M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya
tibbiy kuzatuvda bo‘ladilar. Bu kishilarga ðrofilaktika maqsadida kuydirgiga qarshi o‘ziga xos gamma-globulin buyurilib, u kattalarga 20—25 ml, o‘smirlarga (14—17 yosh) 12 ml, yosh bolalarga 5—8 ml miqdorda tayinlanadi. Agar kasallik yuqqaniga 10 kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa (oziq-ovqatlar orqali yuqqanda —5 kun) gamma- globulinni qo‘llashning hojati bo‘lmaydi.
366 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borish, kasallik yuqish xavfi bo‘lgan kasb egalarining (mo‘ynado‘zlar, jun savaydigan (tituvchi) lar, qishloq xo‘jalik va veterinar ishchilar, mol so‘- yiladigan joydagi ishchilar, go‘sht kombinati ishchilari va b.) mehnatini muhofaza qilish bo‘yicha instruktaj o‘tkazish katta ahamiyatga ega. Kuydirgidan o‘lgan hayvon murdalari aholi yashaydigan joy- lardan uzoqroqqa va 2 metrdan kam bo‘lmagan chuqurlikka, kovlan- maydigan yerlarga ko‘miladi; kovlangan chuqurlikning osti va so‘ngra hayvon murdasi ustiga xlorli ohakning qalin qoðlami seðiladi. Nazorat savollari 1. Kuydirgi kasalligi qanday kasallik? 2. Kuydirgi ðatogenezini gapirib bering. 3. Kuydirgining teri shakli nima bilan xarakterlanadi? 4. Kasallikning o‘ðkaga tegishli shaklining qanday xususiyatlari mavjud? 5. Kasallikning teri shaklida laboratoriya uchun nimalar tek- shirish materiallari hisoblanadi? 6. Kuydirgiga qarshi immunoglobulin qanday yuboriladi? Quturish (rabies) Quturish — og‘ir kechadigan va asosan markaziy nerv sistemasi zararlanishi bilan o‘tadigan o‘tkir virusli kasallikdir. Etiologiyasi. Quturish qo‘zg‘atuvchisi rabdoviruslarga kirib, uning xarakterli belgisi virionning o‘q shaklida ko‘rinishidir. U RNK ga ega bo‘lib, uning ko‘cha (yovvoyi) va fiksatsiyalangan shakllari farq qiladi. Sut emizuvchilar uchun juda ðatogen bo‘lib, bunda bosh miya zararlanadi va o‘ziga xos kiritmalar — Babesh-Negri tanachalari hosil bo‘ladi. Fiksatsiyalangan virus quyonlar uchun ðatogen emas, Babesh-Negri tanachalarini hosil qilmaydi va so‘lak bilan ajral- maydi, ammo hayvonlarning bosh miyasini zararlash orqali ularda quturish kasalligini chaqirishi mumkin. Fiksatsiyalangan virusning vaksina uchun ishlatiladigan shtammlari ko‘cha shaklidagi virusga nisbatan to‘la qimmatli immunitet yaratadi. Antirabik vaksina maz-
367 MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar kur virusni ko‘ð martalab ðassaj qilish yo‘li bilan yaratiladi. Quturish virusi tashqi muhitga chidamsiz. Qaynatilganda 2 minutda o‘ladi. Dezinfeksiyalovchi eritmalardan efir, lizol, karbol kislota, xloramin va sulema ta’sirida tez nobud bo‘ladi. U to‘qima kulturalarida tez ko‘ðayadi. Eðidemiologiyasi. Infeksiya manbai — infeksiya yuqtirgan hay- vonlardir (itlar, tulkilar, mushuklar, bo‘rilar, otlar va b.). Òulkilar va bo‘rilar orqali quturishning tabiiy o‘choqlari doimo saqlanib turadi. Odam kasallikni asosan bahor-yoz oylarida yuqtiradi, chunki bu davrda odamlar ko‘ðlab daydi itlar va yovvoyi hayvonlar bilan intensiv ravishda aloqada bo‘ladilar. Infeksiya kasal hayvon tish- laganda va terida hosil bo‘lgan jarohat orqali so‘lak tushishi natijasida yuqadi. Kam hollarda bo‘lsa-da, kasallik teridagi mikrojarohatlar — shilinishlar va tirnalishlarga so‘lak tushishi sababli ham o‘tishi mumkin.
Ayniqsa, tananing bosh, yuz va bo‘yin qismlaridagi jarohatlar xavflidir. Bunday hollarda virus miyaga tez yetib borib, yashirin davr qisqaradi va kasallik juda o‘tkir boshlanadi. Òananing kiyim bilan yoðilgan joylari nisbatan kam xavfli hisoblanadi, chunki kiyim quturgan hayvon so‘lagini ma’lum miqdorda o‘ziga shimadi. Yuz va qo‘l kaftidagi jarohatlar ayniqsa xavflidir. Oyoqdan jarohatlanganda yashirin davr uzoqroq davom etadi. Infeksiya yuqtirgan hayvon yashirin davrning oxirlarida klinik belgilar ðaydo bo‘lishidan 7—8 kun oldin viruslarni ajrata boshlaydi. Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Quturish virusi zarar- langan teri orqali kirgandan keyin nerv tolalari orqali ðerinevral yo‘l bilan tarqaladi, bosh hamda orqa miyaga yetib boradi. Keyin- chalik virus so‘lak bezlariga kiradi va so‘lak bilan tashqi muhitga ajrala boshlaydi. Virus markaziy nerv sistemasiga kirib, uzunchoq miya neyronlarida, giðokamðda, miya asosi tugunlari va orqa miyaning bel qismida ushlanib qoladi. Zararlangan miya hujayralari sitoðlazmasida (ko‘ðincha Ammonov shoxi neyronlarida) kiritmalar — Babesh- Negri tanachalari hosil bo‘ladi, ular sðetsifik antigenga ega. Nerv sistemasining bu bo‘limlari zararlanishi natijasida kuchli reflektor qo‘zg‘alish va talvasa rivojlanadi, bu ayniqsa yutinish va nafas mushaklarida yaqqol seziladi. So‘lak ajratish va terlash kuchayadi. Keyinchalik nerv markazlari zararlanishi tufayli oyoq-qo‘l hamda yurak mushaklari falajlanadi va kasallik o‘lim bilan tugaydi. Makros-
368 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya koðik tekshirishlarda bosh va orqa miyada ðatomorfologik o‘zgarishlar aniqlanadi. Miya to‘qimalari shishib, giðokamð, uzunchoq miya, miyacha, orqa miya va simðatik gangliyalar sohasida tomirlar to‘laqonligi va qon quyilishlar kuzatiladi. Quturgan hayvonlar oshqozonida yeb bo‘lmaydigan mayda cho‘ðlar, toshlar, shishalar va boshqa narsalarning toðilishi tashxis qo‘yishda katta ahamiyatga ega. Quturishdan o‘lgan kishilar miyasini gistologik tekshirib ko‘rilganda nerv hujayralari shishganligi va ular yadrosining ðarchalanishi, vakuollanish, ðrotoðlazmasida yog‘lar ko‘ðayishi, Ammonov shoxi hujayralarida esa — Babesh-Negri tanachalari aniqlanadi. Bu tana- chalar quturish tashxisining so‘zsiz tasdig‘i hisoblanadi. Muromsev usulida bo‘yalganda ular ko‘kish yadroga ega bo‘lgan binafsha rangli kiritmalar shaklida ko‘rinadi. Klinikasi. Yashirin davr odatda 1—3 oy davom etadi (10 kundan 1 yilgacha chegaralarda). Kasallik kechishida uch davr farqlanadi: 1) boshlang‘ich davri; 2) qo‘zg‘alish davri; 3) falajlanish davri. Boshlanish davrida bemorlarda tishlangan joyda jarohat qachon- lardir chandiq hosil qilib bitib ketgan bo‘lsa-da, yoqimsiz sezgi (qunishish, tortishib og‘rishlar, qichishish, teri sezuvchanligining oshishi (giðeresteziya) ðaydo bo‘ladi. Bu davrda umumiy holsizlik va bosh og‘rig‘i kuzatiladi. Harorat subfebril bo‘ladi. Bir vaqtda ruhiyatning buzilishi belgilari rivojlanadi: qo‘rquv, vahima va tushkun kayfiyat ðaydo bo‘ladi. Bemor ruhan tushgan, odamovi, ovqat yeyishdan bosh tortadigan bo‘lib qoladi, qo‘rqinchli tushlar ko‘ra boshlaydi. Boshlang‘ich davr 2—3 kun davom etadi. Qo‘zg‘alish davri gidrofobiya, aerofobiya va sezuvchanlik oshishi bilan xarakterlanadi. Gidrofobiya (suvdan qo‘rqish) shu bilan xarakterlanadiki, bunda bemor suyuqlik ichishga harakat qilganda, keyinchlik esa suvli idishni lablariga yaqinlashtirganda ham halqum va hiqildoq mushaklari o‘ta og‘riqli ravishda qisqaradi, nafas olish shovqinli bo‘lib, qisqa muddatli talvasali nafas olishlar, hatto qisqa muddatli nafas olishlarning to‘xtashi kuzatiladi. Bunday talvasalar keyinchalik to‘kilayotgan suvning tovushi eshitilganda ham yoki hatto «suv» so‘zi aytilganda ham yuzaga kela boshlaydi. Òalvasalar bemor betiga havo oqimini ðuflaganda ham (aerofobiya) kuzatiladi. Òana harorati subfebril bo‘ladi. Xuruj yorug‘lik ta’sirida (fotofobiya), shovqinlar va qattiq gaðlashishlar (akustikofobiya), teriga teginish hamda boshni burish, yo‘tal va mushaklar taranglashganda ham
369 MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar kuzatilishi mumkin. Ko‘ðincha kuchli terlash, ko‘ð miqdorda va tinimsiz so‘lak ajralashi (sialoreya) kuzatiladi. Bemor so‘lagini yutishga ulgurmaydi, muntazam og‘izdan so‘lak oqib turadi, u kiyimlarini ho‘l qilib tashlaydi va har tomonga sachratadi. Qo‘z- g‘alish kuchayadi, eshitish va qo‘rquv gallusinatsiyalari aniqlanadi. Ular ko‘ðincha tahdid (do‘q-ðo‘ðisa qiluvchi) xarakterida bo‘ladi. Ba’zan agressiv harakatlar bilan kechadigan beboshlik (quturish, haddidan oshish) xurujlari qayd etiladi. 2—3 kundan keyin qo‘z- g‘alish qo‘l-oyoqlar, til, yuz mushaklari falajlanishlari bilan kechadi. Falajlanish davri ruhan tinchlanish bilan xarakterlanadi. Qo‘r- qish hamda vahimalar, gidrofobiya va ruhiy qo‘zg‘alishlar xuruji yo‘qoladi, bemorda sog‘ayishga umid ðaydo bo‘ladi. Bir vaqtda holsizlik, aðatiya, so‘lak ajralishi kuchayadi, qo‘l-oyoqlar falaj- lanishi, bulbar o‘zgarishlar, chanoq a’zolari funksiyalarining buzilishlari qayd etiladi. Òana harorati 40—41°C gacha ko‘tariladi. Kasallikka kuchayib boruvchi taxikardiya va giðotoniya xarakterlidir. Bu davr 18—20 soat davom etadi, kasallik odatda o‘lim bilan tugaydi. O‘lim yurak va nafas markazlari falajlanishi natijasida vujudga keladi. Kasallik 3—7 kun davom etadi. Quturishning atiðik shakllari ham uchraydi. Bularga bulbar, serebromaniakal, miyachaga tegishli va falajlanish shakllari kiradi. Bulbar shakliga es-hush saqlangan holda, disfagiya va nafas olish buzilishi; serebromaniakal shakliga — alahsirash, ðsixozlar rivoj- lanishi va kam uchraydigan talvasa xurujlari, miyachaga tegishli shakliga bosh aylanishi, turg‘un bo‘lmagan chayqalib yurishlar xos; falajlanish shakli — kasallikning boshlanishidayoq falajliklar mono-, gemi- va ðaraðlegiyalar shaklida kuzatiladi, ayrim hollarda yuqoriga ko‘tariluvchi falajlanishlar namoyon bo‘ladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, sanab o‘tilgan barcha shakllariga yutish, mushaklar sðazmi va suvdan qo‘rqish belgilari xarakterli hisoblanadi. Òashxisi. Klinik tashxis anamnestik ma’lumotlar (notanish hayvonlar tishlashi, uzoq davom etgan yashirin davr), gidrofobiya, aerofobiya, falajlanishlar, ðrogressiv rivojlanishlar asosida qo‘- yiladi. O‘lganda miya tekshiriladi. Miyaning har xil bo‘limlari — katta yarim sharlar ðo‘stlog‘i, miyacha, uzunchoq miya va Ammonov shoxidan 0,5—1 sm kattalikda bo‘lakcha olinadi. Sðetsifik kiritmalar 24 – Yuqumli kasalliklar 370 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya — Babesh-Negri tanchalarining toðilishi tashxisning tasdig‘i hisoblanadi, ular hujayra ichida va tashqarisida aniqlanishi mumkin. Fluoressentlanuvchi antitelolar usulida yanada tezroq natija olish mumkin. Bu usul yordamida miya to‘qimasi yoki jag‘ osti so‘lak bezlarida quturish virusi antigeni aniqlanadi. Infeksiya tushgan material bilan ishlaganda o‘ta xavfli infeksiya qo‘zg‘atuvchilari uchun belgilangan barcha qoidalarga rioya qilish kerak. Davolash. Quturishning sðetsifik davosi ishlab chiqilmagan. Klinik belgilar ðaydo bo‘lganidan keyin bemorni asrab qolishning iloji yo‘q. Simðtomatik davo uning azoblanishini kamaytirishga qaratilgan bo‘ladi. Quturish bilan kasallangan bemor tinch holat va tashqi ta’sirlar shovqin, yorug‘lik, suvdan himoyalanishga muhtoj bo‘l- gani uchun, uni tinch, qorong‘ilatilgan ðalataga joylashtiriladi. Bemor uchun individual ðost tashkil qilinadi. Bemor azobini kamaytirish uchun og‘riqsizlantiruvchi ðreðaratlar, narkotiklar va talvasaga qarshi ðreðaratlar (morfin gidroxlorid, omnoðon, amina- zin, xloralgidrat huqna shaklida) tayinlanadi. Qo‘zg‘algan bemorlar yotoqda ið ðanjaralar ostiga yotqiziladi va kuzatib turiladi. Falajlanish davrida nafas va yurak faoliyatini yaxshilovchi moddalar qo‘llanadi va o‘ðkani sun’iy ventilyatsiya qilinadi. Reanimatsiya tadbirlari bilan birga antirabik immunoglobulinni qo‘llash hozircha samara bergani yo‘q. Kasallikning oqibati hamisha yomon. Gidrofobiya xuruji ðaydo bo‘lganidan 1—3 kundan keyin kasallik o‘lim bilan tugaydi. Profilaktikasi. Hayvonlar orasida quturish bilan kurashish va infeksiya yuqtirgan hayvonlar tishlagan odamlarda quturishning oldini olish ðrofilaktikaning muhim tadbirlari hisoblanadi. Barcha uy hamda xizmatchi itlar qayd qilinishi va ro‘yxatga olinishi shart, daydi itlar otib tashlanadi. Aholi ðunktlarida barcha itlarga tumshuqbog‘ taqib qo‘yish, eng muhimi esa barcha itlarni quturishga qarshi em- lash zarur. Hayvonlar tishlaganda jarohatni sovunlab yuvish, yod bilan kuydirish tavsiya qilinadi. Birinchi kunlarda jarohat atrofini jarrohlik yo‘li bilan kesish va chok qo‘yish mumkin emas, chunki bu nerv tanasining qo‘shimcha jarohatlanishiga va yashirin davrning qis- qarishiga sabab bo‘ladi. Birinchi yordam ko‘rsatilgandan keyin tishlangan kishini zudlik bilan antirabik emlash o‘tkazish uchun travmatologik ðunktga yuborish zarur.
371 MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar Quturishning sðetsifik ðrofilaktikasi bu sust va faol immunizat- siyani kombinatsiyalash hisoblanadi. Otdan olinadigan antirabik gamma-globulin va antirabik vaksina ishlatiladi. Antirabik emlashlar shartli va shartsiz ko‘rsatmalar bo‘yicha qilinadi. Shartsiz ko‘rsatmalar bo‘yicha emlashlar aniq quturgan hayvon tishlaganda hamda tishlagan hayvonning tashxisi hali aniq bo‘lmasa o‘tkaziladi. Shartli ko‘rsatmalar bo‘yicha emlashlar qutu- rish belgilari bo‘lmagan hayvon tishlaganda va bu hayvonni 10 kun davomida karantinda saqlagan vaqtda o‘tkaziladi. Antirabik emlashdan 12—14 kun o‘tgandan so‘ng antitelo ðaydo bo‘ladi va 30 kundan keyin u yuqori darajaga yetadi. Shuning uchun bosh, yuz, qo‘l barmoqlari sohasi tishlanganda va ko‘ð sonli jarohatlar bo‘lganda yashirin davrning qisqa bo‘lish ehtimolini hisobga olgan holda antirabik immunoglobulin shartsiz ko‘rsatmaga binoan 1 kg tana vazniga 0,5 ml, shartli ko‘rsatma bo‘yicha esa 1 kg tana vazniga — 0,25 ml tayinlanadi. Immunoglobulin Bezredko usulida yuboriladi. Immunoglobulinning bir qismini jarohat sohasidagi teri ostiga yuborish mumkin. Immunoglobulin sust immunitet hosil qiladi va kasallikning yashirin davrini uzaytiradi. Preðarat kiritilganidan 24 soatdan keyin vaksinatsiya kursi boshlanadi. Vaksina miqdori (2—5 ml atrofida) va emlash tishlangan joyning joylashishi, xarakteri va qachon tishlanganligiga qarab individual ravishda belgilanadi. Vaksina har kuni qorin teri osti kletchatkasiga yuboriladi. Vaksinatsiya o‘rtacha 20—25 kun davom ettiriladi. Bosh yoki yuzda ancha xavfli tishlanishlar bo‘lganda birinchi kurs tugaganidan 10—15 kun o‘tgach qisqartirilgan kurs bilan revaksinatsiya o‘tkaziladi. Sero- teraðiya va vaksinatsiya travmatologik ðunktlarda o‘tkaziladi. Emlash o‘tkazilayotgan davrda va o‘tkazilgandan keyin 6 oygacha sðirtli ichimliklar iste’mol qilish qat’iy man etiladi, chunki u vak- sinaning samaradorligini kamaytirib, immunitet hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Nazorat savollari 1. Quturishning tabiiy o‘choqlari nimalar hisobiga saqlanib turadi? 2. Quturish qanday yuqadi? 3. Nima uchun bosh, yuz va bo‘yin sohalaridagi jarohatlar xavfli hisoblanadi? 372 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya 4. «Babesh-Negri tanachalari» nima? 5. Quturish rivojlanishida qanday davrlar farqlanadi? 6. Qo‘zg‘alish davri qanday xarakterlanadi? 7. «Gidro-», «aero-», «foto-» va «akustikofobiya» deganda nimani tushunasiz? 8. Quturish ðrofilaktikasini gapirib bering. Oqsim (aðhtae eðizooticae) Oqsim — o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, isitma, umumiy intok- sikatsiya, og‘iz shilliq ðardalarining aftoz (mayda ðufakchalar hosil bo‘lib) hamda kaft terisi zararlanishi bilan xarakterlanadi. Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchi ðikornaviruslarga mansub. Virion kattaligi 20—30 nm, RNK ga ega, to‘qima kulturalari va rivoj- lanayotgan tovuq embrionida o‘sadi. Òirik vaksinalar sifatida ishla- tiladigan virus shtammlari olingan. Laboratoriya hayvonlaridan oqsimga dengiz cho‘chqalari va yangi tug‘ilgan sichqonlar juda sezgir. Oqsim virusi tashqi muhitga chidamli bo‘lib, quritilganda va muz- latilganda yaxshi saqlanadi, sðirt va efirga kam sezgir. 60°C gacha qizdirilganda va ultrabinafsha nurlar ta’sirida tez nobud bo‘ladi. Eðidemiologiyasi. Infeksiya rezervuari va manbai kasal hayvonlar, ayniqsa yirik shoxli hayvonlar, cho‘chqalar va echkilar, ba’zi hollarda hayvonlarning boshqa turlari hisoblanadi. Kasal hayvonlar virusni tashqi muhitga so‘lagi, suti, najasi va siydigi orqali ajratadi. Virus tashqi muhitda 2—3 oygacha saqlanadi. Odam kasallikni asosan xom sutli mahsulotlarni iste’mol qilganda, ba’zi hollarda esa kasal hayvonlar bilan bevosita aloqada bo‘lganda (shilinishlar, qirilishlar bo‘lganda teri qoðlamlari orqali) yuqtiradi. Odamda kasallik sðoradik shaklda uchraydi. Katta odamlar bolalarga nisbatan oqsimga kam mo- yil bo‘ladi. Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Infeksiya darvozasi zarar- langan teri yoki og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavati hisoblanadi. Infeksiya kirgan joyda birlamchi afta, ya’ni birlamchi affekt hosil bo‘ladi, unda viruslar to‘ðlanib rivojlanadi. Keyinchalik virus kirish darvozasidan qonga o‘tadi (virusemiya), gematogen yo‘l bilan butun organizm bo‘ylab tarqaladi, og‘iz va burun bo‘shlig‘i, til va kaft terisida, ayniqsa tirnoqlar orasida va barmoqlararo burmalarda 373 MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar yig‘iladi. Bu yerda ikkilamchi aftalar ðaydo bo‘ladi. Virusemiya vaqtida tana harorati ko‘tariladi va umumiy intoksikatsiya belgilari ðaydo bo‘ladi. Òeri va shilliq qavatlarning zararlangan sohalaridagi bioðtatlarda o‘choqli nekrozlar uchraydi. O‘lim hollari juda kam kuzatiladi. Patologoanatomik tekshirib ko‘rilganda og‘iz bo‘shlig‘i, qizil- o‘ngach, ichaklar shilliq ðardalarida nekroz o‘choqlari hamda yiringli-nekrotik traxeobronxit va uretrit aniqlanadi. Yurak mushak- larida o‘zgarishlar qayd etiladi, jigar, buyrak va miyada venoz to‘laqonlik aniqlanadi. Klinikasi. Yashirin davr 2—12 kun (ko‘ðincha 3—8 kun) davom etadi. Kasallik o‘tkir boshlanadi. Kuchli et uvushib, mushaklarda og‘riq seziladi, tana harorati kasallikning 1-kun oxiri yoki 2-kunida 40°C gacha ko‘tariladi va 5—6 kun davomida yuqori ko‘rsatkichlarda saqlanadi. Òez orada umumiy belgilarga shilliq qavatlar zararlanishi belgilari qo‘shiladi (qattiq ovqatni chaynaganda og‘izda og‘riq, so‘lak oqishi, ko‘z qizarishi va siydik ajratishda og‘riqlar). Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida ko‘ðlab mayda ðufakchalar ðaydo bo‘ladi, bular dastlab tiniq, so‘ngra loyqa sarg‘ish moddalar bilan to‘lgan bo‘ladi. 1—2 sutkadan keyin ðufakchalar yoriladi, ularning o‘rnida yaralar (eroziyalar) ðaydo bo‘ladi. Ularning qirralari qizargan bo‘lib, tubi kulrang ðarda bilan qoðlanadi. Bemor ta’sir- chan bo‘lib qoladi, gaðlasha olmaydi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati yallig‘langan (qizargan va shishgan) bo‘lib, ko‘ð so‘lak ajraladi. Yaralar hosil bo‘lganda ovqatni maydalash va yutish yanada qiyin- lashadi. Òoshmalar odatda tilga, tanglayga, milklarga, ba’zan burun, qin shilliq ðardalariga, konyunktivaga, ayrim bemorlarda teriga, ayniqsa kaftga, ðanjalarga, boldir sohasiga va og‘iz atrofiga toshadi (48-rasm). Bolalarda oqsim o‘tkir gastroenterit chaqirishi mumkin. Bar- moqlararo burmalar va tirnoqlar atrofidagi teri zararlanadi. Òosh- malar toshishi bir haftacha davom etadi. Yangi toshmalar ðaydo bo‘lishi kasallikning bir necha oylar va hatto bir yilgacha cho‘zi- lishiga sabab bo‘ladi. Sog‘ayish boshlanishi bilan shilliq qavatlardagi yarali nuqsonlar eðitelizatsiya bo‘la boshlaydi. Ko‘ðchilik bemorlarda sog‘ayish davri 10—15 kun davom etadi. 374 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Oqsim kasalligida qator subyek- tiv belgilar kuzatilsada, umumiy qilib aytganda kasallik boshlangani- dan 15—20 kun keyin to‘la sog‘a- yish bilan yakunlanadi. O‘lim hollari kuzatilmaydi, faqat kamquvvat be- morlar va nimjon bolalarda ikkilam- chi infeksiyalar qo‘shilishi tufayli seðtik holatlar rivojlanishi mumkin. Òashxisi. Oqsimning klinik tash- xisi tiðik kechgan vaqtda qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bunda eðide- miologik ma’lumotlar va xarakterli klinik belgilar hisobga olinadi. Oqsim uchun kasallikning o‘tkir boshlanishi, og‘izda og‘riq ðaydo bo‘lishi, ayniqsa qattiq ovqatlarni chaynashda kuchayishi, og‘izdan ko‘ð so‘lak oqishi, og‘iz shilliq ðardalarida, tilda va qo‘l-oyoq barmoqlarining tirnoq atroflarida aftoz toshmalar bo‘lishi va ðufakchalarning keyinchalik yaralarga aylanishi xarakterli belgilar hisoblanadi. Oqsimda serologik reaksiyalar KBR va BGAR yordamida qo‘sha zardoblar bilan 6—8 kun oralig‘ida o‘tkaziladi. Òashxis qo‘yishda biologik sinama katta ahamiyatga ega bo‘lib, bemordan olingan afta moddalari dengiz cho‘chqalari ðanjalari «yostiqchalari»ga surtiladi. Òajriba hayvonlarida oqsim virusi surtilgan joyda xarakterli aftoz elementlar vujudga keladi. Davolash. Bemorlarga ovqat suyuq va yarim suyuq holda sutkasiga 4—5 mahal beriladi. Shuningdek, ko‘ð suyuqlik ichish buyuriladi. Ovqatlanishdan oldin bemorga 0,1 g anestezin berish mumkin. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlari kuchli aftoz zararlanganda bemorni zond yordamida ovqatlantirishga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga rioya qilish katta ahamiyatga ega. Buning uchun og‘iz kaliy ðermanganatning kuchsiz eritmasi, 3% li vodorod ðeroksid eritmasi, 0,25% li novokain eritmasi, moychechak yoki mavrak qaynatmasi bilan tez-tez chayib turiladi. Aftalarga kortikosteroid ðreðaratlarga ega bo‘lgan malhamlar (oksikort, ðrednizolon malhami) qo‘yiladi. Ko‘z zararlanganda ko‘zni 2% li bor kislota eritmasi bilan yuvilib, unga 15—30% li sulfatsil-natriy eritmasi tomiziladi hamda 1% li kortizon eritmasi qo‘llanadi. Og‘ir hollarda dezintoksikatsiya o‘tkaziladi, yurak-tomir 48-rasm. Oqsim. Qo‘l terisidagi o‘zgarishlar.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling