M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya
uchraydi. Ko‘ð turdagi hayvon va qushlar barcha kontinentlarda toksoðlazmoz bilan kasallangan. Shunday qilib, ðatogen sodda organizmlar keng tarqalgan bo‘lib, odam va hayvonlarni zararlantiradi, ular orqali qo‘zg‘atiladigan kasalliklar esa aholi sog‘lig‘iga katta ziyon yetkazadi. Odam uchun ðarazit chuvalchanglar va gelmintlarning juda ko‘ð turlari ðatogen hisoblanadi. Odamda 250 dan ortiq gelmintlar kasallik qo‘zg‘atishi mumkin. Ko‘ð ðarazitlar, ayniqsa gelmintlar xo‘jayinini almashtirishga muhtojdir. Xo‘jayin — bu ðarazit uchun yashash joyi va oziqlanish manbai hisoblangan organizmdir. Parazitning yetilgan bosqichi oxirgi xo‘jayin organizmida o‘tsa, uning lichinkali bosqichi odatda 25 – Yuqumli kasalliklar 386 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya oraliq xo‘jayin organizmida kechadi. Masalan, ho‘kiz solitori katta lenta bosqichida odam ichagida ðarazitlik qiladi, lichinka bosqichida esa (finnalar shaklida) — yirik shoxli hayvon mushaklarida ðarazitlik qiladi. Mazkur holatda odam oxirgi, yirik shoxli hayvonlar esa oraliq xo‘jayin hisoblanadi. Gelmintlarning boshqa turi — exinokokk — katta bo‘lgan bosqichida itlar ichagida yashaydi (oxirgi xo‘jayin), lichinkali davrida esa (ðufakchalar shaklida) — odam va qishloq xo‘jalik hayvonlari ichki a’zolarida (oraliq xo‘jayin) yashaydi. Ayrim gelmintlar uchun ikkita oraliq xo‘jayin mavjud bo‘ladi, bunda ikkinchi xo‘jayin qo‘shimcha hisoblanadi. Masalan, keng tasmasimon chuvalchang lichinkalari avval chuchuk suv qis- qichbaqasi — sikloðlarda rivojlansa (oraliq xo‘jayin), so‘ngra baliqda (qo‘shimcha xo‘jayin) rivojlanadi. Rivojlanishi uchun oraliq xo‘jayini bo‘lishi shart bo‘lgan gelmintlar biogelmintlar deyiladi (oðistorxoz, ho‘kiz solityori, keng tasmasimon chuvalchang va hokazolar). Agar xo‘jayin orga- nizmidan tashqarida, tuðroqda bo‘lishi shart bo‘lsa, bular bio- yoki geogelmintlar deyiladi, ular atrofidagilar uchun bevosita zararli hisoblanmaydi. Shunga ko‘ra, gelmintozlar (gelmintlar qo‘z- g‘atadigan kasalliklar) biogelmintozlar va geogelmintozlarga bo‘- linadi.
Lekin shunday gelmintlar borki (ðakana tasmasimon chuval- chang, ostritsa), ularning tuxumlari bilan sog‘lom odam bevosita bemor odamdan aloqa-maishiy yo‘l bilan, asosan ifloslangan qo‘llar orqali kasallik yuqtirishi mumkin. Shu asosda kontakt gelmintozlar guruhi ajratiladi. Gelmintlar odamning deyarli barcha a’zo va to‘qimalarini zarar- laydi. Ichakda askaridalar, ostritsalar, ho‘kiz solityori, keng lentasimon chuvalchang, o‘t yo‘llarida — jigar so‘rg‘ichi, teri osti yog‘ kletchatkasida — rishta qo‘zg‘atuvchisi, mushaklarda — tri- xinellalar lichinkalari, qon tomirlarda — shistosomalar ðarazitlik qiladi. Gelmintlar organizm sensibilizatsiyasiga sabab bo‘ladi, natijada allergik reaksiyalar kuzatiladi. A’zo va to‘qimalar mexanik zarar- lanadi, funksiyalari buziladi va anemiya rivojlanadi. Ular oziq moddalar va vitaminlar so‘rilishini buzadi, boshqa kasalliklarni qo‘zg‘aydi, ularga nisbatan vaksinalar samaradorligini ðasaytiradi. Gelmintlar ta’sirida bolalar jismoniy rivojlanishdan orqada qola-
387 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar dilar, kishilarning mehnat qobiliyati ðasayadi va aqliy faoliyati yomonlashadi. Odamlarga gelmintlar har xil yo‘llar bilan yuqishi mumkin. Gelmint tuxumi fekaliyalar bilan ifloslangan mevalar hamda iflos qo‘llar orqali og‘izga tushishi mumkin. Qator gelmint lichinkalari odam organizmiga xom go‘sht, baliq, qisqichbaqa va suv o‘tlarini iste’mol qilish orqali tushadi. Ayrim ðaytlarda ifloslangan tuðroqda oyoqyalang yurganda yoki gelmintlar tushgan suv havzalarida cho‘milganda gelmintlar faol ravishda teri va shilliq ðardalar orqali organizmga kiradi. Xo‘jayinning qayta va ko‘ð marta gelmintlarni yuqtirishi (orga- nizmda bo‘lgan ðarazit ustiga yana shu ðarazitning yuqishi) — suðerinvaziya deyiladi. Ayrim ðarazitlar bilan (lambliyalar, ostrisa va b.) qayta o‘zidan zararlanish mumkin, bunday holatga autoinvaziya yoki autosuðerinvaziya deyiladi. Agar kasallik turg‘un immunitet hosil qilmasa, odam sog‘aygandan keyin yana kasallik yuqtirishi mumkin, bunga reinfeksiya deyiladi. 1925-yilda K. I. Skryabin degelmintizatsiya tushunchasini ilgari surdi. Bu tushunchaga nafaqat bemorni davolash, balki tashqi muhitda gelmintlar tuxumi va lichinkalarini yo‘qotishga qaratilgan barcha ðrofilaktik tadbirlar sistemasi kiradi. 1944-yilda u devastatsiya tushunchasini yaratdi, bu mamlakatda gelmintni tur sifatida umuman tugatish demakdir. Protozoy kasalliklar Sodda organizmlar guruhi (Protozoa) bir hujayrali ko‘ðlab organizm turlarini o‘z ichiga oladi, ularning bir qismi ðarazitlik bilan kun kechiradi. Bir hujayrali sodda organizmlar tanasi sitoðlazma, tashqi membrana, yadro, oziqlanish, harakatlanish va ajratish funk- siyalarini ta’minlaydigan organellalardan tarkib toðgan. Sodda organizmlar ðsevdoðodiyalar — soxta oyoqlar (sarkodalilar), xivchinlar va to‘lqinsimon membranalar (xivchinlilar), kiðriklar (kiðrikli infuzoriyalar) hisobiga harakatlanadi. Sodda organizmlar turli yo‘llar bilan oziqlanadi. Ayrimlari oziq zarralarini hujayra og‘zi orqali yutsa, boshqalari ularni tanasining xohlagan joyida ðaydo bo‘la oladigan ðsevdoðodiyalari (soxta oyoq-
388 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya lari)orqali yutadi. Bunda oziq bo‘lagi sodda organizm sitoðlazmasi- dagi vakuola ichida qoladi va shu yerda hazm bo‘ladi. Bu jarayonga fagositoz deyiladi. Ayrim sodda organizmlarda oziqlanish butun tana yuzasi orqali so‘rib olish shaklida o‘tadi (ðinositoz). Ular organik zarrachalar, mikroorganizmlar va tashqi muhitda erigan oziq moddalar bilan oziqlanadi. Ayrim turdagi sodda organizmlar sista hosil qilish, ya’ni qattiq qobiq bilan o‘ralish qobiliyatiga ega. Hosil bo‘lgan sistalar tashqi muhit omillariga chidamlidir. Yaxshi (oðtimal) muhitga tushgan sodda organizmlar sistadan ozod bo‘ladi va ko‘ðaya boshlaydi. Sodda organizmlar jinssiz (ko‘ndalang, bo‘ylama va ko‘ðlab bo‘linishlar orqali) va jinsiy yo‘l bilan ko‘ðayadi.Ko‘ðchilik ðarazit sodda organizmlar bir qancha xo‘jayinlarda navbatlashib ko‘ðayadi. Masalan, bezgak ðlazmodiysining hayot sikli chivin tanasi va odam organizmida kechadi. Odam organizmida yashaydigan sodda organizmlar quyidagi sinflarga bo‘linadi: sarkodalilar, kiðrikli infuzoriyalar, xivchinlilar va sðoralilar. Sarkoidalar qo‘zg‘atadigan kasalliklar Sarkodalilarga dengizlarda, suv havzalari va tuðroqda yashay- digan sodda organizmlarning har xil turlari kiradi. Amyobalarning ko‘ð turlari odam va hayvon organizmida yashaydi. Amyobalar tana shaklini o‘zgartirib (amyoba nomi grekcha amoibe — o‘zgartirish so‘zidan kelib chiqqan) va qisqa muddatli o‘smalar —ðsevdoðodiyalar, ya’ni soxta oyoqlar hosil qilib hara- katlanadi. Amyoba jinssiz bo‘linish yo‘li bilan ko‘ðayadi. Sarko- dalilarga dizenteriya amyobasi, odamdagi noðatogen va erkin hara- katlanuvchi ðatogan amyobalar kiradi. Dizenteriya yoki gistologik amyoba odamda amyobali dizenteriya, ya’ni amyobiaz kassalligini qo‘zg‘atadi. Amyobiaz (amoebiasis) Amyobiaz (amyobali dizenteriya) — ðrotozoy kasallik bo‘lib, ichakning yarali zararlanishi, ayrim hollarda esa jigar, bosh miya abssesslari, o‘ðka va boshqa a’zolar zararlanishlari bilan xarak- terlanadi. 389 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi — dizenteriya amyobasi (Entamoeba histolytica)dir. Dizenteriya amyobasining hayot sikli 2 bosqichdan iborat — vegetativ va tinch bosqich (sista). Bu bosqich- lar yashash sharoitiga qarab, bir-biri bilan almashinib turadi. Vegetativ bosqichning 4 ta shakli mavjud (katta vegetativ, to‘qima, bo‘shliq, sista oldi). Katta vegetativ shakli 20—60 mkm bo‘lib, ðsevdoðodiyalar orqali harakatchan va eritrositlarni fagositoz qilish (eritrofag) qobiliyatiga ega. Ularning soni bitta amyobada 10—20 va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Parazitning mazkur shakli faqat ichak amyobiazida bemorning yangi ajralib chiqqan najasida uchraydi. Dizenteriya amyobasi to‘qima shaklining uzunligi 20—25 mkm ga teng bo‘lib, u yuqori harakatchanlikka ega. Òo‘qima shakli faqat o‘tkir amyobiazdan zararlangan a’zolar va kam hollarda bemor najasida aniqlanadi. Amyobaning bo‘shliq shakli kichik uzunlikka ega (15—20 mkm) va u kam harakat qiladi. Eritrositlarni fagositoz qilmaydi. Amyo- baning bu shakli odam yo‘g‘on ichagining yuqori bo‘limlari bo‘shlig‘ida yashaydi. Lekin unga zarar yetkazmaydi. O‘tkir ichak amyobiazidan sog‘ayganlar najasi yoki kasallik surunkali kechganda uchraydi. Sista tashuvchilar yoki remissiya vaqtida bemorlarda faqat tuzli ich suruvchi ðreðaratlar qo‘llanilganidan keyingina toðilishi mumkin.
Sista oldi shakli 12—20 mkm o‘lchamga ega, kam harakat qiladi, o‘tkir amyobiaz sog‘ayganlar va ich suruvchi qabul qilgan sista tashuvchilarda uchraydi. Òuzilishi bo‘yicha bo‘shliq shaklini esla- tadi, vakuola bo‘lmaydi, ayrim vaqtda sitoðlazmada anchagina bakteriyalar ko‘rinadi. Amyobaning vegetativ shakli tashqi muhitga chidamsiz, bemor najasida 30 minutdan keyin nobud bo‘ladi. Dizenteriya amyobasining tinch bosqichi turli xil darajadagi ye- tuk sistalar shaklida uchraydi. Sistalar harakatsiz, qobiq bilan qoð- langan, rangsiz va sharsimon shaklda bo‘lib, o‘lchami 8—15 mkm. Sistalar o‘tkir amyobiazdan sog‘ayganlar najasida, surunkali am- yobiazda remissiya bosqichidagi bemorlar va sista tashuvchilarda aniq- lanadi. Sistalar odam ingichka ichagiga tushganda ularning qobig‘i yorilib, ulardan to‘rt yadroli amyobaning ona shakli chiqadi, uning 390 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya bo‘linishi natijasida 8 ta bir yadroli amyobalar hosil bo‘ladi. Oðtimal sharoitda ular ko‘ðayib, vegetativ shakllarga aylanadi va yo‘g‘on ichakning ko‘tariluvchi qismida yashaydi. Sistalar tashqi muhit omillariga juda chidamliligi bilan ajralib turadi. Ular nam fekaliyada 17—20°C da va suvda bir oygacha, nam tuðroqda — 8 kungacha hayot faoliyatini saqlab qoladi. Sistalar bir necha kun davomida muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarida, mevalarda, sabzavotlar va uy buyum- larida o‘z hayotini saqlab qola oladi. Ularga yuqori harorat kuchli ta’sir qiladi: 65°C da ular 5 minutda, quritilganda esa shu zahotiyoq nobud bo‘ladi. 5% li formalinda 30 minutdan 5 kungacha hayotini saqlab tura oladi. Eðidemiologiyasi. Kasallik manbai amyobiaz bilan kasallangan bemor yoki dizenteriya amyobasi tashuvchisi hisoblanadi. Odam amyoba sistalarini najas bilan ajratadi. 1 g najasda 6 mln gacha sistalar bo‘lishi mumkin. Odam dizenteriya amyobasining yetilgan to‘rt yadroli sistalarini oziq-ovqat mahsulotlari, mevalar, sabzavotlar, iflos suv va ularni organizmga iflos qo‘llari orqali kiritganda zararlanadi. Kasallik tarqatuvchi omillarga sista tashuvchilarning najaslari bilan zarar- langan ðarvarishlash buyumlari, choyshablar, oshxona idishlari, o‘yinchoqlar va boshqalar kiradi. Sodda organizmlar sistasini mexanik tarqatib yuruvchilar sifatida ðashshalar va suvaraklar ham ma’lum rol o‘ynaydi. Bu hasharotlar ichagida dizenteriya amyobasi sistalari 48—72 soat davomida hayotlarini saqlab qoladilar. Amyobiaz issiq iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan bo‘lib, yoz- kuz mavsumiyligi bilan xarakterlanadi. Ko‘ðincha o‘rta yoshdagi kishilar kasallanadilar. Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Sistalar oshqozon-ichak yo‘llariga tushgandan so‘ng ingichka ichakning ðastki yoki yo‘g‘on ichakning boshlang‘ich qismida sista qobig‘i eriydi va sista bo‘shliq shakliga aylanadi, u yo‘g‘on ichakning yuqori qismida yashab ko‘ðayadi. Ayrim hollarda kasallik emas sog‘lom tashuvchanlik rivojlansa, boshqa hollarda dizenteriya amyobasining bo‘shliq shakli ichak shilliq osti qavatiga kiradi va ðatogen to‘qima shakliga aylanadi. Òo‘qimalarga kirib, ularni eritishi (lizis) amyobalarda alohida moddalar — sitolizinlar va ðroteolitik fermentlar borligiga bog‘liq. Dizenteriya amyobasi ichak devori to‘qimasida ko‘ðayib, shilliq osti qavatlarida katta bo‘lmagan abssesslar vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
391 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar Ular keyinchalik ichak bo‘shlig‘iga yorilib, va shilliq qavatda yaralar hosil bo‘ladi. Asosan ko‘richak va yo‘g‘on ichakning ko‘tariluvchi qismi zararlanadi. Kasallikning dastlabki bosqichi shilliq qavat devorlari giðe- remiyasi bilan birga uchraydi, ularda mayda eroziyalar va tugunlar shaklida ko‘tarilib turadigan mikroabssesslar rivojlanadi. Yaralar diametri 2—3 sm kattalikda bo‘lib, ularning atrofi qizargan va bo‘rtib chiqqan qirralarga ega bo‘ladi. Uning tubi yiring bilan qoðlanib, kasallik og‘ir kechganda atroflari notekis bo‘lgan katta yaralar hosil bo‘ladi. Ichak devorlaridagi chuqur yaralar qon tomirlari devori butunligining buzilishi natijasida ichakdan qon ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Yaralarning mushak va seroz qavatlargacha chuqurlashishi ichak devori ðerforatsiyasi (teshilishi) va yiringli ðeritonit rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Yaralarning bitishi va chandiqlanishi yo‘g‘on ichak stenoziga olib keladi (ichak yo‘llari chala yoki to‘liq yoðilishi mumkin). Amyobalar qon orqali butun organizm bo‘ylab tarqalib, ichak- dan tashqari o‘zgarishlarga ham sabab bo‘ladi, ya’ni jigar, o‘ðka, bosh miya va boshqa a’zolarda abssesslar ðaydo bo‘ladi. Klinikasi. Yashirin davri 7 kundan 90 kungacha (ko‘ðincha 20— 40 kun) davom etadi. Kasallikning quyidagi shakllari farq qilinadi: 1) ichak amyobiazi (o‘tkir, surunkali va latent); 2) ichakdan tashqari amyobiaz (amyobali geðatit, jigar amyobiazi, teri amyo- biazi va b.); 3) boshqa kasalliklar bilan birga kechadigan amyobiaz (gelmintozlar, bakterial dizenteriya bilan). Kasallik nisbatan o‘tkir boshlanadi. Boshlanish davri umumiy darmonsizlik, bosh og‘rig‘i, ishtaha ðasayishi, qorinda og‘riq va ko‘ngil aynishi bilan kechadi. Harorat bu davrda odatda subfebril bo‘ladi. Keyinchalik amyobiazga xos bo‘lgan yo‘g‘on ichakda o‘zga- rishlarning klinik belgilari yuzaga chiqadi. Kasallik boshlanishida ich sutkasiga 4—6 marta ketib, shilliq va qon aralash bo‘ladi. Keyinchalik ich sutkasiga 10—20 martagacha ketadi, najas o‘z xarakterini yo‘qotadi, unda shishasimon shilimshiqlar ko‘ðayadi. Keyinchalik qon aralash ich ketadi, bu esa malinali jeleni eslatadi. Kasallikning o‘tkir davrida qorinda doimiy og‘riq kuzatiladi, u defekatsiya vaqtida kuchayadi. Bemorni azob beradigan tenezmlar bezovta qiladi. Payðaslaganda og‘riq ko‘ðroq ko‘richak va ichakning ko‘tariluvchi qismida aniqlanadi.
392 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Yo‘g‘on ichakda endoskoðik tekshirish natijasida qirralari notekis, diametri 2 mm dan 20 mm gacha bo‘lgan, tubi yiring qoðlagan va burmalar uchida ko‘ðroq joylashgan yaralar aniqlanadi. Yaralar atrofi giðeremiya bilan o‘ralgan bo‘ladi. Ichak amyobiazining o‘tkir ko‘rinishi 4—6 kun saqlanadi. Odatda sðetsifik davolashsiz ham bemor ahvoli yaxshilanadi. Bunday remissiya davri bir necha haftadan bir necha oygacha davom etadi. Remissiya davridan keyin barcha yoki ko‘ð belgilar yana ðaydo bo‘ladi. Kasallik surunkali tus oladi. Sðetsifik antiðarazitar davo o‘tkazilmasa surunkali shakllari 10 yilgacha, hatto undan ham ko‘ð vaqt davom etadi. U residivlangan va uzluksiz klinik shakllarda o‘tishi mumkin. Kasallikning residivlangan shakllarida qayta zo‘rayishlar remis- siyalar bilan almashib turadi, bu vaqtda bemorlarda disðeðsik ko‘rinishlar (meteorizm, qorinning quldirashi, aniq joylashmagan og‘riqlar) qayd etiladi. Qayta zo‘rayish vaqtida bemor ahvoli uncha o‘zgarmaydi, tana harorati normada qoladi. Bu vaqtda qorinning o‘ng sohasida kuchliroq og‘riq seziladi (ko‘ðincha xato ravishda aððenditsit tashxisi qo‘yiladi), ich ketadi. Surunkali amyobiaz uzluksiz kechganda remissiya davri bo‘l- maydi. Bemorni quyidagi simðtomlar bezovta qiladi — qorindagi og‘riq, ich ketishi (qabziyat bilan almashib turadi), tana haro- ratining biroz ko‘tarilishi. Surunkali shakllari uzoq davom etsa astenik sindrom, oriqlab ketish va giðoxrom anemiya kuzatiladi. Rektoromanoskoðiyada shilliq ðardalarda har xil, ya’ni yangi hosil bo‘lgan, chandiqlanayotgan va tuzalgan yaralar aniqlanadi. Yaralar odatda chuqur joylashgan bo‘ladi. Amyobiazning ichakda kuzatiladigan asoratlariga ichak ðerfo- ratsiyasi natijasida vujudga keladigan umumiy yoki chegaralangan ðeritonit, ichak teshilishi, ichak yo‘llarining torayishi, amyoboma, ichakdan qon ketishi va to‘g‘ri ichak shilliq qavatining chiqib qolishi kiradi. Amyoboma ichak devoridagi o‘smasimon infiltrat bo‘lib, ikkilamchi infeksiya qo‘shilganda yiringlashi mumkin. Ichakdan tashqari asoratlariga jigar, miya abssesslari va terining zararlanishi kiradi. Ko‘ðincha jigar abssessi uchraydi. Bunda doimiy isitma kuzatiladi, et uvushib, bemor darmonsizlanadi. Jigar abssessining doimiy belgisi jigar kattalashishi va o‘ng qovurg‘a osti sohasidagi og‘riq hisoblanadi. Og‘riq o‘ng yelka yoki kurak sohasiga beriladi,
393 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar og‘riq bemor chuqur nafas olganda, jigarini ðayðaslaganda va gavda holatini o‘zgartirganda kuchayadi. Jigar abssessida yurak tonlari bo‘g‘iq bo‘lib, arterial bosim ðasayadi va ðuls tezlashadi. Rent- genologik tekshirganda diafragmaning o‘ng gumbazi yuqori turgan- ligi va harakatining chegaralanganligi aniqlanadi. Jigar abssesslari, hatto mayda kattaliklarda ham jigarni skanirlaganda aniqlanadi. Surunkali abssesslarda intoksikatsiya belgilari kam rivojlanadi. Jigarning amyobali abssessi atrofdagi a’zolarga yorilishi mumkin va bu diafragma osti abssessi, tarqalgan yoki chegaralangan ðeritonit, yiringli ðlevrit va ðerikarditlarga sabab bo‘ladi. Jigar-bronxial oqmalar ðaydo bo‘lganda ko‘ð miqdorda jigarrang yiringli balg‘am ajraladi. Ba’zan jigar abssesslari teri qoðlamlariga yorilishi mumkin, bunday vaqtlarda oqma sohasida terining amyobali zararlanishi kuzatiladi. Ba’zida o‘ðka va miya abssesslari rivojlanadi. Ular mazkur a’zolarni rentgenologik tekshirganda aniqlanadi. Òashxisi. Kasallikni aniqlash eðidemiologik ma’lumotlar va klinik belgilarga asoslangan. Rektoromanoskoðiya yordamchi usul hisob- lanadi. Mikroskoð ostida eritrositlarni fagositoz qilgan amyobaning katta vegetativ (to‘qima) shakllarining toðilishi tashxisning labo- ratoriya tasdig‘i hisoblanadi. Najas defekatsiyadan keyin 20 minut- dan kechiktirilmasdan tekshirilishi zarur (amyobalarning to‘qima shakllari tez ðarchalanadi). Òekshirish uchun najas avtoklav yo‘li bilan zararsizlantirilgan shisha idishlarga olinadi, chunki dezin- feksiyalovchi moddalarning arzimagan miqdordagi qoldiqlari ham amyobalar o‘limiga sabab bo‘ladi. Serologik tashxis qo‘yishda bilvosita immunofluoressensiya reaksiyasi (BIFR) qo‘yiladi, mazkur reaksiya bemor zardobida sðetsifik antitelolarni aniqlashga asos- langan (tashxis titri 1:80). Bemorlarda bu reaksiya 90—100% gacha ijobiy natija beradi, bu reaksiya amyobalarning bo‘shliq shakllarini tashuvchilarda ijobiy natija bermaydi. Jigar abssessida bu reaksiya barcha bemorlarda katta titrlarda ijobiy bo‘ladi. BGAR uncha katta ahamiyatga ega emas, chunki u dizenteriya amyobasi bilan ilgari zararlangan bo‘lsa ham ijobiy natijani ko‘rsatadi. Davolash. Uzoq vaqtlargacha amyobiazni davolashda emetin gidroxlorid asosiy ðreðarat hisoblangan. Preðarat mushak orasiga 2% li eritma holida 1,5—2 ml dan kuniga 2 mahal 5—7 kun davomida yuboriladi, bir haftadan keyin sikl takrorlanadi. Emetin tayin- langanda ular orasidagi vaqtda xingamin (delagil, xloroxin) 0,25 g
394 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya dan kuniga 3 mahal, xiniofon (yatren) 0,5 g dan kuniga 3 mahal buyuriladi, tetrasiklinni 0,5 g dan kuniga 4 mahal 5—7 kun davo- mida qo‘llash mumkin. Emetinni qo‘llaganda ko‘ðincha nojo‘ya reaksiyalar kuzatilgani uchun keyingi yillarda uning o‘rniga degidro- emetin (kamroq toksik ta’sirga ega) ishlatilmoqda. Degidroemetin mushak orasiga 1 kg tana vazniga 1—2% li eritmadan 1—1,5 mg (maksimal 90 mg/sut) hisobida 5 kun davomida tayinlanadi. Hozirgi vaqtda amyobiazning ichak va ichakdan tashqari shakllarini davo- lashda ancha samarali va toksik ta’sirga ega bo‘lmagan ðreðarat metronidazol (trixoðol, flagil) qo‘llaniladi. Uni 0,5—0,75 g dan 5— 7 kun davomida kuniga 3 mahal qabul qilinadi. Jigarning amyobali abssesslarida ðreðarat abssess so‘rilgunga qadar beriladi. Abssessning so‘rilganligi jigarni skanirlash orqali aniqlanadi. Jigardagi katta abssesslarda yiring jarrohlik usullari yordamida chiqarib tashlanadi. Bu vaqtda metronidazol, antibiotiklar va xingamin (delagil) bilan birga qo‘llanilishi mumkin. Anemiya rivojlansa, temir ðreðaratlari va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar tayinlanadi. Òeri amyobiazi vaqtida yatrenli malhamdan foydalaniladi. Bemor to‘liq klinik sog‘ayganda va 1—2 kunlik oraliq bilan najas olti marta laboratoriyada tekshirilganda ðarazit aniqlanmasagina shifoxonadan chiqarilishi mumkin. Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Amyobiaz uchraydigan joylarda (aholi ðunktlarida) suv ta’minotini to‘g‘ri tashkil qilish zarur. Aholiga shaxsiy gigiyena qoidalari, faqat qaynatilgan suv ichish zarurligi, hojatxonalarni gigiyenik saqlash va dezinfeksiyalash bo‘yicha ma’lumotlar berilishi lozim. Oziq-ovqat mahsulotlarini dizenteriya amyobasi sistalari tushishidan saqlash Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling