh og‘rig‘i, mushaklarda og‘riq seziladi. Kasallik xuruji to‘satdan boshlanadi, tana harorati 39—40°C gacha ko‘tariladi va bunda kuchli et uvushadi. Bemorlar kuchli bosh og‘rig‘idan shikoyat qiladilar. Ko‘ð hollarda teri sarg‘ayib, bemor qayt qiladi va ichi ketadi. Ayrim bemorlarda alahsirash, ongning buzilishi aniqlanadi. Òaloqning ozroq kattalashishi xarakterli. Harorat kritik ravishda ðasayadi, bemorlar ko‘ð terlaydilar. Xuruj- dan keyin ular bir qancha vaqtgacha o‘zlarini holsiz sezadilar. Dastlabki xuruj 5—7 kun davom etadi, har bir keyingi xuruj esa qisqa bo‘ladi va kasallikning oxiriga kelib, bir necha soatlargina davom etishi mumkin. Xuruj davom etishida qandaydir qonuniyat yo‘q, u 1—3 kun kuzatilishi mumkin. Aðireksiya (isitmasiz) davri ham har xil bo‘lib, 3 kundan 30 kungacha cho‘ziladi. Kasallikning umumiy davom etish muddati 1—2 oy va undan ham ko‘ðroqqa cho‘zilishi mumkin. Asoratlari nevritlar, meningitlar, ðsixozlar, ðnevmoniya va boshqalar bo‘lishi mumkin. Òashxisi. Kasallik eðidemiologik anamnez (endemik o‘choqda bo‘lish, mavsum, kanalar chaqishi) va xarakterli klinik belgilari bo‘yicha aniqlanadi. Laboratoriya usulida tashxis Romanovskiy usulida bo‘yalgan yirik qon tomchisida sðiroxetalarni toðish orqali tasdiqlanadi. Òekshirish uchun qon xuruj vaqtida olinishi zarur. Bakterioskoðiyada ijobiy natija olinmasa, bemor qoni bilan dengiz cho‘chqalari zararlantiriladi (teri osti yoki qorin ðardaga yuboriladi). Unda bir necha (1—5) kundan keyin katta miqdorda sðiroxetalar ðaydo bo‘ladi. Davolash. Bemorni shifoxonaga yotqizish shart. Penitsillin 250000—300000 birlikda har 4 soatda tayinlanadi. Davolash kursi 6—8 kun davom etadi. Bemorda ðenitsillinga monelik qiluvchi holatlar bo‘lganda tetrasiklin qatori antibiotiklar (0,3 g dan har 6 soatda) yoki levomitsetin (0,5 g dan kuniga 4 mahal) tayinlanadi. Ko‘rsatmaga asosan yurak-tomir ðreðaratlari va simðtomik ðreða-
291 MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari ratlar buyuriladi. Kasallik odatda sog‘ayish bilan yakunlanadi. Sog‘ayganlar oxirgi xurujdan 15 kun o‘tgach shifoxonadan chiqa- riladi.
Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kanalar bilan kurashish va odamlarni ularning chaqishidan himoya qilish zarur. Kanalarni o‘ldirish uchun ular yashaydigan joylarda DDÒ emulsiyalari va oltingugurt qo‘llanadi. Shifoxonadan chiqarilgandan keyin sog‘ayganlar 2 yil davomida ro‘yxatda turadilar va ular orasida tibbiy kuzatuv o‘tkazilib turiladi. Nazorat savollari 1. Endemik (kanadan yuqadigan) qaytalama tif nima? 2. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi haqida gaðirib bering. 3. Bahor va kuzda kasallikning ko‘ð uchrashiga sabab nima? 4. Isitma xurujining rivojlanish mexanizmini tushuntiring. 5. Xuruj davom etishida qonuniyat mavjudmi? 6. Nima sababdan tekshirish uchun qon odatda xuruj vaqtida olinadi?
7. Kanalarni ular yashaydigan joylarda yo‘qotish usullarini gaðirib bering. Gemorragik isitmalar (febris haemorrhagica) Gemorragik isitmalar — virus tabiatli o‘tkir yuqumli kasalliklar bo‘lib, toksikoz, isitma va gemorragik sindrom bilan xarakterlanadi. Gemorragik isitmalarning uch turi farq qilinadi: Omsk gemor- ragik isitmasi, Qrim gemorragik isitmasi va buyrak sindromi bilan kechadigan gemorragik isitma (gemorragik nefrozonefrit). Keyingi yillarda kasallikning yangi turlari: Lassa, Marburg, Ebola isitmasi va boshqalar haqida keng ma’lumotlar berilmoqda. Etiologiyasi. Gemorragik isitma qo‘zg‘atuvchilar arboviruslar guruhiga mansub bo‘lib, ular bir-biridan o‘zining antigen tuzilishi va boshqa xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi. Buyrak sindromi bilan 292 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya o‘tadigan gemorragik isitmalar virusi hujayralar kulturasida ko‘ða- yadi. Omsk gemorragik isitmasi virusi B guruh arboviruslarga kiradi va antigen tuzilishi bo‘yicha kanadan yuqadigan ensefalit qo‘z- g‘atuvchi viruslarga o‘xshaydi. Sichqonlar uchun ðatogen. Virusning yagona xo‘jayini — ondatradir. Eðidemiologiyasi. Infeksiyaning tabiiy rezervuari va manbai asosan kanalar (Omsk va Qrim isitmalari) va sichqonsimon kemi- ruvchilar hamda ularda ðarazitlik qiladigan kanalardir (buyrak sindromi bilan o‘tadigan gemorragik isitmalar). Odam kana chaq- qanda, kemiruvchilar yoki ularning chiqindilari bilan ifloslangan buyumlarni ishlatganda va havo orqali (buyrak sindromi bilan o‘tadigan gemorragik isitma) kasallik yuqtiradi. Gemorragik isitmalar tabiiy o‘choqli kasalliklar guruhiga kiradi. Sðoradik holatlarda yoki kichik eðidemiyalar ko‘rinishida uchraydi. Qrim va Omsk gemorragik isitmalari uchun bahor-yoz mavsumlari xarakterli, gemorragik nefrozonefrit ko‘ð mavsumiylik bilan ajralib turadi. Gemorragik isitmalarga moyillik yuqori darajada kuzatiladi. Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Odam organizmiga tushgan virus retikuloendotelial sistema hujayralarida ushlanib qolgandan so‘ng qonga o‘tadi (virusemiya) va nosðetsifik umumtoksik belgilar bilan kasallik boshlanishiga sabab bo‘ladi. Virus qonda nerv siste- masining infeksion-toksik zararlanishi (bosh miyada degenerativ- nekrobiotik o‘zgarishlar), gemorragik toshmalar, ko‘ðlab qon quyi- lishlar hamda ichki a’zolarning distrofik o‘zgarishlariga sabab bo‘luvchi og‘ir gemorragik kaðillarotoksikozga zamin yaratadi. Buyrak sindromi bilan o‘tadigan gemorragik isitmalarga buyrakning zararlanishi: ikki tomonlama seroz-gemorragik nefrit va destruktiv- obturatsion gidronefroz xosdir. Anuriya natijasida azotemik uremiya rivojlanadi; ðo‘stloq qavatiga qon quyilishi sababli u yorilishi mumkin. Nerv-reflektor buzilishlar, distrofik o‘zgarishlar va qon quyilishlar ichki a’zolar (yurak, hazm sistemasi, endokrin bez funksiyalari va b.) faoliyatining izdan chiqishiga olib keladi. Klinikasi. Bu guruhga kiradigan kasalliklar klinik belgilarining o‘xshashligini hisobga olib, ularni alohida ta’riflash joizdir. Buyrak sindromi bilan o‘tadigan gemorragik isitmalar. Yashirin davr o‘rtacha 13—15 kun davom etadi. Kasallik odatda o‘tkir bosh- lanadi. Bemor kuchli bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, mushaklardagi og‘riq, ko‘z og‘rishi, ayrim hollarda ko‘rishning yomonlashishi
293 MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari (ko‘ruv nervi do‘mbog‘ining shishi)dan shikoyat qiladi. Isitma davri et uvushishi va tana haroratining tez ko‘tarilishi (39—40°C) bilan boshlanadi va 7—9 kun davomida saqlanadi. Bemor kasallik bosh- lanishida betoqat, lohas bo‘lib, ayrim ðaytlarda alahsiraydi. Yuz, bo‘yin, ko‘krak va yelkaning yuqori qismi hamda shilliq qavatlarda giðeremiya aniqlanadi, sklera tomirlari kengayadi. Kasallikning 3— 4-kuni bemor ahvoli og‘irlashadi, intoksikatsiya kuchayadi, u ko‘ð marta qusadi. Yelka terisi, qo‘ltiq osti sohasida hamda inyeksiya qilingan joylarda teri ostiga qon quyiladi. Gemorragik holatlar kun sayin kuchaya borib, qon ketadi (ayniqsa burundan). Yurak chega- ralari o‘zgarmagan bo‘lib, yurak tovushlari bo‘g‘iq, ayrim ðaytlarda esa aritmiya aniqlanadi. Perikard harakatida shovqin eshitiladi (qon quyiladi). Òaxikardiya bradikardiya bilan almashadi, arterial bosim ðasa- yadi, bo‘g‘ilish kuzatiladi. Òil qurib, kattalashadi, kulrang-qo‘ng‘ir karash bilan qoðlanadi. Qorin og‘rib (qorin ðardaga qon quyilgan), jigar va taloq odatda kattalashadi. Bunda ayniqsa, buyrak sindromi xarakterli: qorin va belda kuchli og‘riq seziladi, Pasternatskiy simðtomi ijobiy, oliguriya yoki anuriya kuzatiladi; siydikning solishtirma og‘irligi ðasayadi (1,010—1,004). Gematuriya, albuminuriya va siydikda ko‘ð miqdorda leykositlar uchraydi. Òana harorati normallashishiga qaramay, bemor ahvoli og‘ir- ligicha qoladi, u tez-tez qusadi. Qonda qoldiq azot miqdori oshadi, uremiya rivojlanishi mumkin. Keyinchalik asta-sekinlik bilan bemor tuzala boshlaydi: og‘riqlar kamayadi, qusish to‘xtaydi, diurez kuchayadi, lekin holsizlik uzoq vaqt saqlanib qoladi (shifoxonadan chiqarilgandan keyin ham). Asoratlari quyidagilardir: uremiya, buyrak ðo‘stloq qavatining ko‘chib tushishi, ðnevmoniya va boshqalar. O‘lim hollari 3—10% ni tashkil qiladi. Qrim gemorragik isitmasi. Yashirin davr — 7—10 kun davom etadi. Kasallik odatda o‘tkir boshlanadi. Bemorning boshi og‘riydi, holsizlanadi, mushaklarda og‘riq kuchayib, ko‘ngli aynib, qusadi. Òana harorati 1-kuni 39—40°C gacha ko‘tariladi va kasallikning 3— 4-kuni biroz tushgan holda o‘rtacha 7—9 kun davomida saqlanib turadi («ikki o‘rkachli» egri chiziq). Bemor betoqat bo‘lib, yuz, bo‘yin, gavdaning yuqori qismida giðeremiya kuzatiladi. Konyunktiva
294 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlari juda qizargan bo‘ladi. Kasallikning 2-kunidan boshlab teriga yakka yoki ko‘ð miqdorli ðetexiyalar shaklida gemorragik toshmalar toshadi. Ular asosan yelka kamariga, ko‘krak va qorinning yon tomonlariga toshadi. Bemorning umumiy ahvoli og‘irlashadi, u karaxt bo‘lib, ko‘ð uxlaydi. Burnidan qon keladi, milklari qonaydi; og‘ir kechganda — ichakdan, o‘ðkadan qon ketadi. Yurak tovushlari bo‘g‘iq, bradikardiya kuzatiladi, arterial bosim ðasayadi, nafas olish tezlashadi. Òil quruq, qalin kulrang- qo‘ng‘ir karash bilan qoðlanadi. Qorin biroz qaððaygan bo‘lib, jigar va taloq kattalashganligi aniqlanadi, qabziyat kuzatiladi. Siydik erkin ajralib, diurez kamayadi. Asoratlar kuzatilmaganda tana harorati ðasayib, asta-sekinlik bilan sog‘ayish davri boshlanadi; 2—3 haftalar davomida holsizlik kuzatilib turadi. Kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlari: toksikoz va ko‘ð qon quyilishlar ta’siridagi o‘tkir yurak yetishmovchiligi, ðnevmoniya va boshqa yiringli-seðtik holatlar. Bunda o‘lim hollari 5– 8% uchraydi. Omsk gemorragik isitmasi. Klinik belgilari bo‘yicha Qrim gemor- ragik isitmasini eslatadi, lekin qisqa yashirin davr (2—4 kun) bilan boshlanishi va nisbatan yengilroq o‘tishi bilan farq qiladi. Klinik simðtomokomðleks gemorragik isitmalar uchun umumiydir — o‘tkir boshlanish, 1—12 kun davom etadigan isitma, umumtoksik belgilar, gemorragik toshmalar, burundan hamda boshqa a’zolardan qon ketishi va ichki a’zolarning o‘zgarishi. Omsk gemorragik isitma- sining xususiyati harorat egri chizig‘ining to‘lqinsimon ko‘ri- nishidir (bir necha isitma to‘lqinlari kuzatiladi). Bunda nafas a’zolari ko‘ð zararlanadi. O‘lim hollari 0,5—1% uchraydi. Òashxisi. Gemorragik isitmalarning ayrim shakllarini aniqlash xarakterli klinik belgilar va eðidemiologik ma’lumotlarga (kasallikning mazkur joyda tarqalganligi, uning tabiiy o‘choqliligi) asoslanadi. Gemorragik isitmalarda qonda leykoðeniya va trombositoðeniya kuzatiladi. Sðetsifik laboratoriya tekshirish usullari yetarlicha ishlab chiqilmagan. Faqatgina Omsk gemorragik isitmasida KBR (qo‘sha zardoblar yordamida) va neytrallash reaksiyasi (retrosðektiv tashxis qo‘yish uchun) qo‘llanadi. Davolash. Yotoq rejimi tayinlanadi. Bemorlarni ðuxta ðarvarish- lash zarur. Maxsus ðarhez tayinlanmaydi, to‘la qimmatli va vitamin- 295 MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari larga boy ovqatlar buyuriladi. Dezintoksikatsiya va arterial giðotoniya bilan kurashish uchun eritmalar yuboriladi (natriy xloridning izotonik eritmasi, 5% li glukoza eritmasi 1—2 l gacha venaga tomchilab). Natriy gidrokarbonat eritmasini (5% li 200 ml gacha venaga tomchilab) yuborish tavsiya etiladi. Qon ivishini yax- shilaydigan va tomirlar devorini mustahkamlaydigan ðreðaratlar, ya’ni K vitamini, askorbinat kislota, rutin, kalsiy xlorid va bosh- qalar tayinlanadi. Kasallik og‘ir kechganda kortikosteroid gormonlar buyuriladi. Prednizolon sutkalik miqdorda 30—60 mg dan 10—15 kun davomida qabul qilinadi. Bakterial asoratlarni davolash uchun antibiotiklar beriladi. Analgin, ðantoðan, morfin va boshqa ðreða- ratlar kuchli og‘riqlarda qo‘llanadi. Uyqusizlikda uxlatuvchi ðre- ðaratlar qabul qilinadi. O‘tkir buyrak yetishmovchiligida bemorda «sun’iy buyrak» aððarati yordamida gemodializ o‘tkaziladi. Bu aððarat bemor qonini azotli shlaklardan ozod qiladi va organizm uchun zarur bo‘lgan tuzlar bilan to‘ldiradi. Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Òabiiy o‘choqlarda joylashishga to‘g‘ri kelganda (o‘rmon xo‘jaligi, dala joylar va b.) kemiruvchilar bo‘lmagan yerlar tanlanadi. U yerlarni suðurgi o‘tlar, o‘t-o‘lanlar, butalar va shox-shabbalardan toza- lanadi. Joylashadigan yerlar dezinseksiya qilinadi. Mahsulotlarni saqlash joylari kemiruvchilardan himoya qilinadi. Hurkitib hay- dovchi ðreðaratlar qo‘llanadi. Bemor shifoxonaga yotqizilgandan keyin o‘choq eðidemiologik jihatdan tekshiriladi va aholi sog‘lig‘i kuzatib turiladi. Bemorlar yotgan xona (ðalata, boks)lar joriy va yakunlovchi dezinfeksiya qilinadi. Nazorat savollari 1. Gemorragik isitmalar turini sanab bering. 2. Gemorragik isitmalar etiologiyasi va eðidemiologiyasi haqida gaðirib bering. 3. Buyrak sindromi bilan o‘tadigan gemorragik isitmalar klini- kasini gaðirib bering. 4. Ikki o‘rkachli egri chiziqli isitma nima? 5. Omsk gemorragik isitmasi Qrim gemorragik isitmasidan nimasi bilan farq qiladi? 296 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya 6. Omsk gemorragik isitmasi sðetsifik tashxisida qanday serologik reaksiyalar o‘tkaziladi? 7. Gemorragik isitmalarning davolash usullari va ðrofilaktikasini gaðirib bering. Sariq isitma (febris flavis) Sariq isitma — o‘tkir kasallik bo‘lib, transmissiv yo‘l bilan o‘tadi va ikki bosqichli isitma reaksiyasi, organizm intoksikatsiyasi, teri qoðlamlarining sarg‘ayishi, gemorragik toshmalar, jigar, buyrak hamda boshqa a’zo va sistemalar zararlanishi bilan xarakterlanadi. Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi — RNK ga ega bo‘lgan sariq isitma virusidir (Flavivirus febricis). Virus arboviruslar guruhiga mansub bo‘lib, uning o‘lchami 17—25 nm ga teng, odatdagi dezinfek- siyalovchi ðreðaratlarga sezgir. Quritilgan holda 100—110°C da 5 soatgacha, muzlatilganda esa — 1 soatgacha bardosh beradi. Eðidemiologiyasi. Sariq isitma — tabiiy o‘choqli infeksiya bo‘lib, dunyoning troðik (issiq) mamlakatlarida keng tarqalgan. Kasallik o‘chog‘ining ikkita eðidemik turi farqlanadi: tabiiy yoki chakalakzor va antroðurgik yoki shahar turi. Sariq isitmaning chakalakzor turida viruslar manbai maymunlar va kemiruvchilardir. Virus tarqatuvchilar tabiiy o‘choqlarda chivinlar (A. simðsoni yoki Haemagogus) hisoblanadi. Ular uchun maymun sikli xarakterli bo‘lib, odam bu siklga tasodifan kirib qoladi. Kasallik ovchilarda, o‘rmon ishchilarida uchraydi va sðoradik xarakterga ega. Sariq isitmaning shahar (eðidemik) o‘chog‘ida kasallik manbai remissiya vaqtidagi bemor odam hisoblanadi. Virus tarqatuvchilar odam yashaydigan joylar yoki unga yaqin yerlarda uchraydigan chivinlar — A. aegyðti dir. Odam yashirin davrning oxirgi kuni va kasallikning birinchi 3 kuni infeksiya manbai hisoblanadi, chivin esa odamni chaqqanidan 6—30 kun o‘tgach yuqumli hisoblanadi va umrining oxirigacha (1—2 oy) virus saqlaydi. Patologik anatomiyasi. Morfologik o‘zgarishlar ko‘ðincha jigarda kuzatiladi. Ular nekrozlar shaklidagi o‘zgarishlardir. Kuchli ðatolo- gogistologik o‘zgarishlar miokard, taloq va boshqa a’zolarda kuza- tiladi. Klinikasi. Sariq isitmaning yashirin davri 3—6 kun bo‘lib, ayrim hollarda 10 kungacha cho‘ziladi. Kasallik o‘tkir boshlanadi: tana 297 MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari harorati to‘satdan 39—41°C gacha ko‘tariladi. Kuchli et uvushishi, Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling