nazoratchi buxgalter - mas‘ul ijrochi buxgalter tomonidan dastlabki nazoratdan o‗tkazilgan barcha bank operatsiyalarini joriy nazoratdan o‗tkazib amalga oshiruvchi buxgalter.
Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatsiyalari (bundan buyon matnda depozit operatsiyalari deb yuritiladi) - Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining pul mablag‗larini depozitlarga jalb qilish operatsiyalari.
mas‟ul ijrochi buxgalter - mijozlarning pul hisob-kitob hujjatlarini to‗g‗ri rasmiylashtirilganligi va bank operatsiyalarining qonuniyligini dastlabki nazoratdan o‗tkazib, ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishga tayyorlovchi buxgalter.
Omonat (depozit) - talab qilinishi bilanoq yoki to‗lovni amalga oshiruvchi shaxs bilan to‗lovni oluvchi shaxs yoxud ularning qonuniy vakillari o‗rtasida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to‗lagan holda yoxud bunday to‗lovlarsiz hammasini qaytarib berish sharti bilan topshiriladigan pul summasi.
raqobatli ariza - depozit auksionida ishtirok etish uchun tijorat banklari tomonidan foiz stavkasi ko‗rsatilgan holda taqdim etiladigan ariza;
114
raqobatsiz ariza - depozit auksionida ishtirok etish uchun tijorat banklari tomonidan foiz stavkasi ko‗rsatilmagan holda taqdim etiladigan ariza;
Chet el banki - chet el bankining o‗z faoliyatini O‗zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradigan shu‘ba banki bo‗lib, uning ustav kapitalining hammasi chet el banki tomonidan to‗lanadi.
Chet el banki vakolatxonasi - bank faoliyatini amalga oshirmagan holda bankning manfaatlarini ko‗zlab ish yurituvchi alohida bo‗linmadir.
chegirish foiz stavkasi - depozit auksioni natijalariga ko‗ra tijorat banklarining qondiriladigan raqobatli arizalari bo‗yicha taklif etilgan maksimal stavka.
o„zgarmas foiz stavkasi - pul-kredit siyosati maqsadlaridan kelib chiqqan holda tijorat banklarining depozit mablag‗larini jalb qilish bo‗yicha Markaziy bank Kredit qo‗mitasi tomonidan o‗rnatiladigan stavka; Front-ofis - bankning tarkibiy qismi bo‗lib, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bank operatsiyalarini amalga oshirishda bank mijozlari bilan bevosita muloqotda bo‗lgan holda ularga barcha bank xizmatlari
ko‗rsatuvchi xodimlar guruhi.
Do'stlaringiz bilan baham: |