Osiyo taraqqiyot banki faoliyatining asosiy yo'nalishlari Reja Kirish
Download 115.11 Kb.
|
Osiyo taraqqiyot banki faoliyatining asosiy yo\'nalishlari
Birinchi turga moliya-kredit tashkilotlarining davlatlararo va xalqaro fondlari kiradi. Ular nizom kapitalida ishtirok etuvchilarga maqsadli kreditlar ajratadilar va maqsadli fondlarni tashkil etadilar. Bu tashkilotlar faoliyati davomida olgan daromadlaridan ulushiga ko’ra dividend tulaydilar hamda turli maqsadlar uchun zaxira fondlarini shakllantiradilar. Mazkur tashkilotlar jumlasiga Xalqaro Investitsiya bankini (XIB), Iqtisodiy Xamkorlik Xalqaro bankini (IXXB), YTTB, XVFni kiritish mumkin.
Xalqaro banklar va fondlarning nizom kapitali shakllanishida, olingan daromadlarni taqsimlab, turli fondlarni tashkil etish kabilarda moliyaning rolini ko’rish mumkin. Milliy va xalqaro moliya-kredit institutlarining mablag’lari, xalqaro ishtirokchi-tashkilotlar fondi, manfaatdor mamlakatlarning valyuta fondlari va byudjet mablag’lari to’lanadigan badallarning manbasi xisoblanadi. YeI da ham qator davlatlararo fondlar tashkil etilgan, jumladan, YeI ning byudjeti, Yevropa Taraqqiyot fondi, Yevropa Valyuta Hamkorlik fondi va boshqalar. Ikkinchi tur tashkilotlar ishtirokchilarning har yillik badallari evaziga byudjetlari tashkil etiladi. Bunday tashkilotlarga ma’lum sohalardagi milliy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi xalqaro va umumjahon institutlari kiradi. Ularga: BMT, Xalqaro vaqt byurosi, Atom energetikasi bo’yicha xalqaro Agentlik, Dengiz yo’ldosh aloqasi bo’yicha xalqaro tashkilot, Ilmiy xizmatchilarning umumjahon federatsiyasi va boshqalarni kiritish mumkin. Uchinchi tur xalqaro tashkilotlarga vaqtinchalik tusga ega bo’lgan ilmiy dasturlar va kongresslarni kiritish mumkin. Ularni moliyalashtirish qatnashuvchi ishtirokchilar tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, Xalqaro biologiya dasturi (1964-1974 yy.), Xalqaro geodinamik loyiha (1971-1980 yy.), Xalqaro osoyishta quyosh yili (1964-1965 yy.), 1957 yildan boshlab xar ikki-uch yilda chaqiriladigan Xalqaro tog’ kongressi va boshqalar. Ushbu tashkilotlar turli mamlakat olimlari bilan yaxlit ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Download 115.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling