Osiyo taraqqiyot banki faoliyatining asosiy yo'nalishlari Reja Kirish


Download 115.11 Kb.
bet9/10
Sana18.06.2023
Hajmi115.11 Kb.
#1574254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Osiyo taraqqiyot banki faoliyatining asosiy yo\'nalishlari

Mintaqa (Markaziy Osiyo) nuqtai nazaridan O‘zbekistonning rivojlanishini qanday tasavvur qilasiz? Ushbu yo‘nalishda hamkorlik kanday shakllarda rivojlanadi deb o‘ylaysiz?
O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (MOMIH) dasturining asosiy ishtirokchisidir. O‘z navbatida OTB MOMIH kotibiyati vazifasini bajaradi. MOMIH natijalarga asoslangan amaliy mintaqaviy loyihalar va mintaqada barqaror iqtisodiy o‘sish va umumiy farovonlik uchun muhim bo‘lgan siyosiy tashabbuslarning faol koordinatoridir.
MOMIH dasturining maqsadi bo‘lib "yaxshi qo‘shnilar, yaxshi sheriklar va yaxshi istiqbollar" tamoyili asosida hamkorlik orqali a’zo davlatlarda ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash xisoblanadi. MOMIH-2030 strategiyasi umumiy va barqaror rivojlanishga erishish maqsadida odamlar, siyosat va loyihalar o‘rtasidagi aloqani yaxshilash orqali mintaqada iqtisodiy hamkorlik ufqlarini kengaytirishga qaratilgan.
MOMIH-2030 besh operatsion klasterga qaratilgan: (i) iqtisodiy va moliyaviy barqarorlik; (ii) savdo, turizm va iqtisodiy yo‘laklar; (iii) infratuzilma va iqtisodiy aloqalar; (iv) qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish; (iv) inson salohiyatining rivojlanishi. MOMIH faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning integratsiyasi ham alohida ustuvor vazifa sifatida belgilangan. MOMIH mamlakatlari savdo va tijorat markaziga aylanish, iqtisodiy o‘sishning yuqori darajalariga erishish va qashshoqlikni kamaytirish uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatga ega. Ushbu istiqbollar kengroq global tendensiyalar, shu jumladan Yevroosiyo qit’asining qayta integratsiyalashuvi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunday integratsiya Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi yaxshi aloqalarga bo‘lgan real va o‘sib borayotgan talabning bir qismidir.
Koronavirus kasalligining (COVID-19) tarqalishi jiddiy mahalliy, mintaqaviy va global iqtisodiy muammolarni keltirib chiqardi. COVID-19 jiddiy muammolarni yuzaga keltirgan bo‘lsa-da, ayni vaqtda inqiroz MOMIHga a’zo davlatlar uchun koordinatsiyani yaxshilash, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar uchun xarajatlarni kamaytirish va soliqqa tortiladigan daromadlarni ko‘paytirish uchun misli ko‘rilmagan rag‘bat beradi.
25 iyun kuni Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar kengashi koronavirus pandemiyasining mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida O‘zbekistonga 500 mln. AQSh dollari miqdorida mablag ajratilishini ma’qulladi. Iltimos, bu haqda batafsilrok ma’lumot bering. Ushbu mablag‘lar qaysi maqsadlarga yo‘naltiriladi? OTB 2020 yilda qancha miqdorda va O‘zbekiston iqtisodiyotining qaysi sohalariga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda?
Men yuqorida byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan ushbu karz haqida aytib o‘tdim. 13 aprel kuni OTB a’zo davlatlari uchun COVID-19 pandemiyasini yengish va uning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini yumshatish uchun yordam berish uchun COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash choralari doirasida 20 mlrd. dollarlik yordam paketini tasdiqladi.
Ushbu yordam paketi doirasida OTB O‘zbekistonga 500 mln. dollar miqdorida karzni tasdiqladi va shu tarzda u pandemiyaga qarshi kurashda mamlakat bilan yaqin hamkorlik qilishga sodiqligini namoyish etdi.
Asosiy maqsad – O‘zbekiston hukumatiga COVID-19 pandemiyasining sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va jamiyatga salbiy ta’sirini o‘z vaqtida va samarali ravishda yumshatish uchun byudjet yordamini taqdim etishdir. Dasturning maqsadi bo‘lib sog‘liqni saqlash tizimining salohiyatini kuchaytirish, ish o‘rinlarini yo‘qotilishini minimallashtirish uchun tadbirkorlikni barqarorlashtirish va inqirozga qarshi choralarni moliyalashtirishga yordam berish va kam ta’minlangan uy xo‘jaliklari va ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mavjud ijtimoiy himoya choralarini kengaytirish xisoblanadi.
OTB yordamining muhim komponentlaridan biri – bu hukumatning sog‘liqni saqlash sohasidagi javob berish rejasini qo‘llab-quvvatlash bo‘lib, u sog‘liqni saqlash sektorining salohiyatni oshirishga qaratilgan va unga COVID-19ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siriga uchragan tibbiyot xodimlariga xavfli sharoitda ishlash uchun to‘lovlar ko‘rinishidagi ish haqi mukofotlari kiradi.
2020 yildagi boshqa yangi loyihalarimizga energetika, transport, moliya va sog‘liqni saqlash kabi strategik sohalardagi loyihalar kiradi.
Iyun oyida OTB 2020 yildagi O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishini 1,5% darajasida prognoz qildi va sentyabr oyida ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha prognoz 0,5%ga tushirildi. O‘z navbatida, sentyabr oyidagi prognozga muvofiq, yalpi ichki mahsulot, ilgarigi – iyun oyidagi prognozdagidek, 2021 yilda 6,5% gacha o‘sadi. Joriy yil prognozining pasaytirilishiga nima sabab bo‘ldi va qanday omillar kelgusi yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining bunday dinamik o‘sishini kutishimizga asos bo‘ladi?
Yilning birinchi yarmi uchun iqtisodiy ma’lumotlar ko‘ra, pandemiya va u bilan bog‘liq cheklovlar iqtisodiyotga biz kutganimizdan ko‘ra jiddiyroq ta’sir ko‘rsatdi. Natijada biz 2020 yil bo‘yicha o‘sish prognozimizni pasayish tomon qayta ko‘rib chiqdik. Cheklovlar, talabning pastligi va uglevodorodlarning arzonlashuvi o‘sishni deyarli to‘xtab qoldi va bunda sanoat va xizmatlar sektorlari eng katta zarar ko‘rdi. 2021 yil uchun o‘sish suratlarini prognoz qilishda biz fiskal rag‘batlantirish choralari to‘plamini, avgust oyida cheklovlarning yumshatilishini va 2020 yil oxiriga qadar korxonalarda, ayniqsa davlat korxonalarida ishlab chiqarish quvvatlarini to‘liq tiklashga qaratilgan harakatlarni inobatga oldik. Bundan tashqari, biz bu yil YaIMning past darajasini va kelgusi yil uchun o‘sish prognozlarimizda ishlab chiqarish va xizmatlar sohasida kutilayotgan tiklanishni hisobga oldik. Biz iqtisodiy ko‘rsatkichlarni kuzatishni davom ettirmoqdamiz va prognozlarimizni shunga mos ravishda to‘g‘rilab boramiz.
Video-intervyu davomida siz O‘zbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan 2020-2021 yillarda iqtisodiy o‘sishni tiklash va islohotlarni davom ettirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi borasida fikringizni bildirar ekansiz, pandemiya davomida va u tugaganidan keyingi davrda O‘zbekiston iqtisodiyotini tiklashda bank qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga tayyor ekanligini ta’kidladingiz. Ushbu yo‘nalishda ayni qanday loyihalar rejalashtirilmoqda?
Keyingi uch yil uchun biz malaka oshirish, xalq ta’limi, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, moliya bozorlarini rivojlantirish, energetika, transport, suv xo‘jaligi, suv ta’minoti va kanalizatsiya, shaharsozlik va sog‘liqni saqlash sohalarida loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirdik. Infratuzilma loyihalari fuqarolarning hayotini yaxshilaydi va xususiy sektorni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratib, iqtisodiy o‘sishga yordam beradi. Kichik va o‘rta tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va moliyaviy bozorlarni rivojlantirish loyihalari COVID-19 holatiga javoban iqtisodiy o‘zgarishlarni bevosita tezlashtirishga qaratilgan.
Koronavirus (COVID-19) pandemiyasi mavjud bo‘lgan sharoitda dunyo iqtisodiyotining hozirgi holatiga qanday baho berasiz? OTB faoliyat yuritayotgan qaysi mamlakatlarga pandemiyaning ta’siri kuchliroq bo‘ldi va qaysi birllariga kamroq bo‘ldi? Shuningdek, jahon iqtisodiyoti va O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy sheriklari iqtisodiyotining qisqarishi O‘zbekiston iqtisodiyotidagi tiklanish jarayonlariga qay darajada to‘sqinlik qilishi mumkin?
Biz global iqtisodiyotda keskin pasayish yuz berishiini kuzatmoqdamiz, biroq kelasi yil uning tiklanishi extimoli katta. Yevrozona mamlakatlari iqtisodiyoti o‘tgan yilga nisbatan 14,7 foizga, AQSh iqtisodiyoti esa 9,1 foizga qisqardi. Rivojlanayotgan Osiyo mamlakatlaridagi o‘sish ham keskin pasayib ketdi va mintaqaning bir qator mamlakatlarida 1997-1998 yillardagi Osiyo moliyaviy inqirozidan beri birinchi marta choraklik qisqarish qayd etildi. Pastga tushish alomatlari asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi bilan namoyon bo‘ldi. Biroq ular aksariyat mamlakatlarda pandemiyagacha bo‘lgan ko‘rsatgichlardan pastroq darajadadir. Mintaqada iste’molchilar va investorlarning ishonchi susaygan bo‘lib qolmoqda. Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlaridagi inflyasiya talabning pasayishi va oziq-ovqat narxlarining pasayishi hisobiga ushlab turilmoqda.
Osiyo taraqqiyot bankining "Osiyo taraqqiyoti istiqbollari" nashrining sentyabr oyidagi yangilagan ma’lumotlariga ko‘ra, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 2020 yilda YaIM o‘sishi eng past bo‘lgan mamlakatlar - bu Maldiv orollari (-20,5%), Fidji (-19,8%) va Qirg‘izistondir. (-10.00%). O‘z navbatida, bu yil YaIM o‘sishining eng yuqori sur’atlari Bangladesh (5,2%), Turkmaniston (3,2%) va Butanda (2,4%) kuzatildi.
Jahon yetkazib berish zanjirlaridagi uzilishlar va pandemiya bilan bog‘liq cheklovlar tufayli O‘zbekiston COVID-19 pandemiyasi oldida ayniqsa zaifdir, chunki u mintaqaviy savdo va tijorat markazi sifatida o‘z mavqeidan foyda ko‘radi. Bundan tashqari, chet elda, ayniqsa Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘istonda ishlayotgan ko‘plab xalqaro sayohatchilar va mehnat muhojirlari mavjud. Uzoq davom etadigan global pandemiya O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishni davom etadi, ammo hukumat, yuqorida aytib o‘tganimdek, pandemiyaning iqtisodiyot va sog‘liqqa salbiy ta’sirini kamaytirish choralarini ko‘rmoqda.

Xulosa
1995-yilda OTBga qo‘shilganidan beri O‘zbekiston umumiy qiymati 6,8 milliard dollarlik 69 ta kredit oldi, jumladan, xususiy sektor loyihalari uchun 225 million dollarlik ikkita kredit va texnik yordam grantlari ko‘rinishidagi 81,93 million dollar.
2018-2020 yillar uchun mamlakat operatsiyalari biznes rejasi (COBP). Oʻzbekiston uchun mamlakatning milliy rivojlanish strategiyasini toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi va Oʻzbekistonning yangilangan rivojlanish ustuvor yoʻnalishlarini aks ettiradi. 2,9 milliard dollarlik loyihalar portfeli bilan BPOS operatsiyalari transport, aloqa, energetika, suv, shahar infratuzilmasi va kommunal xizmatlar, sog'liqni saqlash va moliyadan foydalanish sohalarini rivojlantirishga qaratilgan.
O‘rta muddatli istiqbolda OTB sanoatni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, ish o‘rinlari yaratish va qishloq aholisining turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha uzoq muddatli maqsadlarga erishish asoslarini mustahkamlash orqali O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga yordam beradi. Davlat sektori yordamidan tashqari OTB xususiy sektorning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini va davlat-xususiy sheriklikni oʻrganadi.
OTB axborot byulleteni har yili yangilanib turiladi va unda Oʻzbekiston boʻyicha ijtimoiy va iqtisodiy koʻrsatkichlar, shuningdek, OTBning mamlakatdagi loyihalari sarhisobi va aloqa maʼlumotlari mavjud.


Download 115.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling