M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya
ðreðaratlari, vitaminlar, og‘riq qoldiruvchi va antigistamin ðreða- ratlar tayinlanadi. Antibiotiklar foyda bermaydi. Ularni ikkilamchi infeksiyalar qo‘shilgandagina, ayniqsa, streðtokokkli va stafilokokkli infek- siyalarda tayinlash mumkin. Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kasallik ðrofilaktikasi infeksiya o‘chog‘ida ishlayotgan xodimlarning shaxsiy ehtiyotkorligi va sanitar-veterinar tadbirlardan iborat. Uy hayvonlari o‘rtasida oqsim kasalligi bilan kurashishda vaksinatsiya, karantin tadbirlar va dezinfeksiya muhim ahamiyatga ega. Endemik joylarda albatta sutni ðasterizatsiya qilish va qaynatish zarur. Yog‘ ðasterizatsiya qilingan yoki qaynatilgan qaymoqdan tayyorlanishi kerak. Kasal hayvonlarni ðarvarishlaganda albatta ehtiyot choralari ko‘rilishi shart, ya’ni qo‘llarni yuvish, maxsus kiyimlar — kleyonkali fartuk, rezina qo‘lqoðlar, etiklar va bosh- qalar kiyish buyuriladi. Oqsim kasalligi bo‘yicha xavfli bo‘lgan xo‘jaliklarda o‘smirlar va qo‘l terisida mikrojarohati bo‘lgan kishilar ishga qo‘yilmaydi. Aholi orasida muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib bori- lishi zarur. Nazorat savollari 1. «Birlamchi afta» nima? 2. Oqsim kasalligida uchraydigan xarakterli toshmalar haqida gaðirib bering. 3. Oqsimda qanday serologik reaksiyalar qo‘llanadi? 4. Oqsimni davolash haqida gaðirib bering. 5. Oqsim ðrofilaktikasi nimalardan iborat? Manqa (malleus) Manqa — o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, seðtik kechishi, teri, shilliq qavatlarda ðustulalar, yaralar hamda ichki a’zolarda ko‘ðlab abssesslar ðaydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Etiologiyasi. Manqa qo‘zg‘atuvchisi — Pseudomonas (Bac- terium) mallei to‘mtoq uchli tayoqcha bo‘lib, kattaligi 2—5 mkm ga 376 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya teng, endotoksinga ega, sðora va kaðsula hosil qilmaydi, xivchinlari yo‘q. Qo‘zg‘atuvchi odatdagi oziq muhitlarda yaxshi o‘sadi. Òashqi muhitga juda chidamli: suvda va tuðroqda 1,5 oygacha, bemor ajratmalari va manqadan o‘lgan hayvonlar murdalarida — bir necha haftagacha saqlanishi mumkin. Qizdirilganda, ultrabinafsha nurlar va dezinfeksiyalovchi eritmalar ta’sirida tez o‘ladi. Past haroratga chidamli. Eðidemiologiyasi. Odam uchun kasallik manbai manqa bilan og‘rigan kasal hayvonlardan ot, eshak, tuya, xachir va boshqalar hisoblanadi. Ayniqsa hayvonlarda manqaning o‘tkir shakli katta xavf tug‘diradi, chunki teri qoðlamlaridagi ochiq yaralar va a’zolardan ko‘ð miqdorda yiring ajralib turadi. Odam manqa kasalligini kasal hayvonlarning shilliq moddasi va yiringi teri hamda shilliq ðardalarning zararlangan joylariga tushishi natijasida yuqtiradi. Ba’zi hollarda kasallik infeksiya tushgan suvni ichganda va aerogen yo‘l bilan ham yuqishi mumkin. Aerogen yo‘l bilan ko‘ðroq laboratoriya sharoitida yuqadi. Kasallik manqa bilan kasallangan bemordan ham yuqishi mumkin. Kasallik asosan yilning sovuq davrlarida, ya’ni hayvonlar asosan og‘ilxonalarda boqilganda uchraydi. Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Infeksiya darvozasi zarar- langan teri qoðlamlari va burun, ko‘z, nafas yo‘llari, ba’zan hazm yo‘llari shilliq ðardalari hisoblanadi. Infeksiya kirgan joyda manqa tugunlari —granulemalar rivojlanadi. Qo‘zg‘atuvchi regionar limfatik tugunlarga kirib, u yerda yiringli yallig‘lanish jarayoniga sabab bo‘ladi. So‘ngra qo‘zg‘atuvchi qonga tushib, gematogen yo‘l bilan butun organizmga tarqaladi. Mushaklar va ichki a’zolarda ikkilamchi seðtik o‘choqlar —abssesslar ðaydo bo‘ladi. Bu o‘choq- lar ochilishi (yorilishi) ham mumkin. Manqa surunkali kechganda tugunlarda ðroliferativ o‘zgarishlar, ichki a’zolarda abssesslar, o‘ðkada ðnevmoskleroz, bronxoektazlar, miya yumshoq ðardalari venalarida esa tromboflebitlar rivojlanadi. Klinikasi. Yashirin davr ko‘ðincha 1—5 kun davom etadi. Klinik kechishiga ko‘ra, o‘tkir va surunkali manqa farqlanadi. Manqaning o‘tkir shaklida kasallikning boshlanishidanoq et uvushishi va tana haroratining 38—39°C gacha ko‘tarilishi kuzatiladi. Harorat egri chizig‘i katta sutkalik o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi, bu infeksiyaning seðtik xarakterini ko‘rsatadi. Kasallikning umumiy
377 MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar belgilariga bosh og‘rig‘i, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq, holsizlik kiradi. Qo‘zg‘atuvchi kirgan joyda to‘q qizil rangda ðaðula hosil bo‘ladi va uni yallig‘lanish zonasi o‘rab turadi. Paðula tezda qon aralash massaga ega bo‘lgan ðustulaga aylanadi. 1—2 kundan so‘ng ðustula yoriladi va yara hosil bo‘la- di. Keyinchalik ko‘ðlab ðustulalar ðaydo bo‘ladi, ularning ko‘ði ya- ralarga aylanadi (49-rasm). Ko‘ðincha yuz terisi zararla- nadi. Burundan yashil tusda shilliq aralash yiringli ajralmalar keladi. Keyinchalik jarayon mushaklar va ichki a’zolarga o‘tadi, u yerda abs- sesslar ðaydo bo‘ladi. Ko‘krak- dagi og‘riq va yo‘tal bemorni be- zovta qiladi, bunda yiringli yoki qon aralash ajralma keladi. Lablar ko‘karadi, nafas olish qiyin- lashadi, o‘ðkada xirillashlar eshitiladi, yiringli artritlar rivojlanadi. Yurak chegaralari kengayib, ðuls tezlashadi va giðotoniya kuzatiladi. Jigar va taloq kattalashadi. Kasallikning keyingi davrlarida seðtik ich ketishlar kuzatiladi. O‘tkir manqa 2—5 hafta davom etadi. Surunkali manqa asta-sekinlik bilan rivojlanib, qayta zo‘rayishlar va remissiyalar shaklida kechadi. Bemorlarda umumiy intoksikatsiya, isitma, ko‘ð miqdordagi ðustulalar va ularning yaralar hosil bo‘lishiga moyilligi kuzatiladi. Mushaklarda abssesslar hosil bo‘ladi, ularning ochilishi (yorilishi) natijasida oqma yaralar vujudga keladi. Ko‘ð sonli abssesslar bilan kechadigan ðnevmoniya rivojlanadi. Manqaning surunkali shaklida bemorlarda kuchli oriqlash (kaxek- siya) kuzatiladi. Òashxisi. Òashxis qo‘yish xarakterli klinik belgilar va eðide- miologik ma’lumotlarga asoslanadi. Òashxis bakteriologik tekshi- rishlar bilan tasdiqlanadi. Bakteriologik va bakterioskoðik tekshi- rishlar uchun yaralardan ajralgan oqmalar, balg‘am, qon, zarar- langan limfatik tugunlardagi abssess ðunktati tekshirish materiali bo‘lib xizmat qiladi. Material glitserinli agar yoki glitserinli kar- toshkaga ekiladi. Biologik sinama o‘tkazish uchun erkak dengiz cho‘chqalaridan foydalaniladi. Òekshirish materiali qorin ðarda ichiga yuboriladi. 3—5 49-rasm. Manqa. Oyoqlarda yaralar hosil bo‘lishi.
378 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya kundan keyin erkak dengiz cho‘chqasida orxit (Shtraus fenomeni) rivojlanadi. 8—15 kundan keyin manqa yuqtirilgan cho‘chqalarning ko‘ðchiligi o‘ladi. Kasallikning avj olgan davrida ular o‘ldiriladi, ularning a’zo hamda to‘qimalaridan bakteriologik tekshirishga materiallar olinadi. Serologik tekshirish usullaridan KBR va PGAR qo‘llanadi. Manqa tashxisini tasdiqlash uchun allergik sinama muhim ahami- yatga ega. Òeri ichiga 0,1 ml malein (100 marta eritilgan manqa tayoqchalari bulyonli kulturasining 4 haftalik filtrati) yuboriladi. Ijobiy reaksiya kuzatilganda 24—48 soatdan keyin malein kiritilgan joyda giðeremiya, shish, og‘riq va tana harorati ko‘tarilishi tarzida organizmning umumiy reaksiyasi kuzatiladi. Sinama kasallikning 10—15- kunidan boshlab ijobiy natija beradi. Davolash. Sutkasiga 5—7 g dan 1 oy davomida quvvatlantiruvchi vositalar (vitaminlar, oksigenoteraðiya, qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar) bilan birga sulfatiazol qo‘llanadi. Ikkilamchi infeksiya qo‘shilganda antibiotiklar tayinlanadi. Simðtomatik ðreðaratlardan yurak-tomir va og‘riq qoldiruvchi ðreðaratlar ishlatiladi. Abssesslar rivojlanganda jarrohlik oðeratsiyalari o‘tkaziladi. Sulfanilamidlar bilan vaksinateraðiya qo‘llash samarali usullardan hisoblanadi. Buning uchun malein o‘sib boruvchi miqdorda teri ostiga yoki ichiga yuboriladi. Manqa o‘z vaqtida davolanmasa oqibati hamisha yomon tugaydi. Surunkali manqada o‘lim hollari 50% gacha kuzatiladi. Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Manqa ðrofilaktikasida hayvonlar, ayniqsa otlarni veterinar nazoratdan o‘tkazish va ularda kasallik boshlanganini o‘z vaqtida aniqlash juda muhimdir. Otlarda manqaning ko‘ðincha surunkali va uncha rivoj- lanmagan belgilar bilan o‘tishini inobatga olib, ularda kasallikni o‘z vaqtida aniqlash uchun muntazam ravishda malein sinamasini (malein konyunktivaga tomiziladi) qo‘yib boriladi. Kasallangan hayvonlar o‘ldiriladi va yo‘q qilinadi. Infeksiya yuqtirgan, lekin hali kasallanmagan kishilarga sutkasida 1 kg tana vazniga 0,1 g hisobida sulfatiazol bilan 5 kun davomida tezlatilgan ðrofilaktika o‘tkaziladi. Laboratoriyada ishlaganda o‘ta xavfli infeksiyalar bilan ishlash qoidalariga rioya qilish shart (ko‘z va nafas yo‘llarini himoya qilish, rezina qo‘lqoðlardan foydalanish). Kasallik yuqish xavfi tug‘ilganda 379 MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar xodimlar 21 kun davomida kuzatib turiladi. Ularga boshqa shaharlarga chiqish va jamoa joylariga borish man etiladi. Keyinchalik kuzatuv to‘xtatiladi, ammo 1 oydan keyin bu kishilarning manqa qo‘z- g‘atuvchilariga qarshi hosil bo‘lgan antitelolarni aniqlash uchun qoni tekshiriladi (KBR) va malein bilan teri sinamasi qo‘yiladi. Kasallikning sðetsifik ðrofilaktikasi ishlab chiqilmagan. Nazorat savollari 1. Manqa nima? 2. Odamga manqa kasalligi qanday yuqadi? 3. Manqaning o‘tkir shakliga ta’rif bering. 4. Manqa kasalligini qanday davolaysiz? 5. Manqa kasalligi ðrofilaktikasi va infeksiya o‘chog‘ida o‘tka- ziladigan tadbirlar haqida gaðirib bering. Zoonozlar bo‘yicha testlar va vaziyatli masalalar 1. Byurne sinamasi leðtosðirozda qo‘yiladimi? A) ha; B) yo‘q.
2. Leðtosðirozda odam sarg‘ayib ketishi mumkinmi? A) ha;
B) yo‘q. 3. Òularemiya qo‘zg‘atuvchisi basillalarmi? A) ha; B) yo‘q.
4. Kuydirgida yaraga kuchliroq teginganda og‘riq kuchayadimi? A) ha;
B) yo‘q. 5. Brucella melitensis qaysi hayvonlarda kasallik qo‘zg‘atadi? A) cho‘chqalarda; B) qo‘y va echkilarda; C) qoramollarda; D) A va C; E) to‘g‘ri javob yo‘q. 6. Brusellyozga xos belgilarni aniqlang: A) ko‘ð terlash; B) ðeriferik limfa tugunlarining kattalashishi; C) jigar va taloq kattalashishi; D) kasallikning qaytalab turishi; E) barcha javoblar to‘g‘ri. 7. Byurne allergik sinamasi qanday kasallikda qo‘llanadi? A) leðtosðiroz; B) qorin tifi; C) virusli geðatitlar; D) brusel- lyoz; E) barcha javoblar to‘g‘ri.
380 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya 8. Bola tashlash holatlari asosan qaysi kasallik uchun xos? A) salmonelloz; B) leðtosðiroz; C) brusellyoz; D) tularemiya; E) A va B. 9. Leðtosðiroz qo‘zg‘atuvchilari qanday shaklda ko‘rinadi? A) tayoqchasimon; B) kokksimon; C) sðiralsimon; D) iðsi- mon; E) barchasi to‘g‘ri. 10. Leðtosðirozga qarshi vaksina ðrofilaktika maqsadida qanday qo‘llanadi? A) teri ostiga 1-marta 2 ml; 2-marta 2,5 ml; B) mushak orasiga bir marta 2 ml; C) teri ostiga bir marta 4 ml; D) mushak orasiga 1- marta 3 ml, 2-marta 1 ml; E) venaga bir marta 3 ml. 11. O‘lat kasalligi qanday yuqadi? A) alimentar yo‘l bilan; B) transmissiv yo‘l bilan; C) aloqa yo‘li bilan; D) havo-tomchi yo‘li bilan; E) barchasi to‘g‘ri. 12. Kuydirgi uchun qanday xususiyat xarakterli? A) yara umuman og‘rimaydi; B) yarada og‘riq kuchli; C) yara qizil rangda; D) yara qora rangda; E) A va D. 13. Askoli reaksiyasi qaysi kasallikka tashxis qo‘yishda qo‘llanadi? A) leðtosðiroz; B) brusellyoz; C) kuydirgi; D) o‘lat; E) quturish. 14. Kuydirgi kasalligiga chalingan hayvonlar bilan aloqada bo‘lgan kishilarga kuydirgiga qarshi gamma-globulin qancha miqdorda yuboriladi? A) 1—2 ml; B) 5—10 ml; C) 20—25 ml; D) 10—12 ml; E) 3—4 ml.
15. Kuydirgidan o‘lgan hayvonlar yerga qancha chuqurlikda ko‘miladi? A) 1 m; B) 2 m; C) 5 m; D) 10 m; E) 20 m. 16. Quturishga qarshi vaksina qaysi virus shtammidan tayyor- lanadi va nima maqsadda qo‘llanadi? A) yovvoyi shtamm, davolash; B) fiksatsiyalangan shtamm, immunitet hosil qilish; C) fiksatsiyalangan shtamm, davolash; D) yovvoyi shtamm, immunitet hosil qilish; E) B va C. 17. Quturishga xos bo‘lmagan belgilarni ko‘rsating: A) gidrofobiya; B) aerofobiya; C) fotofobiya; D) akus- tikofobiya; E) diðloðiya. 18. Gidrofobiya, akustikofobiya, fotofobiya deganda nimani tushunasiz? Òartib bilan ko‘rsating:
381 MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar A) suvdan, yorug‘likdan, tovushdan qo‘rqish; B) tovushdan, yorug‘likdan, suvdan qo‘rqish; C) tovushdan, suvdan, yorug‘- likdan qo‘rqish; D) yorug‘likdan, tovushdan, suvdan qo‘rqish; E) suvdan, tovushdan, yorug‘likdan qo‘rqish. 19. Quturish kasalligida yorug‘lik, suv, tovush, havoning harakati bemorga qanday ta’sir ko‘rsatadi? A) allergik toshmalar toshib ketadi; B) tomoq va hiqildoq mushaklari talvasali qisqaradi; C) ko‘ngil aynib qusa boshlaydi; D) qo‘l-oyoq mushaklari talvasali qisqaradi; E) A va C. 20. Quturishda kuzatiladigan Babesh-Negri tanachalari qayerda aniqlanadi? A) qonda; B) miyada; C) taloqda; D) jigarda; E) o‘ðkada. 21. Yuqumli kasallik hisoblangan quturishning oldini olish uchun quturishga qarshi vaksina va zardoblar qayerda yuboriladi? A) yuqumli kasalliklar shifoxonasida; B) travmatologik ðunkt- da; C) gematologik ðunktda; D) onkologik shifoxonada; E) tez yordam shaxobchalarida. 22. Bemordan sog‘lom odamga yuqmaydigan kasallikni belgilang: A) chinchechak; B) vabo; C) o‘lat; D) oqsim; E) quturish. 23. Manqa kasalligida infeksiya yuqtirgan, lekin hali kasallik belgilari ðaydo bo‘lmagan kishilarga qanday ðreðarat yordamida va zudlik bilan necha kun ðrofilaktika o‘tkaziladi? A) sulfadimezin 1 kg tana vazniga 1 g; B) sulfatiazol 1 kg tana vazniga 0,1 g; C) sulfamonometoksin 1 kg tana vazniga 0,01 g; D) sulfadimetoksin 1 kg tana vazniga 0,01 g; E) A va C. 24. Brusellyoz ___________ A) leðtosðiralar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, tana harorati ko‘tarilishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, buyrak, jigar va nerv sistemasi zararlanishi bilan o‘tadi. Og‘ir hollarda sariqlik va gemorragik sindrom kuzatiladi. B) tayanch-harakat aððarati, nerv va jinsiy sistema zararlanishi bilan kechadigan umumiy yuqumli kasallikdir. C) o‘tkir virusli yuqumli kasallik bo‘lib, umumiy intok- sikatsiya, isitma va infeksiyaning kirish darvozasiga bog‘liq ravishda limfatik tugunlar, teri, shilliq ðardalar va o‘ðka zararlanishi bilan o‘tadi. D) o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, og‘ir intoksikatsiya, isitma, limfatik tugunlar va o‘ðka zararlanishi bilan kechadi. 382 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya E) virus tabiatli o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, isitma, tarqalgan limfadenoðatiya, tonzillit, jigar va taloq kattalashishi hamda qon- ning o‘ziga xos o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. 25. Kuydirgi bu _____________ A) isitma bilan kechadigan, karbunkullar hosil bo‘lishi yoki o‘ðka va ichaklar zararlanishi bilan o‘tadigan o‘tkir yuqumli kasallikdir. B) og‘ir kechadigan va asosan markaziy nerv sistemasi zarar- lanishi bilan o‘tadigan o‘tkir virusli kasallikdir (gidrofobiya xarak- terli). C) o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, isitma, umumiy intoksikatsiya, og‘iz shilliq ðardalarining aftoz (mayda ðufakchalar hosil bo‘lib) va kaft terisi zararlanishi bilan xarakterlanadi. D) o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, uni salmonellalar qo‘zg‘a- tadi, bakteremiya, umumiy intoksikatsiya, isitma hamda ingichka ichak limfatik aððaratining zararlanishi bilan xarakterlanadi. E) o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, seðtik kechishi, teri va shilliq qavatlarda ðustulalar va yaralar hamda ichki a’zolarda ko‘ðlab abssesslar ðaydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. 26. Quturish bu _________ A) o‘ta xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, og‘ir intoksikatsiya, isitma, limfatik sistema va o‘ðka zararlanishi bilan kechadi. B) eðidemik toshmali tif residivi hisoblanib, bir necha yillar o‘tgach kuzatiladi. C) virus qo‘zg‘atadigan infeksiya bo‘lib, gidrofobiya, aero- fobiya, fotofobiya, akustikofobiya bilan xarakterlanadi. D) Provaseka rikketsiyalari qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, isitma va toshmalar bilan xarakterlanadi. E) viruslar qo‘zg‘atadigan yuqumli kasallik bo‘lib, immunitet tanqisligi bilan kechadi. Yashirin davri juda uzoq davom etadi. 1-masala
F. ismli 33 yoshdagi bemor ayol shifoxonaga yotqizildi. Bemor- ning kasbi — go‘sht kombinatida ishchi. Bemorda oxirgi 4 yil ichida ikki marta bola tashlash holati kuzatilgan. U ko‘ð terlaydi, bo‘g‘im- lari doimo og‘rib bezovta qiladi. Òana harorati ko‘tarilib turadi. Intoksikatsiya belgilari kuchli emas. Hayz ko‘rish sikli buzilgan. Bir necha bor nevroðatolog, revmatolog va ginekolog huzurida bo‘lib, 383 MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar davolangan, ammo samarasi sezilmagan. Bemor ko‘zdan kechi- rilganda — ozg‘in, terisi nam. Chov va qo‘ltiqdagi limfatik tugunlar kattalashgan, ðayðaslaganda og‘riq sezilmaydi. Jigar va taloq kattalashgan. 1. Qanday kasallik haqida o‘ylaysiz? 2. Kasallikni aniqlash uchun eðidemiologik ma’lumotlardan yana nimalar so‘raladi? 3. Òashxis qo‘yish uchun qanday tekshiruvlar o‘tkaziladi? 4. Bunday bemorlar o‘z vaqtida davolanmasa qanday asoratlar kuzatilishi mumkin? 2-masala
Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘lat kasalligiga gumon qilingan bemor olib kelindi. Kasallik to‘satdan boshlangan, eti uvushib, tana harorati 40°C gacha ko‘tarilgan. Bemorni kuchli bosh og‘rig‘i bezovta qilgan va ko‘ngli aynib, ko‘ð marta qusgan. Mushaklari qaqshab og‘rigan, unda qo‘rqinch holati kuzatilgan. Yuz terisi qizargan holda bo‘lib, og‘iz shilliq ðardalarida yaralar aniqlandi. Òil kattalashgan, quruq, titrash kuzatiladi, gað-so‘zlari tushunarsiz. Bemorga «o‘lat» klinik tashxisi qo‘yildi. 1. Bunday vaqtda tibbiyot xodimlarining taktikasi nimalardan iborat bo‘ladi? 2. Bemordan tekshirish materiallarini olishda qanday qoidalarga rioya qilinishi shart? 3. Himoya kostyumini kiyish va yechish tartibini gapirib bering. 3-masala
Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga G. ismli 29 yoshdagi bemor qabul qilindi. Bemor yuz sohasida yara borligi, holsizlanish, bosh og‘rig‘i va isitmaga shikoyat qiladi. Kasallik o‘tkir boshlangan: tana harorati 39°C gacha ko‘tarilgan, umumiy holsizlik, bosh og‘rig‘i kuzatilgan. O‘zini 5 kundan beri kasal sezadi. Yuz terisida yara mavjud bo‘lib, qora rangda ko‘rinadi. Yaraning markazi o‘yilgan holda bo‘lib, yara atrofi qizarib, shishgan. Yarani igna bilan teshib ko‘rilganda ham og‘riq sezilmaydi, shish bo‘yin sohasiga tarqal- ganligi sababli nafas olish qiyinlashgan. 1. Qanday kasallik haqida o‘ylash mumkin? 2. Laboratoriyada tekshirish uchun qanday materiallar olinadi? 3. Yaraning yuz-bo‘yin qismida joylashishi nimasi bilan xavfli? 384 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya 4-masala
Shifoxonaga X. ismli 55 yoshdagi kishi yordam uchun murojaat qildi. Uning aytishicha, uyida it tishlagan. Itning keyingi 2—3 kun mobaynida suv ichmasligi, og‘zidan tinmay so‘lak oqishi va bezov- talanayotganligini ma’lum qildi. Son qismida tishlangan yara mavjud. 1. Òishlangan joyga qanday tibbiy yordam ko‘rsatiladi? 2. O‘z vaqtida to‘g‘ri yordam ko‘rsatilmasa, qanday kasallik rivojlanishi mumkin? 3. Emlash qanday tashkil qilinadi? 5-masala 39 yoshli U. ismli bemorni shifoxonaga olib kelishdi. Ma’lum bo‘lishicha, bemorni 1 oylar oldin ko‘chada notanish it tishlagan. Òishlangan joy katta bo‘lmaganligi uchun hech qayerga murojaat qilmagan. Bemorni ko‘zdan kechirganda nafas olishi qiyinlashgan. Suv tovushi va shamol natijasida bemorda kuchli bezovtalik (bo‘g‘i- lish) kuzatiladi. Bemor juda agressiv, bezovta, og‘zidan ko‘ð so‘lak ajraladi. 1. Bemorda qanday kasallik belgilari mavjud? 2. Kasallikning qaysi davri boshlangan? 3. Bu davrda bemor atrofdagilar uchun xavflimi? 4. Bu davrda bemorni qanday ðarvarish qilish zarur? 385 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar VI. PARAZIÒAR KASALLIKLAR Doimiy ravishda yoki vaqtincha boshqa organizmlar hisobiga yashaydigan va ulardan oziqlanish manbai sifatida foydalanadigan organizmlar ðarazitlar deyiladi. Odamdagi ðarazitlar, ular qo‘z- g‘atadigan kasalliklar va ular bilan kurashish choralarini o‘rga- nadigan fan tibbiyot ðarazitologiyasi deyiladi. Hayvon tabiatiga ega bo‘lgan ðarazitlar qo‘zg‘atadigan kasalliklar ðarazitar yoki invazion (lotincha invasio — kirish) kasalliklar deyiladi. Hayvonot dunyosida katta miqdorda bir hujayrali organizmlar (sodda organizmlar — Protozoa) guruhi mavjud. Ular orasida odam organizmida ðarazitlik qiladigan o‘nlab vakillari uchraydi. Masalan, ichaklarda lambliyalar va amyobalar, ichki a’zolarda — toksoð- lazmalar, ðlazmodiylar va hokazo. Shuning uchun ham ðrotozoy kasalliklar, ya’ni ðrotozoozlar, klinik ko‘rinishlariga ko‘ra turli- tumandir va bemorlardan olingan har xil materiallarni ðuxta laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazishni talab qiladi. Sodda organizmlarning ðatogen turlari juda keng tarqalgan. Masalan, bezgak bilan dunyoda har yili 100 mln dan ortiq kishi kasallanadi. Ichakdagi sodda organizmlar deyarli hamma joyda bor. Amyobiaz va balantidiaz ko‘ðincha troðik va subtroðik mamlakatlarda Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling