M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/53
Sana20.04.2020
Hajmi1.82 Mb.
#100343
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya

digan harorat reaksiyalari, bosh og‘rig‘i, umumiy holsizlik bilan

xarakterlanadi. Ba’zan kuchli intoksikatsiya rivojlanishi mumkin.

Qo‘zg‘alish va alahsirashlar kuzatilishi mumkin. Yuqori harorat

odatda 3—4 kun davomida doimiy turadi, so‘ngra esa ertalabki va

kechki harorat o‘rtasida ozroq o‘zgarishlar ðaydo bo‘ladi (ko‘ðincha

1°C atrofida). Asta-sekinlik bilan harorat subnormal ko‘rsat-

kichgacha tushishi mumkin. Xuddi shunday mahalliy yallig‘lanish

o‘chog‘i ham asta-sekin tuzala boshlaydi. 8—12 kundan keyin

sog‘ayish kuzatiladi. Kasallik o‘chog‘idagi mahalliy o‘zgarishlar

45-rasm. Saramas.


328

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

ularning rivojlanish intensivligiga qarab 5—15-kunlari yo‘qoladi.

Asoratlariga teri ðo‘stining tushishi va ðigmentatsiyalar kiradi.

Saramas residivlari kasallikdan keyin bir necha kundan to 2

yilgacha kuzatilishi mumkin. Kasallik residivida yallig‘lanish o‘chog‘i

boshqa joylarda uchraydi. Kasallik residivining sabablari to‘la bo‘lma-

gan va noto‘g‘ri davolanish hamda qoldiq asoratlar bo‘lishi mumkin.

Òez-tez uchraydigan residivlarda isitma davri odatda qisqa (1—2 kun),

mahalliy jarayonlar kam rivojlanadi va bemorlar ko‘ðincha o‘zlarini

yaxshi his etadilar.

Saramasning asoratlari turlichadir. Ular barcha streðtokokkli

kasalliklar (revmatizm, miokardit, nefrit, seðsis va b.) uchun

umumiy va saramas uchun sðetsifik bo‘lishi mumkin. Sðetsifik

asoratlarga teridagi yaralar va teri nekrozlari (saramasning gangrenoz

shakli), abssesslar va teri osti kletchatkasidagi flegmonalar, bullez

elementlarning yallig‘lanishi va tromboflebitlar kiradi. Saramasning

ko‘ð marta kuzatilgan residivlari bir joyda uchrasa, limfa aylanishi

buzilib, qo‘shuvchi to‘qima o‘sishi va saramasning og‘ir asorati —

fillashuv (teri va teri osti kletchatkalarining keskin qalinlashuvi

tufayli biror a’zo, ko‘ðincha oyoqlarning g‘oyat katta bo‘lib ketishi

kasalligi)ga olib keladi. Fillashuv (yiriklashuv) ko‘ðincha oyoqlarda

uchraydi, chunki oyoq terisi ko‘ð zararlanadi — shilinishlar,

tirnalishlar va yaralar eski o‘choqlarning yangilanishi va yangilari-

ning ðaydo bo‘lishiga sharoit yaratadi.

Òashxisi. Saramas tiðik kechganda, ya’ni o‘tkir boshlanib, tana

harorati baland, sog‘lom teridan aniq ajralib turadigan giðeremiya,

chegaralovchi valik, mahalliy shish, zararlangan sohaning og‘rishi

va boshqa xarakterli o‘zgarishlar bo‘lganda unga tashxis qo‘yish qiyin

emas. Bemorlar mahalliy o‘zgarishlar rivojlangunga qadar kasal-

likning dastlabki soatlarida tibbiy yordam uchun murojaat qilgan-

larida, saramas boshning sochli qismlarida uchraganda, eritema kam

rivojlanganda va sochlar bilan yashiringan holda hamda uncha

bilinmaydigan shakllarida, antibiotiklarni erta qo‘llagan vaqtda

tashxis qo‘yish ancha qiyinlashadi. Laboratoriya tekshiruvlari kam

ahamiyatga ega. Bemorlarda leykositoz, neytrofilyoz, biroz oshgan

yoki normal ECHÒ kuzatiladi.

Davolash. Penitsillin qatoridagi antibiotiklar ancha samarali

hisoblanadi. Penitsillin mushak orasiga 500000 ÒB birlikda har 6



329

MAXSUS QISM. IV. Òashqi qoðlamlar infeksiyalari

soatda 7—10 kun davomida tayinlanadi. Asoratlar kuzatilganda

residivlar ðrofilaktikasi uchun bitsillin-5 (1500000 ÒB birlikda

mushak orasiga) buyuriladi. Penitsillin mumkin bo‘lmagan hollarda

eritromitsin (0,3 g dan kuniga 5 mahal) yoki tetrasiklinni (0,3—0,4

g dan kuniga 4 mahal) 7—10 kun davomida (mahalliy simðtomlar

yo‘qolganidan keyin 2—3 kungacha) qo‘llash mumkin. Òez-tez

residivlanib turuvchi saramasda yarimsintetik ðenitsillinlar: oksa-

sillin, metisillin, amðitsillinlar ishlatiladi. Antibiotiklar bilan

davolash muddati — 8—10 kun. Organizmning streðtokokka sezgir-

ligini kamaytirish uchun antigistamin ðreðaratlar tayinlanadi.

Vitaminlar, ðentoksil va metilurasilni ham tayinlash mumkin.

Kasallik og‘ir kechganda antibiotiklar bilan davolash jarayonida

kortikosteroid ðreðaratlardan ðrednizolon ham buyuriladi. Mahalliy

muolajalar hozirgi vaqtda tavsiya etilmaydi. Faqatgina terining

zararlangan sohasiga (yallig‘lanish sohasi atrofidagi 5 sm sog‘lom teri

bilan birga) eritem dozada ultrabinafsha nurlar tayinlanishi mum-

kin.


Davolashning birinchi 5 kunida qat’iy yotoq rejimi buyuriladi.

Bemorlar komðleks davolash tugagandan va mahalliy o‘zgarishlar

ancha kamaygandan yoki yo‘qolgandan so‘ng kasallikning asoratlari

— terining ðo‘st tashlashi, ðigmentatsiya va giðeremiyaga qaramay,

tana harorati normaga tushganidan kamida 7 kundan keyin shifo-

xonadan chiqarilishlari mumkin. Sog‘ayib chiqqanlar 3 oy davo-

mida, tez-tez residivlar uchrab turadigan bemorlar esa tuzal-

ganidan keyin kamida 2 yilgacha ro‘yxatda turishlari zarur.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Har doim

teri tozaligi va butunligiga ahamiyat berish, gigiyenik qoidalarga rioya

qilish, ayniqsa oyoqlarda yorilishlar, shilinishlar va kesilishlar

bo‘lishining oldini olish zarur. Yuzda va burun shilliq qavatlarida

tirnalishlarga yo‘l qo‘ymaslik lozim, chunki tirnoq osti sohasida

ko‘ðlab streðtokokklar mavjud bo‘lib, ular kasallikka olib kelishi

mumkin. Yaralarni birlamchi tozalash yara infeksiyasi sifatida

saramas ðrofilaktikasidagi ishonchli vositalardan biri hisoblanadi.

Saramasning residivli shaklida bitsillinoðrofilaktika o‘tkaziladi.

Bitsillin-5 1500000 ÒB birlikda mushak orasiga 3—4 hafta oraliq bilan

1—3 yil davomida tayinlanadi. O‘choqda ðrofilaktika tadbirlari o‘tka-

zilmaydi.



330

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Nazorat savollari

1. Saramasda kimlar infeksiya manbai bo‘lib hisoblanadi?

2. Saramas kasalligida infeksiya organizmga qanday yo‘l bilan

kiradi?

3. Saramasning eritematoz shakli haqida gaðirib bering.



4. Kasallik residivi deganda nimani tushunasiz?

5. Kasallikka qanday ma’lumotlar asosida tashxis qo‘yiladi?

6. Saramasda qanday antibiotiklar qo‘llanadi?

7. Bitsillinoðrofilaktika haqida gapirib bering.

Qoqshol (tetanus)

Qoqshol — eng og‘ir o‘tkir yuqumli kasalliklardan biri bo‘lib,

organizmga zararlangan teri va ba’zan shilliq qavatlar orqali kirgan

toksinlar bilan markaziy nerv sistemasining zararlanishi tufayli

yuzaga keladigan skelet mushaklarining tonik taranglashishi va keng

yoyilgan talvasalar bilan xarakterlanadi.

Etiologiyasi. Qoqshol qo‘zg‘atuvchisi Clostridium tetani dir.

Qo‘zg‘atuvchi nozik tayoqcha  bo‘lib, 4—8 mkm kattalikka ega. U

harakatchan, 20 taga yaqin uzun xivchinlarga ega, grammusbat,

anaerob, ekzotoksin ishlab chiqaradi. Bu toksin nerv sistemasini

zararlaydi. Òashqi muhitda qoqshol tayoqchasi tomonlarining bir

uchi kengaygan holda sðora hosil qiladi, uning hajmi ko‘ndalang

kesimidan katta bo‘ladi va natijada unga baraban tayoqchasi shaklini

beradi. Sðoralar tashqi muhitning fizik va kimyoviy omillariga

chidamlidir. Najasda, tuðroqda, turli buyumlarda ular yillar

davomida saqlanishi mumkin. Normal kislorod bilan ta’minlanishi

buzilgan, ezilgan to‘qimalarga tushganidan keyin qoqshol tayoq-

chalari sðorasi vegetativ (tayoqchasimon) shaklga aylanadi.

Eðidemiologiyasi. Infeksiya manbai — hayvonlar va odam hisob-

lanadi, ularning ichagida qo‘zg‘atuvchi saðrofit holda yashaydi va

nafas bilan tashqi muhitga keng tarqaladi, (ayniqsa tuðroqda). U

yerda esa u sðora shaklida uzoq yillar saqlanadi. Infeksiya yuqtirish va

qoqshol bilan kasallanish hollari teridagi yaralar, shilinishlar va

yorilishlarga qoqshol qo‘zg‘atuvchisi sðorasi, ba‘zan esa tuðroqdan

uning vegetativ shakllari tushganda kuzatiladi. Qoqshol kasalligi bilan


331

MAXSUS QISM. IV. Òashqi qoðlamlar infeksiyalari

kasallanish jarohatlanishlar bilan bevosita bog‘liqdir. Ayniqsa

oyoqlardagi mayda jarohatlar: oyoqyalang yurganda o‘tkir buyumlar

kirib ketishi, butalardagi tikanlar sanchilishi va boshqa shunga

o‘xshaganlar kasallik yuqtirishning keng tarqalgan sababchilari

hisoblanadi. Kasallik kuyganda va sovuq oldirganda, tuqqanlarda

(tug‘ishda yoki abort ðaytida bachadonning yaralangan yuzasidan)

va chaqaloqlarda (kindik yo‘llari orqali aseðtika qoidalariga rioya

qilinmaganda) ham kuzatilishi mumkin.

Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Qoqshol bakteriyalari

nekroðarazitlar hisoblanadi, ya’ni ular o‘lik to‘qimalarda rivojlanadi.

Sðoralarning vegetativ shaklga aylanishi va toksin ishlab chiqarishi

uchun anaerob sharoitlar zarur, ular anaerob sharoitni yuzaga

keltiradigan jarohatlar yoki aerob (yiringli) infeksiya qo‘shilishi

tufayli erkin kislorod yutilishi natijasida yuzaga keladi. Qoqshol

toksini kirish darvozasidan qon va ðeriferik nervning harakat-

lantiruvchi tolalari orqali orqa va uzunchoq miyaga tushadi. U yerda

uning ta’sirida kuchli qo‘zg‘alish kuzatiladi, bu esa talvasaga sabab

bo‘ladi. Barcha turdagi tormozlanishlarning yo‘qolishi mushak-

larning tonik taranglashishiga olib keladi. Nafas markazi zararlanadi.

Qoqsholda o‘lim hollarining asosiy sabablari talvasa sindromi

natijasidagi asfiksiya (bo‘g‘ilish), nafas yoki yurak faoliyatining

falajlanishi, asoratlari (seðsis, ðnevmoniya) hisoblanadi. Kasal-

likdan so‘ng immunitet hosil bo‘lmaydi. Chunki toksinning antigen

sifatidagi ta’siri kam, shuning uchun ham qayta kasallanishlar

kuzatilishi mumkin.

Patologoanatomik o‘zgarishlar asosan talvasa natijasida yuzaga

keladi: nekrozlar, ayrim ðaytlarda esa ko‘ndalang-targ‘il mushak

tolalarining uzilishlari va ularga qon quyilishlar, suyaklar, hatto

umurtqa ðog‘onasining sinishi kuzatiladi. Ichki a’zolarda talvasa

vaqtida kuzatiladigan asfiksiya tufayli yuzaga keladigan distrofik

o‘zgarishlar aniqlanadi.

Klinikasi. Yashirin davr 3 kundan 30 kungacha (ko‘ðincha 5—

14 kun) davom etadi. Infeksiyaning organizmga kirish darvozasidan

to markaziy nerv sistemasigacha bo‘lgan masofa qancha yaqin

bo‘lsa, yashirin davr ham shuncha qisqa davom etadi. Qoqshol og‘ir

kechadi va o‘lim hollari ko‘ð uchraydi.

Kasallikning boshlanish davri bo‘lmasligi mumkin yoki u

holsizlik, bezovtalik va qo‘zg‘alish belgilari bilan namoyon bo‘ladi.


332

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Jarohat sohasida tortishib turadigan og‘riqlar, achishishlar, san-

chishlar, jarohat atrofida mushaklarning titrashlari kuzatiladi.

Mushaklarning talvasali qisqarishlari, hammasidan ilgari chaynash

mushaklarining og‘riqli talvasasi — trizm kuzatiladi. Mimika mu-

shaklari sðazmi qayd etiladi, natijada «sardonik jilmayish» (ðesho-

naning burishishi, qoshlarning ko‘tarilishi, ko‘zlar atrofida ajinlar

ðaydo bo‘lishi, tishlarning qattiq qisilishi) kuzatiladi (46-rasm, a).

Òezda tonik talvasalar ensa hamda bo‘yin, yelka, qorin va qo‘l-oyoq

mushaklarini qamrab oladi. Òalvasaning katta xuruji rivojlanganda

bemor boshi orqaga qayriladi, gavdasi yoysimon bukiladi, ensa va

tovonga tiralgan holda u oðistotonus holatiga tushadi (46-rasm, b).

Òalvasa ko‘krak qafasi va diafragma mushaklariga ham tarqaladi,

nafas olish harakati buziladi, u yuzaki va tezlashgan holda bo‘ladi.

Uzoq davom etadigan talvasa xuruji asfiksiyaga sabab bo‘lishi

mumkin.


Bir vaqtda reflektor qo‘zg‘alish ham kuchayadi, natijada ozgina

tashqi ta’sirlar, ya’ni shovqin, teginish va shunga o‘xshaganlar

talvasani qo‘zg‘atadi yoki kuchaytiradi.

Bemorlarning tana harorati odatda ozroq ko‘tariladi, xurujlar

vaqtida giðeremiya va kuchli ter ajralishi kuzatiladi; es-hush

saqlangan holda bo‘ladi. Siydik va najas ajralishi qiyinlashadi.

Xurujlar soni va kuchi kasallik og‘irligini ko‘rsatadi. Kasallikning

og‘ir shakllarida qisqa yashirin davrdan so‘ng asfiksiya yoki yurak-

ning falajlanishi natijasida kasallikning birinchi kunlaridayoq o‘lim

yuz berishi mumkin. Kasallikning uncha og‘ir bo‘lmagan shakllarida

talvasali qisqarishlar kam, xurujlar esa qisqa bo‘ladi va jarayonda

kam miqdordagi mushaklar guruhi qatnashadi. Bunday hollarda

46-rasm. Qoqshol.

a–sardonik jilmayish; b–oðistotonus.



333

MAXSUS QISM. IV. Òashqi qoðlamlar infeksiyalari

kasallik sekin kechadi. Kasallikda o‘lim holatlari nafaqat bemorlardagi

tutqanoqlar ta’sirida, balki asoratlar tufayli ham yuzaga kelishi

mumkin. Sog‘ayish bir necha haftalar davomida talvasalarning asta-

sekin kamayishi bilan sekin kuzatiladi.

Òashxisi. Qoqsholga tashxis anamnez (shikastlanishlar mav-

judligi) va kasallikning tiðik klinikasi — jarohat atrofida tortishib

og‘rishlar va mushaklar titrashlari, trizm, mimika mushaklari

taranglashishi, yutinishning buzilishi, oðistotonus va boshqalarga

asoslangan holda qo‘yiladi.

Davolash. Qoqshol bilan og‘rigan barcha bemorlar shifoxonaga

yotqizilishlari shart. Davolash tadbirlari yirik shifoxonalar yoki

klinikalarning anesteziologik yoki ixtisoslashgan bo‘limlarida o‘tka-

ziladi. Bemorni alohida qorong‘i va tinch xonaga yotqizish zarur.

Individual ðarvarish va kuzatuv muhim ahamiyatga ega. Davolash

maqsadida mushak orasiga qoqsholga qarshi zardob 100000—150000

xalqaro birlikda ishlatilgan holda dastlab teri ichiga qo‘yilgan sinama

va desensibilizatsiyadan so‘ng yuboriladi.

Qoqshol organizmda turg‘un immunitet hosil qilmaydi, shuning

uchun zardob bilan bir vaqtda faol immunitet yaratish maqsadida

mushak orasiga 0,5 ml miqdorda adsorblangan qoqshol anatoksini 5—

7 kunlik oraliq bilan uch marta yuboriladi. Bir oydan keyin revak-

sinatsiya o‘tkaziladi.

Òalvasa sindromini kamaytirish uchun xloralgidrat 1,5—2 g

miqdorda  sutkasiga 3—4 marta huqnada va barbituratlar hamda

neyroleðtik moddalar tayinlanadi. Bunda quyidagi tarkibdagi ara-

lashmani ishlatish mumkin: 2 ml 2,5% li aminazin, 1 ml 2% li

ðantoðan, 2 ml 1% li dimedrol va 0,5 ml 0,05% li skoðolamin

eritmasi. Aralashma mushak orasiga sutkasiga 3—4 mahal yuboriladi.

Òalvasa kuchaya borsa, qoqsholning og‘ir shaklida miorelaksantlar

qo‘llanadi va bemor sun’iy nafasga o‘tkaziladi (o‘ðkani sun’iy

ventilyatsiya qilish). Bemor o‘zi nafas ola boshlagandan keyin sun’iy

nafas oldirish asta-sekin to‘xtatiladi va ma’lum vaqtdan keyin

traxeostom yoðiladi.

Asoratlarni davolash va ularning oldini olish uchun antibio-

tiklardan ðenitsillin, eritromitsin va boshqalar qo‘llanadi. Ko‘rsat-

maga asosan yurak ðreðaratlari ishlatiladi.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Jarohatlarga

ðuxta xirurgik ishlov beriladi, yot jismlar va o‘lgan to‘qimalar olib


334

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

tashlanadi, aeratsiya (kislorod kirishini ta’minlash) va suyuqliklar

oqimi buyuriladi. Qoqshol ðrofilaktikasi qoqshol anatoksini yor-

damida rejali immunizatsiya o‘tkazish orqali o‘tkaziladi. Qoqsholning

shoshilinch ðrofilaktikasi teri va shilliq qavatlar butunligini buza-

digan har qanday shikastlanishlar va jarohatlarda, II va III darajali

kuyishlarda, II va III darajali sovuq oldirganda, hayvonlar tish-

laganda o‘tkaziladi. Faol-sust ðrofilaktika o‘tkaziladi. Avval teri ostiga

1 ml adsorblangan qoqshol anatoksini kiritiladi, so‘ngra 30 minut-

dan keyin boshqa shðris bilan va tananing boshqa sohasiga 3000

xalqaro birlikda qoqsholga qarshi zardob yuboriladi (dastlab teri ichiga

sinama quyilgandan va desensibilizatsiya o‘tkazilgandan keyin).

Jarohat olishlar bilan kurashish qoqshol ðrofilaktikasining muhim

shartlaridan biri hisoblanadi. Qoqshol bilan zararlanish xavfi yuqori

bo‘lgan kishilar qoqshol anatoksini bilan emlanadi. Anatoksin teri

ostiga ikki marta 0,5 ml dan 30—45 kunlik interval bilan yuboriladi.

9—12 oydan keyin 0,5 ml anatoksin yordamida revaksinatsiya

o‘tkaziladi. Emlashdan keyin immunitet ishlab chiqiladi va u bir

necha yillar davomida saqlanadi.

Nazorat savollari

1. Qoqshol nima?

2. Qoqshol qo‘zg‘atuvchisiga ta’rif bering.

3. «Sardonik jilmayish» nima?

4. «Oðistotonus»ni tushuntirib bering.

5. Qoqsholga qarshi zardob qanday yuboriladi?

6. Qoqsholda qo‘llaniladigan talvasaga qarshi ðreðaratlarni sanab

bering.

7. Qoqshol ðrofilaktikasi haqida gaðirib bering.



Òashqi qoðlamlar infeksiyalari boyicha testlar

va vaziyatli masalalar

1. Saramasni streðtokokklar qo‘zg‘ata oladimi?

A) ha;

B) yo‘q.


2. Sog‘lom odam organizmida qoqshol qo‘zg‘atuvchilari uchrashi

mumkinmi?

A) ha;

B) yo‘q.


335

MAXSUS QISM. IV. Òashqi qoðlamlar infeksiyalari

3. Oðistotonus saramasda uchrashi mumkinmi?

A) ha;

B) yo‘q.


4. Saramas qo‘zg‘atuvchisi nima?

A) viruslar; B) gemolitik streðtokokk; C) zamburug‘lar; D)

rikketsiyalar; E) A va D.

5. Saramas qanday yuqadi?

A) havo-tomchi va havo-chang yo‘li bilan; B) qon quyganda

qon orqali; C) ðashsha chaqqanda; D) teri va shilliq ðardalarning

zararlangan joyidan; E) oziq-ovqatlar bilan hazm yo‘llari orqali.

6. Saramasni davolashda qo‘llanadigan asosiy ðreðarat nima?

A) ðenitsillin; B) asðirin; C) nistatin; D) eufillin; E) askor-

binat kislota.

7. Qoqshol qo‘zg‘atuvchilari nima?

A) stafilokokklar; B) klostridiyalar; C) viruslar; D) sodda or-

ganizmlar; E) zamburug‘lar.

8. Qoqshol qo‘zg‘atuvchisiga xos bo‘lmagan xususiyatni ko‘r-

sating.

A) tayoqcha shaklida; B) harakatchan; C) grammusbat; D)



aerob; E) ekzotoksin ishlab chiqadi.

9. Òrizm nima?

A) chaynov mushaklarining og‘riqli qisqarishi; B) mimika

mushaklarining qisqarishi; C) yutishning buzilishi; D) ko‘rish-

ning buzilishi; E) eshitishning ðasayishi.

10. Ptoz nima?

A) ko‘zga ikkita bo‘lib ko‘rinish; B) yutishning buzilishi; C)

mimika mushaklarining qisqarishi; D) qo‘l-oyoqlarning falajlanishi;

E) to‘g‘ri javob yo‘q.

11. Qoqshol kasalligining o‘tkir xurujida bemorning boshi orqaga

qayriladi, gavda yoysimon egilishi tufayli bemor tovon va ensaga

tayangan holda yotadi. Bunday holat qanday nomlanadi?

A) ðtoz; B) oðistotonus; C) diðloðiya; D) anizokoriya; E)

disfagiya.

12. Qoqshol __________

A) anaerob mikroblar va ularning toksinlari qo‘zg‘atadigan

yuqumli kasallik bo‘lib, uning klinikasida ðtoz, diðloðiya, anizo-

koriya kabi belgilar kuzatiladi;

B) gemolitik streðtokokk chaqiradigan umumiy yuqumli kasallik

bo‘lib, chegaralangan va ajralib turadigan yallig‘lanish o‘chog‘i hosil



336

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

qilgan holda terining jarohatlanishi hamda intoksikatsiya belgilari

bilan kechadi;

C) eng og‘ir o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, bunda organizmga

zararlangan teri va ba‘zi hollarda shilliq qavatlar orqali kirgan tok-

sinlar bilan markaziy nerv sistemasining zararlanishi tufayli skelet

mushaklarining tonik taranglashishi va keng yoyilgan talvasalar

kuzatiladi;

D) o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, uni salmonellalar qo‘zg‘atadi

va bakteremiya, umumiy intoksikatsiya, isitma va ingichka ichak

limfatik aððaratining zararlanishi bilan xarakterlanadi;

E) vibrionlar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib,

ingichka ichakning toksik shikastlanishi va suv-elektrolit alma-

shinuvining buzilishi bilan kechadi.

13. Saramas bu _________

A) o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, bunda organizmga teri va shilliq

qavatlar orqali kirgan toksinlar bilan markaziy nerv sistemasi

zararlanadi (oðistotonus kuzatiladi);

B) umumiy yuqumli kasallik bo‘lib, chegaralangan va ajralib

turadigan yallig‘lanish o‘chog‘i hosil qilgan holda terining jaro-

hatlanishi hamda umumiy intoksikatsiya belgilari bilan kechadi;

C) o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, asosan bosh va orqa miya

ðardalarining zararlanishi va nazofaringit, yiringli meningit va

meningokokksemiya bilan kechadi;

D) o‘tkir virusli infeksiya bo‘lib, kuchli bo‘lmagan intoksikatsiya

va yuqori nafas yo‘llari, ayniqsa hiqildoq zararlanishi bilan xarak-

terlanadi;

E) o‘tkir virusli infeksiya bo‘lib, intoksikatsiya va yuqori nafas

yo‘llari shilliq qavatining zararlanishi bilan kechadi (tumov, aksa

urish, yo‘tal, ko‘zdan yosh oqishi kuzatiladi).

1-masala

K. ismli 37 yoshdagi bemor shifoxonaga yotqizildi. Kasallik o‘tkir

boshlangan: et uvushib tana harorati 39°C gacha ko‘tarilgan. Ko‘ngli

aynib, bir marta qusgan. Keyingi kun yuz terisida ozroq og‘riq

sezgan. So‘ngra shu joyda qizarish va ozroq shish ðaydo bo‘lgan.

Òekshirib ko‘rilganda yuzning o‘ng chakka sohasida qizarish, shish

va mahalliy haroratning balandligi aniqlandi. Qizargan soha atrofdagi

sog‘ teridan aniq ajratib turadi.



337

MAXSUS QISM. IV. Òashqi qoðlamlar infeksiyalari

1. Qanday tashxis qo‘yish mumkin?

2. Kasallik sababchisi qanday qilib organizmga tushgan?

3. Kasallikni qanday davolash mumkin?

2-masala

Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga E. ismli 44 yoshdagi bemor

yotqizildi. Bemorning aytishi bo‘yicha 20 kun oldin yiqilish nati-

jasida ochiq jarohat olgan. Avvaliga jarohat sohasida tortishib og‘rish-

lar kuzatilgan. Keyinchalik uning atrofidagi mushaklar titrab

qisqargan. Bemor zudlik bilan shifoxonaga olib kelingan.

1. Qanday kasallikning birinchi belgilari kuzatilayotgan bo‘lishi

mumkin?


2. Òashxisni aniqlash uchun qanday tekshiruvlar o‘tkaziladi?

3. Bemorga hozirgi vaziyatda dastlab qanday yordam beriladi?

3-masala

Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 46 yoshdagi R. ismli bemor

yotqizildi. Ko‘zdan kechirilganda bemorning ahvoli juda og‘ir.

Chaynash mushaklari tortishib qisqargan, mimika mushaklarida

sðazm holati ko‘rinadi, ðeshonasi tirishgan, qoshlari ko‘tarilgan,

ko‘z atrofida ajinlar va tishlarning mahkam qisilganligi aniqlandi.

Yutish buzilgan.

1. Qanday kasallikning alomatlari kuzatilgan?


Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling