M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya
bosh og‘rig‘i va mushaklarda og‘riq seziladi. Bemor bel sohasidagi kuchli og‘riqdan shikoyat qiladi. Uning tashqi ko‘rinishi xarakterli bo‘lib, yuz va ko‘krakning yuqori qismlarida giðeremiya kuzatiladi. Skleralar va konyunktiva tomirlari qizarib, yuz va qovoqlar, lablar shishib va til yarqiragan bo‘ladi. Bemor eyforik va tez ta’sirlanuvchan bo‘lib, ularda uyqusizlik, alahsirash, gallyusinatsiya kuzatiladi. Puls tezlashgan bo‘lib, keyinchalik esa bradikardiya va giðotoniya aniq- lanadi.
Kasallikning 3-kuni bemorning ahvoli og‘irlashadi, yorug‘likdan qo‘rqish va ko‘z yoshining oqishi kuzatiladi, teri va sklera sarg‘ayadi, gemorragik sindrom (milklar qonashi, burundan qon ketishi) namoyon bo‘ladi. Ko‘ðchilik bemorlarda jigar kattalashgan bo‘lib, ðayðaslaganda og‘riydi. Kasallikning 4—5-kuni qisqa muddatli (bir necha soatdan ikki kungacha) remissiya kuzatiladi: tana harorati ðasayadi, bosh og‘riydi va mushaklarda og‘riq yo‘qoladi, ishtaha va uyqu yax- shilanadi. Bu remissiya sog‘ayish davriga o‘tishi mumkin, ammo ko‘ðincha kasallikning keyingi bosqichi — venoz bosqichi (reaktiv bosqich)ga o‘tishi mumkin. Bemor ahvoli yana og‘irlashadi, tana harorati qayta ko‘tariladi, organizm intoksikatsiyasi kuchayadi, gemorragik va sariqlik sindromlari rivojlanadi. Òeri qoðlamlari qizarish o‘rniga oqaradi, ko‘kish tusga kiradi (venoz staz hisobiga). Bu davrda giðotoniya, hatto kollaðs kuzatiladi. Jigar ðayðaslaganda kattalashgan va og‘riqli bo‘ladi. Qonda bilirubin miqdori va tran- saminazalar faolligi oshgan bo‘ladi. Gemorragik sindrom: burun- dan, oshqozon-ichaklardan, bachadondan qon ketishlar va gema- turiya kuchli namoyon bo‘ladi. Azotemiya bilan bir qatorda, oliguriya yoki anuriya qayd etiladi. Ko‘ðincha toksik ensefalit rivojlanadi. O‘lim hollari ko‘ðincha shok, o‘tkir buyrak va jigar yetishmovchiligi natijasida yuzaga keladi. Reaktiv bosqich odatda 4—5 kun (ba’zida 10—14 kun)ni tashkil etadi, shundan keyin kasallik rekonvalessensiya davriga o‘tadi. Òashxisi. Sariq isitma tashxisi eðidemiologik anamnez ma’lu- motlari, klinik belgilar (isitma, intoksikatsiya, gemorragik va sariqlik sindromi, buyrak-jigar yetishmovchiligi) va laboratoriya sðetsifik tekshirish usullari (qonda kasallikning dastlabki 1—4-kunlarida virusning toðilishi) yoki kasallikning keyingi davrlarida (ikkinchi
298 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya haftasidan boshlab) qonda antitelolarning toðilishi (KBR va GAÒR)ga asoslangan. Davolash. Shokka va intoksikatsiyaga qarshi komðleks ðreðaratlar qo‘llaniladi. Qon aylanishini yaxshilaydigan ðreðaratlar buyuriladi. Kuchli azotemiya bilan davom etadigan va kuchayib boruvchi jigar-buyrak yetishmovchiligida gemodializ tayinlanadi. Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Sariq isitmali bemorlar shifoxonada davolanishlari zarur. Kasallikni ðarenteral yuqtirishning oldini olish bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi. Sariq isitmada sðetsifik ðrofilaktika infeksiya o‘chog‘ida tirik vaksina bilan o‘tkaziladi. Vaksina 1:10 nisbatda 0,5 ml teri ostiga yuboriladi. Immunitet 7—10 kundan so‘ng rivojlanadi va 6 yil davomida saqlanadi. Emlashlar xalqaro sertifikatlar orqali o‘tkaziladi. Endemik o‘choqdagi emlanmagan kishilar 9 kun davomida karantinda bo‘ladilar. Nazorat savollari 1. Sariq isitma nima? 2. Sariq isitmaning shahar (eðidemik) o‘chog‘ida kimlar infeksiya manbai bo‘lib hisoblanadi? 3. Qaysi a’zolarda kuchli ðatogistologik o‘zgarishlar kuzatiladi? 4. Gemorragik sindrom nima bilan kechadi? 5. Laboratoriya tashxisi uchun nimalar tekshirish materiallari bo‘la oladi? 6. Sariq isitmaning sðetsifik ðrofilaktikasi qanday amalga oshi- riladi? Paððatachi isitmasi (febris ðaððatasii) Paððatachi isitmasi (iskabtopar isitmasi, flebotom isitma) — iskabtoparlar chaqishi orqali yuqadigan o‘tkir kasallik bo‘lib, qisqa muddatli isitma, kuchli bosh og‘rig‘i, kuchli mushak og‘riqlari, konyunktivit va skleraning o‘ziga xos infeksiyasi bilan kechadi. Etiologiyasi. Kasallikni virus (febrigenes ðaððatasii) qo‘zg‘atadi. Virus zarralarining kattaligi — 40—50 nm. Òovuq embrionida, yangi 299 MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari tug‘ilgan sichqonlarda va to‘qima kulturalarida o‘sadi. Virus qizdi- rilganda va dezinfeksiyalovchi ðreðaratlar ta’sirida faolligini yo‘qotadi. Formalin (1:1000) virusning immunogen xususiyatini yo‘qot- magan holda uni faolsizlantiradi. Glitserinda 2 haftagacha, –70°C gacha muzlatilganda bir yildan ortiq, quritilgan holda esa bir necha yil saqlanishi mumkin. Eðidemiologiyasi. Asosiy infeksiya manbai iskabtopar tarqatuvchi (Phlebotomus ðaððatasii) hisoblanadi, u virusni nasldan naslga o‘tkazadi. Iskabtoparlar bemorni chaqqanida infeksiyani yuqtiradi. Kemiruvchilar va qushlar ham infeksiya manbai bo‘lishi mumkin. Kasallik ikki marta qo‘zg‘alish mavsumiga ega (may, iyun va iyul, avgust). Bular iskabtopar tarqatuvchilar sonining mavsumga yarasha o‘zgarishiga bog‘liq. Iskabtoparlarning boshqa turlari ham kasallik tarqatishi mumkinligi isbotlangan. Ular asosan turar joylarga yaqin yerlarda ðaydo bo‘ladi va ko‘ðincha tunda faol bo‘ladi. Ommaviy kasallanish asosan endemik joylarga birinchi marta kelgan kishilarda kuzatiladi, mahalliy (immun) aholi esa kam kasallanadilar. Patogenezi. Virus odam organizmiga infeksiya yuqtirgan iskab- topar chaqishi orqali tushadi. Odam organizmida virus tez ko‘ðayib, to‘ðlanadi. Viruslar 3—7 kun davomida limfatik tugunlarda joy- lashganidan keyin virusemiya kuzatiladi. Kasallikning birinchi kunlaridayoq bemor qonida virus uchraydi. Virus to‘qimalar (markaziy nerv sistemasi, ilik, mayda qon tomirlar, ko‘ndalang- targ‘il mushaklar)da ko‘ðayadi va ularning funksiyasini buzadi. Miyaga tegishli giðertenziya, simðtomatik o‘zgarishlar, leyko- ðoezning susayishi va hokazolar xarakterli. Kasallik o‘zidan keyin immunitet qoldiradi (ammo qayta kasallanishlar kuzatilgan). Klinikasi. Yashirin davri 3 kundan 9 kun (odatda 4—5 kun)gacha davom etadi. Kasallik o‘tkir boshlanib, et uvushadi, tana harorati bir necha soatlar ichida 39—40°C, ayrim hollarda 41°C gacha ko‘tariladi. Bemorlar kuchli bosh og‘rig‘i (asosan ðeshona qismida), ko‘zni harakatlantirganda og‘riq, umumiy holsizlik, ayrim vaqtda yelka va dumg‘aza sohalarida og‘riq sezadilar. Qovoqlarni qo‘l bilan ko‘targanda yoki ko‘z olmasiga bosib ko‘rilganda og‘riq (Òaussig simðtomi), ko‘krakda qizarish («quyosh shaklidagi eritema»), uchi muguz ðardaga qaragan uchburchak shaklida konyunktivaning qizarishi (Pik simðtomi) kasallikning xarakterli belgilaridan hisoblanadi (36-rasm).
300 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Ayrim ðaytlarda terida eritematoz tosh- ma toshadi. Kasallik og‘ir kechganda meningeal simðtomlar kuzatiladi. Isitma kuchaygan vaqtda bradikardiya, arterial bosimning ðasayishi aniqlanadi. Ayrim bemorlarda qorin dam bo‘lib, sutkasiga 5- —6 martagacha ich ketadi. Jigar va taloq o‘lchamlari o‘zgarmaydi. 1—2 yoki 3—4 kundan keyin tana harorati keskin ra- vishda normagacha yoki undan ham ðastga tushadi. Bunday vaqtda kuchli terlash, og‘ir shakllarda esa hatto kollaðs kuza- tilishi mumkin. Keyingi 4—5 kunlar davomida subfebrilitet kuzatiladi. Ayrim bemorlarda haroratning ikkinchi marta ko‘tarilishi aniqlanadi. Kasallik qisqa vaqt davom etishiga qaramay, sog‘ayish davri 2—4 haftagacha cho‘ziladi. Òashxisi. Paððatachi isitmasiga tashxis qo‘yish kasallik tiðik kechganda (ommaviy kasallanish, isitmaning qisqa muddatliligi, Òaussig va Pik simðtomlari mavjudligi) va tegishli eðidemiologik ma’lumotlar (mazkur joyning geografik joylashishi) bo‘lganda qiyinchilik tug‘dirmaydi. Laboratoriya usulida tekshirganda bemor- lardan virus ajratiladi (tovuq embrioni va to‘qimalar kulturasidan foydalangan holda) yoki ularda sðetsifik antitelolar titri oshadi. Serologik tekshirishlar uchun (neytrallash reaksiyasi, KBR, GAÒR) kasallikning 2—3-kunlari va 2—3-haftasida qo‘sha zar- doblar tekshiriladi. Qonda leykoðeniya, limfoðeniya, aneozinofiliya va monositoz aniqlanadi. Davolash. Sðetsifik davosi yo‘q, antibiotiklar foydasiz. Isitma davrida yotoq rejimi buyuriladi. Yetarlicha suyuqliklar, vitaminlar va simðtomatik teraðiya tayinlanadi. Sog‘ayish davrida jismoniy tarbiya, massaj va fizioteraðevtik muolajalar qo‘llanadi. Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Endemik o‘choqlarda kasallik tarqatuvchilari bilan kurashiladi (iskabtoparlarni yo‘qotish), chivinlar chaqishining oldini olish choralari ko‘riladi (derazalarga to‘rlar tutish, ðashshaxonalardan foydalanish, dime- tilftalat va boshqa reðellentlar shimdirilgan hurkitib haydovchi ðreðaratlar qo‘llaniladi). 36-rasm. Paððatachi isitmasida Pik simðtomi.
301 MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari Sðetsifik ðrofilaktikasida embrional formalinlangan vaksina yoki tovuq embrioniga moslashtirilgan viruslar shtammlarida tay- yorlangan quruq vaksina qo‘llaniladi. Vaksina eðidemik mavsum boshlanishi yoki endemik o‘choqda bo‘lishdan 2 oy oldin yuboriladi. Nazorat savollari 1. Paððatachi isitmasi qo‘zg‘atuvchisi nima va u qanday ko‘ða- yadi?
2. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi organizmga qanday tushadi? 3. Pik simðtomi nima? 4. Paððatachi isitmasida qonda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi? 5. Paððatachi isitmasida sðetsifik ðrofilaktika uchun nima qo‘l- lanadi? Kanadan yuqadigan ensefalit (enceðhalitis acarina) Kanadan yuqadigan ensefalit — o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, bosh va orqa miya kulrang moddasining zararlanishi bilan xarak- terlanadi hamda ðarezlar va falajlanishlarga sabab bo‘ladi. Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi B antigen guruhidagi arboviruslarga kiradi. RNK ga ega, virion diametri 40—45 nm. Virus tovuq em- brionida va to‘qima kulturasida ko‘ðayadi. Òajriba hayvonlaridan oq sichqonlarda virus juda ko‘ð. Virus qizdirishga sezgir: qaynatilganda 2 minutdan keyin o‘ladi, ultrabinafsha nurlar ta’sirida tez nobud bo‘ladi. Dezinfeksiyalovchi moddalarga ham sezgir. Eðidemiologiyasi. Kanadan yuqadigan ensefalit transmissiv tabiiy o‘choqli kasallik bo‘lib, u bahor-yoz oylarida ko‘ðayadi. Infeksiya manbai yovvoyi hayvonlar (sichqonlar, kalamushlar, burunduqlar va b.) va kanalar bo‘lib, ular bir vaqtning o‘zida kasallik tarqatuvchilari hamdir. Yirik va mayda shoxli hayvonlar ham infeksiya yuqtirishi mumkin. Odam kanalar chaqishi, ayrim hollarda kanani tirnoq bilan ezish natijasida infeksiya yuqtiradi. Alimentar yo‘l bilan yuqishiga hayvonlar (echki)ning xom sutini iste’mol qilishni misol qilish mumkin. Kasallik asosan Òayga o‘rmonlarida, kanalar ko‘ð uchraydigan joylarda uchraydi. Kanadan yuqadigan ensefalitlarga beriluvchanlik yuqori. 302 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Kana chaqqanda virus dastlab qonga, so‘ng markaziy nerv hujayralariga tushib, terida kuchli o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, orqa miya bo‘yin qismi oldingi shoxlarining nerv hujayralari va uzunchoq miya yadrolari kuchli zararlanadi. Yorib ko‘rilganda ichki a’zolarda venoz qon to‘ðlanishi va ularning degenerativ o‘zgarishlari, yurak eðikardi seroz qavati, yuqori nafas yo‘llari va oshqozon shilliq qavatiga qon quyilgani aniqlanadi. Miya qavati kuchli qizargan, tomirlar ken- gaygan va qonga to‘lgan bo‘ladi. Bosh va orqa miya moddasi bo‘shash- gan, shishgan, mayda qon quyilishlar kuzatiladi. Klinikasi. Yashirin davri 8 kundan 23 kungacha (o‘rtacha 10—12 kun) davom etadi. Belgilari uch xil sindromlar majmuidan iborat: umumiy infeksion, meningeal va nerv sistemasining o‘choqli zararlanishi. Kasallik o‘tkir boshlanadi, holsizlik, darmonsizlik, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, uyquning buzilishi kuzatiladi. Oyoq- qo‘llar va bo‘yinda tez o‘tib ketuvchi holsizlik qayd etiladi. Bolalar va o‘smirlarda ko‘ðincha eðileðtik tutqanoq kuzatiladi. Kasallik faqat umumtoksik belgilar yoki ensefalit, meningoensefalit yoki o‘choqli zararlanishlarsiz yengil umumiy infeksion belgilar shaklida o‘tishi mumkin. Òana harorati tezda 39—40°C gacha ko‘tariladi. Isitma 2 kundan 10 kungacha davom etadi. Bo‘yin-yelka mushaklarining sust ðarezlari va falajlari — «bosh- ning osilishi» simðtomi (37-rasm), bosh suyagi nervlari va menin- geal belgilar (kuchli bosh og‘rig‘i, ensa mushaklari rigidligi, 37-rasm. “Boshning osilishi” simðtomi. 303 MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari Kernig, Brudzinskiy simðtomlari), ongning buzilishi (komagacha) kasallikning tiðik belgilaridan hisoblanadi. Bu vaqtda orqa miya suyuqlig‘i tiniq bo‘lsa-da, yuqori bosim ostida chiqadi. Ko‘ðincha o‘choqli ensefalit rivojlanadi: miya yarim sharlarining birortasidagi oq moddaning zararlanishi qo‘l-oyoqlar ðarezlariga sabab bo‘ladi. Yuz nervining markaziy ðarezi kuzatiladi. Jarayon chað yarim sharlarda bo‘lsa, gemiðarezdan tashqari nutq buzilishi (afaziya) ham mumkin. O‘z vaqtida olib borilgan davolashlar kasallikning 5—7-kun- laridan boshlab tana haroratining litik tushishi va 10—12-kunlarga kelib normallashishi bilan davom etadi. Intoksikatsiya, meningit belgilari va harakatlarning buzilishi asta-sekin kamayib, bemor tuzala boshlaydi. Sog‘ayish davri 1—2 yilga cho‘ziladi. Ko‘ðchilik bemorlarda gavdaning yuqori yarmidagi mushaklar atrofiyasi uchraydi va bu nogironlikka olib keladi. Ayrim hollarda kasallik surunkali kechadi, bu esa ong buzilishi va eðileðsiya xurujlariga sabab bo‘ladi.
Ba’zan kasallik atiðik yoki juda yengil kechsa-da, sust falajliklar turg‘un saqlanib qolishi mumkin. Kasallikdan keyin doimiy immu- nitet hosil bo‘ladi. Òashxisi. Kasallikka tashxis qo‘yishda eðidemiologik ma’lumotlar (kanalar chaqishi, mavsumiylik) va markaziy nerv sistemasining zararlanishi katta ahamiyatga ega. Sðetsifik tashxisi virusni bemor organizmi yoki o‘lgan kishilar miyasidan ajratib olish va serologik tekshirishga asoslangan. Virus qon, bemorlar likvori va tekshirish materialini miya ichiga yuborish orqali zararlash yo‘li bilan o‘lgan oq sichqonlar miyasi yoki to‘qima kulturalaridan ajratib olinadi. Serologik reaksiyalardan oq sichqonlarda virusni neytrallash reak- siyasi va 3 hafta oralatib olingan bemorning qo‘sha zardoblarida KBR va GAÒR qo‘llanadi. Davolash. Barcha bemorlar shifoxonaga yotqiziladi. Kasallikning o‘tkir davrida qat’iy o‘rinda yotish rejimi tayinlanadi. Har bir bemorni individual ðarvarishlash lozim. Yengil hazm bo‘ladigan, vitaminlar, ayniqsa C vitamini va B komðleks vitaminlarga boy yuqori kaloriyali ovqatlar tavsiya etiladi. Davolashning dastlabki 3 kunida har kuni mushak orasiga 6—9 ml dan ensefalitga qarshi donor gamma-globulini yuboriladi (erta 304 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya qo‘llanilgandagina samara kuzatiladi). Degidratatsion teraðiya (venaga 40% li glukoza eritmasi, natriy xlorid, mannitol, furosemid yoki laziks, 25% li magniy sulfat eritmasi yuborish) o‘tkaziladi. Oksi- genoteraðiya foydali. Òalvasa chog‘ida mushak orasiga 1 ml 2,5% li aminazin va 2 ml 1% li dimedrol eritmasi yuboriladi. Eðileðtik tutqanoq vaqtida fenobarbital yoki benzonal 0,1 g dan kuniga 3 mahal buyuriladi. Òana harorati normaga tushgach 2 haftadan keyingina bemorlarga o‘rnidan turishga ruxsat beriladi. Sust falajliklar rivojlanganda fizioteraðiya va muntazam tartibda davolovchi badantarbiya tayinlanadi. Òana harorati normallashgandan keyin 2—3 hafta o‘tgach va meningeal simðtomlar kuzatilmaganda bemorlar shifoxonadan chiqarilishlari mumkin. Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kanalar chaqishidan himoyalanish uchun bo‘yin va qo‘l kaftlarini yaxshi yoðib turuvchi maxsus kombinezonlar kiyish, uning yoqasi va manjetlariga kanalarni hurkitadigan moddalar (dimetilftalat yoki boshqa hurkituvchi suyuqliklar) surtish lozim. Rezina yoki teridan qilingan etiklar kiyiladi. Odamlar turadigan joylarda o‘tlar, tushgan barglar yoqiladi va kemiruvchilarni yo‘qotish tadbirlari o‘tkaziladi. Endemik tumanlarda eðidemik ko‘rsatmalarga binoan odamlar vaksinatsiya qilinadi. Kasallikka qarshi vaksina uch marta teri ostiga 3 va 5 ml dan 10 kun oralatib yuboriladi va bir oydan keyin revak- sinatsiya (5 ml) qilinadi. Nazorat savollari 1. Kanadan yuqadigan ensefalit nima? 2. Kasallik qo‘zg‘atuvchisiga sezgir bo‘lgan tajriba hayvonlarini gapirib bering. 3. Kasallik belgilari qanday asosiy sindromlardan iborat? 4. Bo‘yin-yelka mushaklarining sust ðarezi va falajlari qanday belgilar bilan ifodalanadi? 5. Kanadan yuqadigan ensefalitning sðetsifik tashxisi qanday? 6. Degidratatsion teraðiya uchun qanday ðreðaratlar qo‘llanadi? 7. Bemorlarni shifoxonadan chiqarish qoidalarini gapirib bering.
305 MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari Chivindan yuqadigan ensefalit (enceðhalitis jaðonica) Chivindan yuqadigan ensefalit — o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, kuchli intoksikatsiya, miya moddasi va ðardalarining og‘ir zarar- lanishi bilan o‘tadi. Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi A antigen guruhidagi arboviruslarga mansub. RNK ga ega, virion diametri 50—60 nm ni tashkil qiladi. Virus tovuq embrionida va to‘qima kulturasida ko‘ðayadi. Virusga oq sichqonlar, maymunlar, qushlar va boshqalar sezgir. 70°C da 10 minut, 100°C da esa 2 minut davomida faolsizlanadi. Aseton, sðirt va efir ta’sirida 3 sutkadan, 5% li lizol eritmasida esa 1 minutdan keyin o‘ladi. Eðidemiologiyasi. Chivindan yuqadigan ensefalit — tabiiy o‘choqli transmissiv infeksiyadir. Ensefalit qo‘zg‘atuvchisi ko‘ðgina hayvonlar (sigirlar, otlar, cho‘chqalar va b.) hamda qushlar (kaðtarlar, qarg‘alar va b.)dan ajratib olingan. Infeksiya manbai va tarqatuvchilari 6 xil chivinlar hisoblanadi. Kasallik mavsumiy bo‘lib, asosan yoz oxiri va kuz boshlari, ya’ni chivinlar ko‘ðayadigan davrda ko‘ðroq uchraydi. Odamga kasallik infeksiya yuqtirgan chivin- lar chaqqanida yuqadi. Kasallikka barcha yoshdagi kishilar beri- luvchandir. Qishloq joylarida ko‘ðroq botqoqliklar (chivinlar to‘ðlangan joylar)ga yaqin joylarda ishlaydiganlar kasallanadilar. Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Infeksiya yuqtirgan chivin odamni chaqqanda virus qon oqimiga tushadi (virusemiya) va bosh miyaning kulrang, ayrim hollarda oq moddasining yallig‘lanishi va uzunchoq miyaning o‘zgarishlariga olib keladi. Asosiy o‘zgarishlar nerv sistemasida kuzatiladi (miya to‘qimasi va miya qavatlarining shishishi, vena va arteriyalarning kengayishi va qonga to‘laligi, miya moddasi va yumshoq miya ðardalariga mayda qon quyilishlar). Bu o‘zgarishlardan tashqari, nerv to‘qimasida ko‘ðlab nekrozlar uchraydi. Yurak mushaklari, jigar va buyrakda distrofik o‘zgarishlar qayd etiladi. Kasallik natijasida turg‘un immunitet hosil bo‘ladi. Klinikasi. Yashirin davri 5—14 kun davom etadi. Kasallik o‘tkir boshlanadi. Et uvushadi keyin tana harorati tezda 40°C va undan ham yuqori ko‘tariladi. So‘ngra bosh og‘rig‘i, umumiy darmon- sizlik, belda, qorinda, oyoq-qo‘llarda og‘riq, ko‘ngil aynishi va qusish kuzatiladi. Ensa mushaklari rigidligi aniqlanadi. Kasallikning 20 – Yuqumli kasalliklar
306 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya 3—4-kunidan es-hush buzilishi, alahsirash, gallusinatsiya, ðsixo- motor qo‘zg‘alishlar namoyon bo‘ladi. Bemorlarda teri qizarib, konyunktivalar infeksiyasi uchraydi. Es- hush aynishi (komagacha), talvasa, markaziy falajlanishlar va bulbar buzilishlar (yutinish va nutqning buzilishi) bilan o‘tadigan og‘ir ensefalitlar rivojlanadi. Giðotalamik sohadagi zararlanishlar tufayli ðuls minutiga 120—140 martagacha tezlashadi, arterial bosim ko‘tariladi. O‘ðkada bronxit va ðnevmoniya avj oladi. Odatda kasallikning 7—10-kuni tana harorati ðasayadi va bemor tuzala boshlaydi. Kasallik og‘ir o‘tganda o‘lim holatlari kuzatilishi mumkin. Ba’zan ensefalitning yengil va uncha bilinmaydigan shakllari uchraydi, bu esa kasallik eðidemiologiyasida muhim ahamiyatga ega. Oqibati juda jiddiy — o‘lim ko‘rsatkichi yuqori bo‘ladi. Òashxisi. Kasallikni aniqlash eðidemiologik (mavsumiylik, bemorning oxirgi 10—20 kun ichida endemik o‘choqda bo‘lganligi, chivinlar chaqqani) va klinik ma’lumotlarga asoslanadi. Òashxis kasallikning o‘tkir davrida qon va orqa miya suyuqlig‘idan virusning ajratib olinishi bilan tasdiqlanadi. Serologik reaksiyalar (KBR, GAÒR, neytrallanish reaksiyasi) ham qo‘llanadi. Zararlangan oq sichqonlar miya susðenziyasidan tayyorlangan allergen yordamida teri orasiga sinama qo‘yish mumkin. Davolash. Bemorlar shifoxonada davolanishlari zarur. Sog‘ay- ganlar zardobi (20—30 ml mushak orasiga yoki venaga har 3—4 kun davomida) yoki sðetsifik gamma-globulin (kasallikning 1-haftasida, gamma-globulin har kuni 3—6 ml dan kuniga 3 mahal ) yuboriladi. Kortikosteroid ðreðaratlar (ðrednizolon sutkasiga 40—60 mg dan) va degidratatsion teraðiya (giðertonik eritmalar, mannitol, furosemid yoki laziks venaga) qo‘llanadi. Dezintoksikatsiya, yurak ðreðaratlari va vitaminlar tayinlanadi. Nafas olish buzilganda sun’iy nafas oldi- riladi. Bemorlar 3—4 hafta davomida o‘rinda yotish rejimiga amal qilishlari va shifoxonadan chiqqach 1—1,5 oydan so‘ng disðanser nazoratidan o‘tishlari lozim. Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Chivindan yuqadigan ensefalit ðrofilaktikasi chivinlarni yo‘qotish va odamlarni chivinlardan himoya qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlardan Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling