Fermentativ reaksiyalar tezligining ferment konsentratsiyasiga bog`liqligini
aniqlash
Ish tartibi: To`rtta probirka olib, ularning har biriga 3 ml dan pH ko`rsatkichi
6,8 bo`lgan fosfat-sitrat bufer eritmasi hamda 4 ml dan 0,25 % li kraxmal eritmasi
qo`shib aralashtiriladi. So`ng birinchi probirkaga 20 marta, ikkinchi probirkaga 40
marta, uchinchi probirkaga 80 marta va to`rtinchi probirkaga 160 marta suyultirilgan
so`lak eritmalaridan 1 ml dan qo`shiladi va bu aralashmalar 38-40
0
C li termostatga
o`tkaziladi. Bundan keyin vaqti-vaqti bilan namunalardan bir necha tomchi olib, juda
kuchli ravishda suyultirlgan yodning kaliy yodli eritmasi bilan aralshtiriladi.
Namunalar dastavval ko`k, so`ng qizg`ish-binafsha rangga bo`yaladi. To`rttala
probirka uchun ham yod bilan ko`k rangga bo`yalishining yo`qolishi 0,5 minut
aniqlikda qayd qilinadi. Bu fursat oralig`i amilolitik parchalanishning nihoyasi
hisoblanadi. Tajriba natijalari egri chiziq orqali ifodalanib, bunda absitssa o`qiga
amilazaning nisbiy konsentratsiyasi, ordinata o`qiga esa unga tegishli bo`lgan vaqt
- 24 -
birligi joylashtiriladi. Amilolitik reaksiya tufayli kraxmalning parchalanishi uchun
sarflangan vaqt reaksiya tezligiga teskari proporsional bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |