Osiyo taraqqiyot banki faoliyatining asosiy yo'nalishlari
Reja
Kirish
Xalqaro tashkilotlarning turlari va vazifalari
Xalqaro moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlarning jahon xo’jaligida tutgan o’rni
Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB
Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi: O‘zbekistonda pandemiyani yengib o‘tish uchun hamkorlikni chuqurlashtirish
Xulosa
Adabiyotlar
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Hozirgi kunda davlatlararo har tomonlama hamkorlikning bir ko’rinishi sifatida xalqaro tashkilotlar va fondlarning ahamiyati ortib bormoqda. Ular siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalarda umumiy tusdagi maqsadlarga erishish uchun davlatlar, milliy institutlar, nodavlat assotsiatsiyalarini birlashtiradi. Xalqaro tashkilotlar o’z faoliyatini har tomonlama muvofiqlashtirish uchun o’z fondlarini tashkil etadilar. Bu fondlar orqali ma’lum bir davlat iqtisodiyoti yoki uning tarmoqlari moliyalashtiriladi.
Mamlakatimiz ham qator xalqaro tashkilotlarning a’zo hisoblanib, har yili yurtimizda xalqaro nufuzli tadbirlar uyushtiriladi. Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekistonning jahon xo’jaligidagi o’rni haqida shunday deganlar: “ Uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo’nalish-bu asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat. Dunyodagi mashhur va nufuzli kompaniyalar, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Janubiy Koreya, Yaponiya taraqqiyot banklari singari moliya institutlari, qator arab davlatlarining investitsiya fondlari va boshqa xorijiy tashkilotlar yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda bizning yirik hamkorlarimiz bo’lmoqda”1
Do'stlaringiz bilan baham: |