Geksokinazali aralashmani DEAE-sellyulozali kolonkada xromotogafiya o`tkazish
yo`li bilan tozalash. DEAE – sellyulozali kolonka tegishli yo`riqnomaga muvofiq
ravishda tayyorlanadi. Kolonka (3x25 sm li) fosfat buferi eritmasi yordamida
muvozanatlanadi. Kolonkaga yuqorida olingan sentrifugat kiritiladi va muayyan
fosfat buferining 0-0,3 M KCl eritmali chiziqli gradiyentli eritmasidan foydalanib,
elyutsiya o`tkaziladi. Elyutsiya tezligi 90 ml/soat ni tashkil qilib, fraksiyalarni 9 ml
hajmda yig`ib olinadi va ularda oqsil miqdori hamda ferment faolligi ko`rsatkichlari
aniqlanadi.
Geksokinaza faolligi kuzatilgan fraksiyalar birlashtiriladi va yana qaytadan
DEAE-sellyulozada xromotogafiya (rexromotogafiya) qilinadi. Buning uchun 1,4x15
sm li kolonka tayyorlanib, fosfat buferi (reaktivlar ro`yxatida 2-turgan) ning
tarkibida 0,3 M KCl bo`lgan chiziqli gradiyentli eritmasidan foydalanib, elyutsiya
o`tkaziladi. Elyutsiya tezligi 35 ml/soat ni tashkil qiladi. Fraksiyalarni 4 ml hajmdan
yig`iladi va ulardagi oqsil miqdori hamda fermentativ faollik aniqlanadi.
Fermentativ faollikni namoyon qilgan fraksiyalar yi`gib olinadi. Olingan oqsil
eritmasini dializlagandan so`ng liofilizatsiyalash mumkin. Bu liofillangan enzim ikki
xil izoenzimdan iborat bo`ladi. Bu izoenzimlarni ajratish uchun qo`shimcha ravishda
- 30 -
KM-sellyulozada va qaytadan DEAE-sellyulozada xromotogafiya o`tkazish lozim
bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |