DEAE-sellyulozada pH – gradiyenti asosida xromotogafiya o`tkazish. DEAE –
sellyuloza solinib, fosfat buferi bilan muvozanatlangan 1,2x27 sm li kolonkaga
yuqorida keltirilgan tartibda dializlangan oqsil kiritiladi. Elyutsiyani pH gradiyentida
150 ml fosfat va 150 ml atsetat buferlarini chiziqli gradiyent asosida aralashtirib,
o`tkazish orqali olib boriladi. Kolonkaga 10 mg atrofida oqsil kiritish mumkin
bo`ladi. Elyutsiya tezligi 20 ml/soat. Fraksiyalar 4 ml hajmda yig`iladi.
Xromotogafiya jarayonida pH ko`rsatkichi 7,0 dan 5,0 gacha bo`lgan gradiyent
chegarasida o`zgaradi. Kolonkadan taxminan 100 ml eritma o`tgandan so`ng
izoenzim A va undan keyin izoenzim B ga tegishli oqsillar ajralib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |